1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Ushbu Qonunning maqsadi noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida Oʻzbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: 1993-yil 24-sentabrdagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofazalash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi bitim.
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
adad — noshirlik mahsulotining tayyorlangan nusxalari soni;
nashr — moddiy jismda matn va (yoki) tasvir tarzida qayd etilgan, tahririy-noshirlik jihatdan ishlov berilgan, noshirlik mahsulotini tayyorlash uchun moʻljallangan axborot;
noshirlik mahsuloti — chop etish matbaachilik texnologiyalarini va (yoki) vizuallashtiruvchi dasturiy-texnologik vositalarni qoʻllash yoʻli bilan nashrga muvofiq tayyorlangan mahsulot;
noshirlik faoliyati — nashrlarni tayyorlashga va chiqarishga qaratilgan tashkiliy, ijodiy, ishlab chiqarish chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar majmui.
4-modda. Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
noshirlik faoliyatining erkinligi;
kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish;
mualliflik huquqlarini himoya qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1050-moddasi.
noshirlik faoliyati erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik.
5-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi prinsipi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati subyektlari oʻz faoliyatida, shu jumladan mavzuni, ixtisoslashuvini, ishlab chiqarish kooperatsiyasini aniqlashda, mualliflarni tanlashda, adadni, noshirlik mahsulotining narxlarini belgilashda, oʻzaro aloqalarning, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning shakllarini belgilashda mustaqildir.
Agar davlat organlarining va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari nashrning mualliflari boʻlmasa, ushbu mansabdor shaxslar tomonidan nashriyotlardan materiallarning oldindan kelishib olinishini, matnni olib tashlashni yoki uning ayrim qismlarini tuzatishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalarni va materiallarni senzuradan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-modda. Kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish prinsipi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Davlat, nashriyotlar, noshirlik mahsulotini tayyorlovchilar hamda tarqatuvchilar kitobxonlik madaniyatini ommalashtirishga va oshirishga koʻmaklashadi.
Kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
kitobxonlikni targʻib qilish uchun qulay axborot muhitini shakllantirishga koʻmaklashish va ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotdan foydalanishni taʼminlash;
milliy va jahon adabiyoti klassiklarining eng yaxshi asarlarini chop etish, tarqatish va ommalashtirish, shuningdek ulardan kitobxonlarning foydalanishini taʼminlash;
jamoatchilik ongida kitobning qiymati va ahamiyati toʻgʻrisida barqaror tasavvurlarni shakllantirish;
aholining barcha qatlamlarini, avvalo yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, kitobxonlikni ragʻbatlantirish.
(6-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-1093-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 03/25/1093/1004-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-soli qarori.
7-modda. Mualliflik huquqlarini himoya qilish prinsipi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyatida mualliflik huquqlarini himoya qilishning asosiy vazifalari mualliflik huquqlariga rioya etilishini taʼminlashdan, shuningdek kontrafakt mahsulotni ishlab chiqarish va tarqatishga qarshi kurashishdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunining 65-moddasi.
8-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Quyidagilarni oʻz ichiga olgan nashrlarni va noshirlik mahsulotini tayyorlash va (yoki) tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga doir daʼvatni;
ommaviy tartibsizliklarga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilishni;
jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni;
urush, zoʻravonlik va terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari targʻibotini;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatuvchi axborotni;
jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻibotini;
pornografiyani targʻib qilishni va oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etishni;
fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmaganlarni ularning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yoxud boshqa shaxslarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga xavf soluvchi harakatlarni sodir etishga ishontirishga yoki boshqacha tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni;
tayyorlanishi yoki tarqatilishi qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa axborotni.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1043-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
Fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, mazmuniga koʻra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin boʻlgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
2-bob. Noshirlik faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish va noshirlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
9-modda. Noshirlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
noshirlik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
noshirlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
noshirlik xizmatlari bozorida tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirishning talablari va shartlariga rioya etilishini qonunchilikka muvofiq nazorat qilish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
10-modda. Noshirlik faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
noshirlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
noshirlik faoliyatini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
noshirlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va qabul qiladi;
noshirlik faoliyati sohasidagi xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi;
noshirlik faoliyatini amalga oshirishning talablari va shartlariga nashriyot tomonidan rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi;
noshirlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
noshirlik mahsulotlarining majburiy nusxalarini taqdim etish tartibini belgilaydi;
noshirlik faoliyati sohasidagi davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
noshirlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”giqonuni.
12-modda. Noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4151-sonli qarori.
Vakolatli davlat organi:
noshirlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
noshirlik faoliyatini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
noshirlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
noshirlik faoliyati sohasida davlat reyestrini yuritadi;
noshirlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
noshirlik faoliyati subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda uslubiy va maslahat yordamini koʻrsatadi;
noshirlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
noshirlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi, xalqaro tashkilotlarning mazkur yoʻnalishdagi ishlarida ishtirok etadi;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
noshirlik faoliyati sohasidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, noshirlik faoliyatining subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Noshirlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash:
noshirlik faoliyatini amalga oshirishda soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish;
noshirlik faoliyati subyektlarining moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlar chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
qonunchilikni, davlat va tarmoq dasturlarini bajarish maqsadida, shuningdek axborot-kutubxona muassasalari fondlarini butlashga moʻljallangan noshirlik mahsulotini chiqarish uchun davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtmalar taqdim etish;
respublikada milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjimalarini tashkil qilish hamda sifatli tarzda nashr etishni moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
tanlovlar oʻtkazish orqali noshirlik faoliyati subyektlarini moddiy ragʻbatlantirish;
axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Noshirlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
3-bob. Noshirlik faoliyatining subyektlari hamda ularning huquq va majburiyatlari
14-modda. Noshirlik faoliyatining subyektlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat:
nashriyot;
tayyorlovchi;
buyurtmachi;
tarqatuvchi.
15-modda. Nashriyot
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Nashriyot nashrlarni tayyorlash va chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasidir.
Nashriyot:
noshirlik mahsulotini chiqarish dasturini tuzish va tasdiqlashga;
talab qilingan mavzular boʻyicha badiiy, badiiy-publitsistik, ijtimoiy-siyosiy, oʻquv va ilmiy tusdagi asarlarni yaratish bilan bogʻliq buyurtmalarni olishga;
mualliflar va noshirlik faoliyati subyektlari bilan shartnomalar tuzishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1067-moddasi.
muallifning mulkiy huquqlarini, shu jumladan uning asarlaridan boshqa mamlakatlarda foydalanish huquqlarini olishga;
mualliflarning asarlaridan ularning ruxsati bilan boshqa mamlakatlarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun chet el jismoniy va yuridik shaxslari bilan shartnomalar tuzishda vositachi sifatida ishtirok etishga;
noshirlik faoliyati sohasidagi milliy va xalqaro tanlovlarda, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda ishtirok etishga;
noshirlik mahsulotini tayyorlovchi va tarqatuvchi sifatida ish yuritishga haqli.
Nashriyot qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
nashrlarni noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlarga (milliy standartlarga) muvofiq bezashi;
(15-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlar (milliy standartlar), noshirlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
(15-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
chop etilgan nashrlar haqidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etishi shart.
Nashriyotning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Bosh muharrir nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiladigan, nashriyotning mavzu rejalari ishlab chiqilishi hamda nashrlarning qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlar (milliy standartlar) talablariga muvofiq tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxsdir.
Bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi. Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.
Bosh muharrir nashriyotning ijodiy faoliyati uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Bosh muharrir nashrlarning mavzu yoʻnalishlaridan kelib chiqib, tegishli ekspertlar va olimlarning yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining taqrizlarini mustaqil ravishda olishga yoki muallifdan (mualliflardan) ularning taqdim etilishini talab qilishga haqli.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-1093-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 03/25/1093/1004-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
16-modda. Tayyorlovchi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Tayyorlovchi noshirlik mahsulotini chiqarish va koʻpaytirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi yoxud yakka tartibdagi tadbirkordir.
Tayyorlovchi:
noshirlik mahsulotini tayyorlashga doir shartnomalar tuzishga;
oʻz noshirlik mahsulotini tayyorlashga, shuningdek realizatsiya qilish uchun noshirlik faoliyati subyektlaridan buyurtmalar qabul qilishga haqli.
Tayyorlovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Tayyorlovchi:
mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashi;
noshirlik mahsulotining nashrga muvofiq tarzda tayyorlanishini taʼminlashi;
noshirlik mahsulotining sifatiga doir belgilangan talablarga rioya etishi shart.
Tayyorlovchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
17-modda. Buyurtmachi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Buyurtmachi nashr va (yoki) noshirlik mahsuloti uchun buyurtmani taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Buyurtmachi nashriyotga yoki tayyorlovchiga nashrlarni tahririy-noshirlik jihatdan ishlov berish, noshirlik mahsulotini tayyorlash va chiqarish boʻyicha xizmatlarni bajarish uchun quyidagi materiallarni taqdim etishi mumkin:
belletristika, ijtimoiy-siyosiy, reklama, axborot, oʻquv, ilmiy va texnik xususiyatga ega asarlarni;
tarjimalar, annotatsiyalar, sharhlar, qisqacha sharhlar, asarlarning asl nusxasi mazmuniga zarar yetkazmaydigan boshqa ishlanmalarni, erkin asarlar yaratilishiga asos boʻladigan folklor ishlanmalarni;
almanaxlar, antologiyalar, ensiklopediyalar, maʼlumotnomalarni va boshqa toʻplamlarni;
boshqa asarlarni.
Buyurtmachi noshirlik mahsulotining tili, hajmi, adadi, shuningdek uni realizatsiya qilish va tarqatish tartibini belgilash huquqiga ega.
Buyurtmalarni bajarish shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq muallif (hammuallif) yoki buyurtma obyektining egasi boʻlgan shaxs, buyurtmachi, nashriyot, noshirlik mahsulotini tayyorlovchi va tarqatuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1047-moddasi.
Buyurtmachi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1047-moddasi.
18-modda. Tarqatuvchi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Tarqatuvchi noshirlik mahsulotini tarqatishni, jumladan sotishni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Tarqatuvchi:
mustaqil ravishda oʻz rejalarini shakllantirishga, oʻz faoliyati miqyoslarini belgilashga, noshirlik mahsulotini mavzular yoʻnalishi boʻyicha tanlashga;
yuridik va jismoniy shaxslardan noshirlik mahsulotini tarqatish uchun buyurtmalar qabul qilishga;
noshirlik mahsulotini olib kirish yoki olib chiqish maqsadida chet el nashriyotlari, noshirlik mahsulotini tayyorlovchilar yoki tarqatuvchilar bilan munosabatlar oʻrnatishga haqli.
Tarqatuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan noshirlik faoliyati talablariga rioya etishi;
noshirlik mahsuloti materiallarini taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi shart.
Tarqatuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
4-bob. Noshirlik faoliyatini tashkil etish
19-modda. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati qonunchilikka muvofiq xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish talab etilmaydi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini hamda boshqa hujjatlarni nashr etishda;
respublika ahamiyatiga ega boʻlgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar tomonidan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qoʻlyozma huquqi asosida koʻpaytirish uchun moʻljallanmagan materiallarni nashr etishda;
ommaviy axborot vositalari ushbu ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari tomonidan chop etilganda.
20-modda. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mazkur sohadagi texnik va boshqa talablarga rioya etish;
nashrlarni tayyorlashni va chiqarishni belgilangan ixtisoslashuv boʻyicha amalga oshirish;
chiqarilayotgan nashrlarning nashriyot-matbaa sifati belgilangan talablar va standartlarga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
mualliflik huquqiga rioya etish;
tayyorlangan nashrlar (shu jumladan ushbu mahsulot tarkibiga kiritilgan asarlar) hisobini ularning nomini, nusxalar sonini, shuningdek nashriyotning yoki buyurtmachining mazkur nashrga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda yuritish.
21-modda. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan olib boriladi.
Vakolatli davlat organi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xabarnoma yubormasdan noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi.
Vakolatli davlat organi:
tekshiruvlar natijalari asosida, shu jumladan joyiga chiqqan holda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan noshirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq belgilangan talablar va shartlarning buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzishga, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga yuklovchi qarorlar qabul qilishga, shuningdek mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilashga;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, nashriyotning faoliyatini oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga toʻxtatib turishga va aniqlangan qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda nashriyot faoliyatini tugatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda sudga daʼvo arizasi berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4640-sonli qarori.
5-bob. Noshirlik mahsulotini nashr etish va tarqatishning oʻziga xos xususiyatlari
22-modda. Noshirlik mahsulotini tarqatish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik mahsulotini tarqatish tarqatuvchi tomonidan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1067-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 38- moddasi.
Noshirlik mahsulotini tarqatishga faqat buyurtmachi yoki nashriyot yoxud ular vakolat bergan shaxs mazkur mahsulotning chiqarilishiga ruxsat berganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
23-modda. Mualliflik nashrlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻz qoʻlyozmalarini hamda boshqa materiallarini, agar ular qonunchilikda belgilangan talablarga zid boʻlmasa, oʻz mablagʻlari hisobidan chiqarishga, tarqatishga haqli.
24-modda. Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar nashrni tavsiflovchi va uni rasmiylashtirish, isteʼmolchilarni xabardor qilish, unga bibliografik ishlov berish va uni statistik hisobga olish uchun moʻljallangan maʼlumotlar yigʻindisidir.
Chiqariladigan barcha turdagi noshirlik mahsulotida noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro va milliy standartlarga, texnik reglamentlarga (milliy standartlarga) muvofiq nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
bosh muharrirning va muallifning (hammualliflarning, tuzuvchilarning, tarjimonlarning) familiyasi, ismi, otasining ismi;
(24-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-1093-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 03/25/1093/1004-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
nashrning nomi;
tarjima yoki qayta bosish qaysi nashr asosida amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar;
tasniflash indekslari;
mualliflik huquqini himoya qilish belgisi;
nashr chiqarilgan joy;
nashriyotning nomi;
nashr chiqarilgan yil;
adadi;
bosma tabogʻining va hisobga olish-noshirlik tabogʻining hajmi;
nashrni terishga berilgan va bosishga ruxsat etilgan sanalar haqidagi maʼlumotlar;
qogʻoz bichimi, taboq ulushi;
asosiy matnning foydalanilgan shrift garniturasi;
buyurtma raqami;
noshirlik mahsulotini tayyorlovchi haqidagi axborot va uning pochta manzili.
25-modda. Xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan yoki davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni nashr etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan yoki davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi hujjatlarni nashr etish qoidalari va shartlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6-bob. Noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
26-modda. Xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
yangi texnologiyalarni joriy etish orqali nashriyot-matbaa majmuasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, buning uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish;
mamlakatda ishlab chiqarilgan noshirlik mahsulotini xorijda tarqatish tarmogʻini va tegishincha chet el noshirlik mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasida tarqatish tarmogʻini yaratish;
noshirlik faoliyati sohasida birgalikda kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish hamda oʻzaro tajriba almashish;
noshirlik faoliyati sohasida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, yarmarkalar (koʻrgazmalar) va boshqa tadbirlar oʻtkazish.
27-modda. Chet el investorlari bilan hamkorlik qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati subyektlari chet el investorlari bilan birgalikda noshirlik-matbaa korxonalarini va kitob savdosi korxonalarini tashkil etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
28-modda. Noshirlik mahsulotini olib chiqish va olib kirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, shuningdek boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11 moddasi.
30-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 274-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 137-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 275-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 138-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) XII boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 16-moddasi.
32-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
33-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-noyabr,
OʻRQ-731-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 04.11.2025-y., 03/25/1093/1004-son)