toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARI VA QARORLARIGA O‘ZGARTISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-mart,
PF-3858-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 5-martdagi PF-3858-son Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-sonli qarorida:
a) nomida “Uy-joy mulkdorlari shikatlari” so‘zlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shikatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — UMSH Uyushmasi)” so‘zlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — XUMSH Uyushmasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “UMSH” qisqartmasi, shuningdek “uy-joy mulkdorlari shirkati”, “ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ta’mirlash” so‘zlari tegishli ravishda “XUMSH” qisqartmasi va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “ko‘p xonadonli uy-joylarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” so‘zlari bilan tegishli ravishda almashtirilsin;
birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “UMSH” qisqartmalari “XUMSH” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “UMSHning ekspluatatsiya bilan” so‘zlari “XUMSHning xizmat ko‘rsatish bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “uy-joy mulkdorlari shirkati” so‘zlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkati” so‘zlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, XUMSH Uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ishtirokchilari, Uyushmaga kiruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, ta’mirlash-tiklash va avariya xizmatlari, uy-joyni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillari hisoblanadilar”;
birinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “UMSH” qisqartmalari “XUMSH” qisqartmalariga almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “amalga oshirish masalalarida UMSH” so‘zlari “saqlash masalalarida XUMSH” so‘zlariga almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida “turar” so‘zi chiqarib tashlansin, “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari esa “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlariga almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “turar” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “UMSH” qisqartmasi “XUMSH” qisqartmasiga almashtirilsin;
j) 1 va 2-ilovalardagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlariga almashtirilsin;
z) 3-ilovada:
1 va 20-bandlardagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” nomlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida” so‘zlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida” so‘zlariga almashtirilsin;
21-bandning ikkinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomning 1-ilovasidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “uy-joy mulkdorlari shirkatlarining” so‘zlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” so‘zlariga almashtirilsin;
Nizomning 2-ilovasidagi “uy-joy mulkdorlari shirkati”, “uy-joy mulkdorlari shirkatiga”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” so‘zlariga almashtirilsin;
Nizomning 3—6-ilovalaridagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “uy-joy mulkdorlari shirkati”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlarida”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” so‘zlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 11-son, 95-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)