Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan egalarining biometrik maʼlumotlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini amalga kiritish chora-tadbirlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4117-son
Farmonida:
a)
1-banddagi “2010-yil 1-yanvardan” soʻzi “2011-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “birinchi bosqich (2010-yil)” soʻzlari “birinchi bosqich (2011-yil)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikkinchi bosqich (2011 — 2015-yillar)” soʻzlari “ikkinchi bosqich (2012 — 2015-yillar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3 va 3a-ilovalar mazkur Farmonga 1
* va 2-ilovalar
* tahririga muvofiq bayon etilsin.
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda, amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritsin.
3. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.