T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Aniqlangan muammolar | Normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish yoʻnalishlari | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari | |||||
1. | “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun | Mazkur Qonunning 20-moddasiga koʻra, noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlaridan biri sifatida noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mazkur sohadagi texnik va boshqa talablarga rioya etish belgilangan. | Qonunda noshirlik faoliyatiga qoʻyiladigan talablarning chegarasini belgilash. | 2026-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. | “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun | Qonunning 121-moddasiga koʻra firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi. | Jarima miqdori qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqib aniqlanishini belgilash. | 2026-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
3. | “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonun | Qonunning 16-moddasiga koʻra, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda advokatlik litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. | Advokat tomonidan sodir etilgan qilmishni “advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlariga aniqlik kiritish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
4. | “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonun | Qonunning 153-moddasiga koʻra, notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notariatning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. | Notarius tomonidan sodir etilgan qilmishni “notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlariga aniqlik kiritish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari | |||||
5. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-maydagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5441-son Farmoni | Farmonning 1-bandiga asosan, advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan Adliya vazirligining murojaati boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. | Advokat tomonidan sodir etilgan qilmishni “advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlarini aniqlashtirish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-261-son qarori | Qarorining 14-bandida har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan, muzey hamda 100 nafar mutaxassisga Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) aʼzolik badalini toʻlab berish amaliyoti joriy etilishi belgilangan. | Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) aʼzolik badalini toʻlab berish uchun madaniy meros sohasida tashkilotlarni tanlab olish tartibi va asoslarini belgilash. | 2026-yil fevral | Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) |
7. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 414-son qarori | Qarorning 2-bandiga koʻra, iqtidorli (qoida tariqasida, aʼlo baholarga bitirgan) bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti ularni milliy terma jamoalarning xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etiladi. | Iqtidorli bitiruvchini saralash bilan bogʻliq mezonlar va tartibni aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Sport vazirligi (A. Ikramov) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari | |||||
8. | Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-iyundagi “Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisida” 346-son qarori | Ushbu qarorda yer ajratish tartibi, muddati boʻyicha Yer kodeksiga qarama-qarshi normalar belgilangan boʻlib, bugungi kunda amalda Yer kodeksi normalari qoʻllanilmoqda. | Mazkur qarorni Yer kodeksi asosida toʻliq qayta koʻrib chiqish. | 2026-yil fevral | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) |
9. | Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-yanvardagi “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori | Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga koʻra, bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy taʼlim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va boʻysunishi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin. | Nizomda bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent oliy taʼlim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va boʻysunishi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkinligi yuzasidan istisno holatlar doirasini aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
10. | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi “Adabiyot va sanʼat asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisida”gi 10-son qarori | Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga koʻra, asar kamida ikki aktga ega boʻlsa, koʻp aktli deb eʼtirof etiladi. Aktlar soni belgilanmagan asar Madaniyat vazirligining xulosasi boʻyicha koʻp aktli asar deb eʼtirof etilishi mumkin. | Aktlar soni belgilanmagan asarlarni koʻp aktli asar deb topish uchun mezonlarni belgilash. | 2026-yil fevral | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
11. | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 165-son qarori | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida nizomning 9-bandiga koʻra, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun Direktor jamgʻarmasidan toʻlanadigan, tegishli lavozim yoki malaka toifasidagi oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha miqdordagi har oylik ustamalar belgilanadi. | Taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan deb topish mezonlarini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
12. | Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom | Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga koʻra: muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar talab etiladi: … muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnika bazaning, shu jumladan, bino (xona yoki xonalar), zarur koʻrgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalar mavjudligi; muzey faoliyatini taʼminlash uchun zarur moliyaviy mablagʻlar mavjudligi. | Nizomda muzeylarni tashkil etishga qoʻyilgan talablarni shaffoflashtirishga, xususan, “ommaga namoyish talablariga javob beradigan” hamda “zarur moliyaviy mablagʻlar” degan jumlalarga aniqlik kiritish. | 2026-yil fevral | Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
13. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom | Qaror bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda davlat buyurtmachisi tushunchasiga “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va boshqa davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan xorijiy grantlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kino mahsulotlari” sifatida taʼrif berilgan. | “Davlat buyurtmachisi” tushunchasiga taʼrif qayta koʻrib chiqilib, unda buyurtmachi sifatida tegishli davlat organ(lar)ini belgilash masalasi koʻrib chiqilishi zarur. | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
14. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom | Nizomning 27-bandida pedagog xodimlar attestatsiya jarayoniga uzrli sabablarsiz kelmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanishi belgilangan. | Pedagog xodimlar attestatsiya jarayoniga kelmaganligining uzrli sabab deb topish doirasini belgilash. | 2026-yil yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |
15. | Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 124-son qarori | Qarorning 5-bandiga asosan, kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgandan keyin 15 yil muddatga, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻp boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi. | Ehtiyojmand yosh oilalarga tavsiya berish tartib-taomillarini aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
16. | Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 242-son qarori | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandiga koʻra, kasbiy qayta tayyorlash kurslarining uzrli sabablarsiz 30 akademik soatdan koʻp mashgʻulotlarda qatnashmagan, shuningdek, belgilangan yuklamani bajarmagan va pedagogik qayta tayyorlash kursi dasturini oʻzlashtirmagan tinglovchilari belgilangan tartibda tinglovchilar safidan chiqariladi. | Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida qatnashmaslikning uzrli sabablar sifatida eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan holatlar doirasini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
17. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-son qarori | 1. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga koʻra, zarur holatlarda, Tashkiliy qoʻmita hujjatlarni topshirish va Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini oʻzgartirish huquqiga ega. 2. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisida nizomda tanlov komissiyalari qarori ustidan shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | 1. Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini oʻzgartirish uchun asos boʻluvchi holatlar doirasini belgilash. 2. Tanlov komissiyalari qarori ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
18. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori | Magistratura toʻgʻrisidagi nizomda magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi natijalaridan norozi boʻlganda shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi natijalari ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
19. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 266-son qarori | Qaror bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 19-bandi toʻrtinchi xatboshisiga koʻra, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin. | Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish asoslarini belgilash. | 2026-yil aprel | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li) |
20. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 185-son qarori | Qarorning 2-bandiga koʻra, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno. | Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda litsenziya talab qilinadigan holatlar doirasini qatʼiy belgilash. | 2026-yil mart | Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
21. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori | 1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida nizomning 10-bandi birinchi xatboshisiga koʻra, tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki ochishni rad etish toʻgʻrisida kollegial organ qarorini qabul qiladilar deb belgilangan. Biroq, “oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki ochishni rad etish toʻgʻrisida” kollegial organ qabul qiladigan qarorning asoslari koʻrsatib oʻtilmagan. 2. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida nizomning 32-bandiga koʻra, tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati uzoq vaqt kasal boʻlish, homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlish davriga, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin. 3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida nizomning 32-bandida “uzoq vaqt” kasal boʻlishning chegarasi belgilanmagan. | 1. Tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki ochishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish asoslarini belgilash. 2. Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan holatlarda oʻqish muddati uzaytirilishini qatʼiy belgilash. 3. “Uzoq vaqt” kasal boʻlishning aniq chegarasini belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
22. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisidagi nizom | Mazkur nizomning 273-bandiga asosan oʻquvchilar bir semestr mobaynida uzrli sabablarsiz 72 soat va undan koʻp mashgʻulotlarda qatnashmaganda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin. | Oʻquvchi tomonidan dars qoldirish holatining uzrli sabablari doirasini belgilash. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
23. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 914-son qarori | 1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga koʻra, Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlar tavsiyanomaga ega boʻlishi mumkin. 2. Nizomning 15-bandiga koʻra, tanlovda nomzodning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, uning tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida eʼtibor qaratiladi. | 1. Tavsiyanomaga ega boʻlishi mumkin boʻlgan yoshlarni fidoyi boʻlishiga oid talabni chiqarib tashlash. 2. Tanlovda tavsiyanoma berish uchun mezonlarni toʻliq qayta koʻrib chiqish va ularni aniqlash imkoniyati boʻlgan obyektiv mezonlarni belgilash. | 2026-yil mart | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
24. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori | 1. Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandiga koʻra, uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaxsiy jadval beriladi. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasida kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandiga koʻra, uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi, undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim. | Uzrli sabablar doirasini qatʼiy bayon qilish yoki uni aniqlash mezonlarini belgilash. | 2026-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
25. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 271-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga koʻra, mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish mezonlari belgilangan boʻlib, ushbu bandda nazarda tutilgan mezonlar asosida mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish, har bir nomzodning mukofotlashga munosibligi Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan haqqoniy va xolisona baholangan holda hal etilishi belgilangan. 2. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshiga koʻra, respublikaning biror viloyatidan munosib nomzod tavsiya etilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan oʻrin Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. | 1. Respublika komissiyasi qarorlari ustidan shikoyat yoki apellyatsiya taqdim etish tartibini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasining biror viloyatidan munosib nomzod tavsiya etilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan oʻrinni qayta taqsimlash tartibini belgilash. | 2026-yil aprel | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
26. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 599-son qarori | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga koʻra, tavsiya etilayotgan nomzodlarning Akademiya taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini toʻliq va sifatli oʻzlashtirishini taʼminlash maqsadida ingliz tilini yetarli darajada egallagan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana oladigan hamda keng umumkasbiy bilim va dunyoqarashga, yuksak maʼnaviy sifatlarga ega boʻlishlari talab etiladi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga koʻra, qayta tayyorlash kurslari dasturlari boʻyicha oʻqitiladigan nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi: ... yuqori maʼnaviy-maʼrifiy va odob-axloq sifatlari; yuqori ishchanligi, mehnatsevarligi, uyushqoqligi, masʼuliyatligi; ... | Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan mezonlarni belgilash. | 2026-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
27. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 675-son qarori | 1. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 7-bandiga koʻra, yuridik maslahatchilar tashkiloti reyestrda hisobga olishni amalga oshirish uchun arizaga yuridik maslahatchilar pasportlarining nusxalari, mehnat daftarchalari nusxalari ilova qilinadi. Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, mehnat daftarchalari va ularning nusxalari, ish stajini tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomalarini davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirish. | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
28. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 9-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 33-bandiga koʻra, ijodiy sinov 2 bosqichda amalga oshirilishi hamda birinchi bosqichda muayyan kasb boʻyicha oʻquvchining nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida savol-javoblar shaklida oʻtkazilishi belgilangan. Bunda har bir oʻquvchiga sohaga oid nazariy savol beriladi va 30 balli mezon asosida baholanadi. 2. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 30-bandiga koʻra, oʻquvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida ijodiy sinovlarga kiritilishi, bunda uzrsiz sabablarga koʻra ijodiy sinovlarga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmasligi belgilangan. 3. Qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisidagi nizomda Komissiya tomonidan qoʻyilgan ijodiy sinov ballari boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda shikoyat qilish tartibi belgilanmagan. | 1. Ijodiy sinovning birinchi bosqichida tanlov oʻtkazish tartibini hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish. 2. Ijodiy sinovga kelinmaganda qanday holatlar uzrli holat deb topilishiga aniqlik kiritish. 3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlar uchun oʻtkaziladigan ijodiy sinov jarayonida Komissiya tomonidan qoʻyilgan ijodiy sinov ballari boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda shikoyat qilish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
29. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 149-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 53-bandiga koʻra, musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan boʻlsa, ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi. 2. Nizomning 66-bandiga koʻra, tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin: ... oʻquv intizomini va Markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun; oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli; ... | Uzrli sabablar hamda oʻquv intizomini buzish deb topiladigan holatlar doirasini aniq belgilash. | 2026-yil may | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
30. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-son qarori | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga koʻra, namunali xulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar roʻyxati taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va amaliyotchi psixologi tomonidan tegishli oʻquv yilining yakunida taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga kiritiladi. Bitiruvchilarning namunali xulq-atvori ularning maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga doim rioya etishi, maktab formasiga rioya etishi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻlishi bilan asoslanadi. | Nomzodlarni obyektiv jihatdan aniqlash imkonini bermaydigan, korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqaradigan mezonlarni chiqarib tashlash. | 2026-yil aprel | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |
31. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 385-son qarori | 1. Qaror bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandiga koʻra, ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqi toʻlash boʻyicha barcha asarlar arizaga asosan mualliflarining pasport nusxasi, STIR, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob varaqasi, mutaxassislarning (sanʼatshunos, teatrshunos, musiqashunos) taqrizlari hamda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining maʼlumotnomalarini ilova qilgan holda Ishchi organga taqdim etiladi. Ishchi guruh tomonidan zarur hollarda muallifdan qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. 2. Qaror bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda Ishchi guruh tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat qilish va uni koʻrib chiqish mexanizmlari mavjud emas. | 1. Ishchi guruh tomonidan talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyxatini qatʼiy belgilash. 2. Ishchi guruh tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat qilish va uni koʻrib chiqish mexanizmlarini belgilab berish. | 2026-yil may | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
32. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 59-son qarori | 1. Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga asosan, oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan qoʻshimcha ravishda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga 50 foizgacha miqdorda ragʻbatlantirilishi mumkin. 2. Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi birinchi xatboshisiga asosan, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasasida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy taʼlim miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblari, shuningdek, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik ragʻbatlantirish yoki moddiy yordam toʻlovi berilishi mumkin. | Ragʻbatlantirish yoki moddiy yordam toʻlovi berilishi uchun nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan mezonlarni belgilash hamda “alohida hollar” doirasini aniqlashtirish. | 2026-yil iyun | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
33. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 183-son qarori | 1. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 40-bandiga koʻra, oʻquv mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, oʻzlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning oʻqishni davom ettirishlari toʻgʻrisidagi masala oʻquv tashkilotining rahbariyati va mahalliy mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. 2. Surunkasiga va sababsiz oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmayotgan yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar toʻlash mahalliy mehnat organi va oʻquv muassasasi qabul qilgan qaror asosida toʻxtatib qoʻyiladi. | Jamoat tartibini buzish deb topiladigan holatlar doirasini hamda surunkasiga oʻquv mashgʻulotini qoldirishning aniq chegarasini belgilash. | 2026-yil may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
34. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi “Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 646-son qarori | Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga asosan Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqishadi. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. | Oʻqituvchi-pedagoglarni saralashning aniq mezonlarini belgilash. | 2026-yil may | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |
35. | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 460-son qarori | Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bobida test sinovi jarayonini oʻtkazish tartibi belgilangan. Biroq, Nizomda test sinovidan oʻta olmagan talabgorlarning test natijasi yuzasidan shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | Nizomda test sinovi natijalari yuzasidan shikoyat qilish va shikoyat natijalarini koʻrib chiqish mexanizmlari belgilanadi. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
T/r | Kollizion norma aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar | Kollizion normalar mazmuni | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochi |
1. | Soliq kodeksining 408-moddasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlashi belgilangan. Biroq, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida amalda ishlab berilgan vaqtdan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlashi koʻrsatib oʻtilgan. Bunda yuqoridagi qonun hujjatlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqning miqdorida noaniqlik mavjud. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Soliq kodeksi va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonun moddalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |
2. | Iqtisodiy protsessual kodeks va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun. | Iqtisodiy protsessual kodeksning 217-moddasida tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish huquqiy taʼsir chorasi sifatida belgilangan. Biroq, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasiga binoan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan, oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqoridagi qonun hujjatlari mazmuniga koʻra: sud tomonidan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini toʻxtatib qoʻyishning muddati ikki xil belgilangan; Iqtisodiy protsessual kodeksda litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini toʻxtatib qoʻyishning eng koʻp muddati belgilanmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Iqtisodiy protsessual kodeks va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun normalari oʻrtasidagi ziddiyatlar bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (J. Urunov) |
3. | Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoni. | Bojxona kodeksining 296-moddasida ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkinligi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmonida bojxona bojlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan berilishi nazarda tutilgan. Bunda, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berishda yuqoridagi qonunchilik hujjatlaridagi normalarning oʻrnatilishi ikki xil amaliyot shakllanishiga sabab boʻladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoni talablari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
5. | “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarori. | “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi: Agar koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oldingi yil uchun shartnomaning bajarilganligi toʻgʻrisida har yili umumiy yigʻilishda hisobot berishi shart. Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarorining 7-bandi “v” kichik bandiga asosan, boshqaruvchi har yarim yilda majburiy badallarning tushumi va koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisida mulkdorlarga hisobot berib boradi. Yuqoridagi qonunchilik hujjatlarida boshqaruvchi tashkilotchi tomonidan hisobot berish davriyligiga oid normalar turlicha oʻrnatilganligi huquqni qoʻllash amaliyotida turli muammolar keltirib chiqaradi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
6. | Soliq kodeksining 75-moddasi beshinchi qismiga asosan ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻidan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Bojxona kodeksining 296-moddasiga koʻra ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin. Bunda Soliq kodeksida Prezident qarorlari bilan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz berilmasligi, Bojxona kodeksida Prezident qarorlari bilan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Soliq kodeksi va Bojxona kodeksi normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov) | |
7. | Yer kodeksi va Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori. | Yer kodeksining 20-moddasiga asosan, yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq: ... oʻrmon fondi yerlari; ... foydalanishga berilishi mumkin. Oʻz oʻrnida, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentiga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi. Bunda, oʻrmon fondi yerlarining jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berilishi mumkinligi Yer kodeksida belgilangan boʻlsada, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 543-son qarorida ushbu qoidaga zid mazmundagi norma belgilangan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Yer kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov) |
8. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan davlat boji stavkalarining miqdorlari ushbu Qonun ilovasiga muvofiq belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 10-ilova Affinaj faoliyatini litsenziyalash pasportining 7-bandiga asosan litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda yuqoridagi Qonunda affinaj faoliyati uchun litsenziya berganlik uchun davlat boji nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
9. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlar. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan davlat boji quyidagilardan undiriladi: .... 14) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun. Biroq, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni oʻzgartirganlik uchun davlat boji undiriladi. Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni oʻzgartirganlik uchun davlat boji undirilishi nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlar normalar oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
10. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun davlat boji undiriladi. Oʻz oʻrnida, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-ilovasiga muvofiq Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati litsenziyalanadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 17-ilova xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash pasportining 7-bandiga asosan litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun davlat boji undirilishi nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
11. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoni. | “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan davlat boji stavkalarining miqdorlari ushbu Qonun ilovasiga muvofiq belgilanadi. Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoniga asosan yangi tugʻilgan bolalarni otasi yoki onasining doimiy yashash joyiga doimiy roʻyxatga qoʻyishda davlat boji undirilmaydi. Bunda yuqoridagi Farmondagi norma “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda oʻz aksini topmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoni normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
12. | Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori. | Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda ushbu oliy taʼlim muassasasida ishlamaydigan va pedagog xodimlar lavozimga tanlovdan oʻtgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilishi belgilangan. Oʻz oʻrnida, Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin boʻlgan hollar belgilangan boʻlib, yuqoridagi Hukumat qaroridagi holat mazkur moddada belgilangan talablarga javob bermaydi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
13. | Yer kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoni. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoniga asosan, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga boʻlgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish tartibi bekor qilingan. Bunda yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Oʻz oʻrnida, Yer kodeksining 36-moddasiga asosan, butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: 1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; .... Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoniga muvofiq bekor qilingan tartib Yer kodeksida oʻz aksini topmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Yer kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoni normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
14. | “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun va Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (roʻyxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun). | “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan, favqulodda holatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida operatorlar va provayderlar koʻrgan zararlar davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) 8-bandiga koʻra, eshittiruvchi, operator va provayderlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida ularga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Bunda yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatda operator va provayderlar bilan bir qatorda eshittiruvchilarga yetkazilgan zarar ham belgilangan tartibda qoplanishi nazarda tutilgan. Biroq, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunda faqatgina operator va provayderlarga yetkazilgan zararni qoplashga oid norma nazarda tutilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun va Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (roʻyxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
15. | “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori. | “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun bilan taʼlim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilash hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarini lavozimga tayinlash Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilash vakolati berilgan. Shuningdek, mazkur qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari rektori va prorektorlari muassasalarning Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilangan. Bunda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda Hukumat vakolatlariga kiritilgan masalalar yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalari va ularning Kuzatuv kengashlariga berilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori normalari oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Aniqlangan muammolar | Normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish yoʻnalishlari | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqida nizom (roʻyxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) | 1. Nizomning 12-bandiga koʻra, alohida hollarda konsullik muassasasi rahbari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJga vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga bepul yoki imtiyozli tarif boʻyicha transportda tashish imkoniyatini topish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin. 2. Nizomning 42-bandiga koʻra, ayrim hollarda, hayotlik chogʻidagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻmishga ruxsat beriladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: 1) vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga bepul yoki imtiyozli tarif boʻyicha transportda tashish imkoniyatini topish taklifi bilan murojaat qilish mumkin boʻlgan holatlar doirasini belgilash; 2) ruxsat beriladigan holatlar doirasi yoki murojaatni rad etish asoslarini belgilash. | 2026-yil aprel | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) | Ushbu Nizomda Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizasini koʻrib chiqish uchun taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuzilishi belgilangan. Biroq, apellyatsiya komissiyasining tarkibi necha kishidan iborat boʻlishi, kimlardan shakllantirilishi, apellyatsiya komissiya tomonidan qanday qarorlar qabul qilinishi hamda qaror qabul qilish asoslari belgilab berilmagan. Bu esa maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi bilan bogʻliq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada apellyatsiyani oʻtkazish tartib taomillarini toʻliq belgilashni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
3. | 5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 2117, 2010-yil 25-iyun) | Ushbu nizomning 5-bandi “v” kichik bandiga koʻra, oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini taʼminlash reyting tizimining vazifalaridan biri hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash prinsiplarini qayta koʻrib chiqish. | 2026-yil mart | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |
4. | Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2779, 2016-yil 18-aprel) | Nizomning 10-bandiga koʻra, arizalarni koʻrib chiqish uchun tuzilgan komissiya mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish natijalariga koʻra bitiruvchining nafaqa olishga muhtoj yoki muhtoj emasligi haqida qaror qabul qiladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bitiruvchilarning ehtiyojmandligini aniqlaydigan aniq mezonlarni belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
5. | Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2887, 2017-yil 26-may) | Mazkur Nizomning 9-bandiga asosan, tanlovning birinchi bosqichida oʻz taʼlim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta eʼtibor qozongan, ikkinchi bosqichda I, II, III oʻrinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik (nominatsiya) boʻyicha faqat I oʻrinni egallagan oʻquvchilar ishtirok etadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada aniq baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
6. | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2992, 2018-yil 5-aprel) | Ushbu Nizomning 16-bandida akademik litseylarning bilimli, odobli, mustaqil fikrga ega boʻlgan va ijobiy fazilatlarni oʻzida mujassam etgan oʻquvchilari, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirilishi belgilangan. Ushbu mezonlar toʻliq shaxsiy qarash va qadriyatlarga asoslangan boʻlib, ularga obyektiv baho berish imkonsiz. Bu holatda huquqni qoʻllovchi oʻzining shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib, xulq-atvorini yaxshi deb ham yomon deb topishi ham, topmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, “alohida” holatlar doirasi belgilanmagan. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan mezonlarni belgilashni nazarda tutish. | 2026-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
7. | Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) | Mazkur Nizomning 4-bandi oltinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) dastlabki roʻyxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazishdan va qoʻllab-quvvatlashdan kutilayotgan ijtimoiy muammolar yechimini taʼminlashi va boshqa natijalarga amal qilishi nazarda tutilgan. Mazkur normadagi “boshqa natijalarga” amal qilishi noaniq hisoblanadi. Agentlik dastlabki roʻyxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazishdan va qoʻllab-quvvatlashdan kutilayotgan natijalarga amal qilishning aniq chegarasi belgilab berilmagan. Mazkur holat esa noaniq va asossiz havolalar keltirilganligi bilan bogʻliq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada mazkur normalarda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazishdan va qoʻllab-quvvatlashdan kutilayotgan natijalarga amal qilishning toʻliq doirasini belgilash. | 2026-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
8. | Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3138, 2019-yil 22-fevral) | Ushbu Nizoming 9-bandiga koʻra, laboratoriyaning masʼul xodimi topshirilgan kesmadan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Agar topshirilgan kesmadan mikropreparat tayyorlash 10 kundan koʻp boʻlgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan masʼul xodim patologoanatomni bu haqda xabardor qilishi zarur. Mazkur normada mikropreparat tayyorlash 10 kundan koʻp boʻlgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan masʼul xodim patologoanatomni bu haqda xabardor qilishi tartibi hamda mikropreparatni tayyorlashga talab qilinadigan qoʻshimcha muddat belgilanmagan. Mazkur holat esa maʼmuriy tartib taomillarning toʻliq emasligi hamda vaqt chegaralarining aniq belgilanmaganligi bilan bogʻliq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada mikropreparat tayyorlash uchun 10 kundan ortiq muddat talab qilinishi haqida patologoanatomni xabardor qilish (yozma, elektron yoki ogʻzaki) tartibi hamda mikropreparatni tayyorlashga qoʻshimcha qancha muddat talab qilinishini belgilash. | 2026-yil mart | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Olis hududlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida olis va chekka hududlarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: olis va chekka hududlar roʻyxatini shakllantirishning aniq mezonlarini belgilash; olis va chekka hududlar roʻyxatini tasdiqlash va ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berish hamda roʻyxatni Hukumat qarori bilan tasdiqlash amaliyotini bekor qilish. | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Olis va chekka hududlarga boshqa hududlardan kelib ishlaydigan shaxslarga ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: oliy maʼlumotli mutaxassis hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi oʻrtasida belgilangan imtiyozlardan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolash va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanoma berish tartibini bekor qilish; oliy maʼlumotli mutaxassisni ishga qabul qilish jarayonlarini (ariza topshirish, arizani koʻrib chiqish, mehnat shartnomasini imzolash, ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni chiqarish va mutaxassisga taqdim etish) toʻliq raqamlashtirish; boshqa hududdan kelib ishlaydigan oliy maʼlumotli mutaxassislarga qoʻshimcha ragʻbatlantirish choralarini (misol uchun, bir yilda bir marotaba doimiy yashash joyiga borib kelish uchun transport xarajatlari kompensatsiyasi) belgilash. | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
3. | Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari narxini maqbullashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda garov xatini elektron rasmiylashtirish uchun koʻrsatilgan davlat xizmatlari narxini 2 baravarga kamaytirishni nazarda tutish. | 2026-yil yanvar | Kadastr agentligi (T. Abdullayev), Markaziy bank (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
Jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning minimal miqdor normalarini kengaytirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirish normalarini aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda oshirishni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) | |
5. | Soliq imtiyozlaridan foydalanishda byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada nogironligi boʻlgan shaxslar uchun koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi muqobil hujjatlar (vaqtinchalik inventarizatsiya hujjati) asosida soliq imtiyozini qoʻllashni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
6. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq munosabatlariga oid maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada tadbirkorlik subyektlari tomonidan aktivlarni hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda oʻz ustav kapitalini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilishni nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
7. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlarni oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan deb topishga oid munosabatlarni tartibga solish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlarni oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan deb topish mezonlari va tartibini ishlab chiqishni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
8. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: litsenziya berishda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda yer yuzasini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari inobatga olinishini belgilash; taʼlim tashkilotida maʼnaviyat va maʼrifat xonasi hamda yoshlar yetakchisi xonasi boʻlishi, taʼlim tashkilotining har bir qavatida xoʻjalik xonasi boʻlishi; oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim muassasalari ham stadion (oʻyin maydoni)ga ega boʻlishiga oid talablarni bekor qilish. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |