Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3034]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-iyun,
14/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Mazkur Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
2. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarning prognoz parametrlarida koʻzda tutiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maʼlumotlar (roʻyxat)ni shakllantirish, umumlashtirish va tasdiqlash
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy yoki oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralarning Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarini maqsadga muvofiqligini oʻrganadi, umumlashtiradi hamda tahlil asosida dastlabki roʻyxatni shakllantiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
4. Agentlik dastlabki roʻyxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazishdan va qoʻllab-quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
ijtimoiy muammolar yechimining taʼminlanganligi va eksportga moʻljallanganligi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
5. Agentlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash uchun har yili:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
15-iyungacha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy yoki oliy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflarini qabul qiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
15-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) shakllantirilgan dastlabki roʻyxatni va maʼlumotlarni taqdim etadi.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son
Bunda, Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotda Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni qaysi xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish va qancha muddat qoʻllab-quvvatlanishi aniq koʻrsatilishi zarur.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
6. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni har yili 15-noyabrgacha Agentlikka taqdim etadi.
Bunda, Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash patent hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim RST yoki toʻgʻridan-toʻgʻri (konvension protsedura) patentlash yoʻli orqali amalga oshirilishi uchun talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablagʻlarida) miqdori koʻrsatilgan maʼlumotni (roʻyxatni) Agentlikka taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
7. Agentlik Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni (roʻyxatni) koʻrib chiqib, har yili 1-dekabrgacha tasdiqlash uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga kiritadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
8. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va koʻllab-quvvatlash xarajatlari Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
3-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va kuchda saqlab turishni moliyalashtirish
9. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy yoki oliy taʼlim tashkiloti va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) oʻrtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur Nizomda belgilanganidan koʻra boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillari qoʻllaniladi.
11. Agentlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi boʻyicha berilgan xulosasiga, tahlil asosida dastlabki roʻyxatni shakllantirishga masʼul hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
12. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va patentni qoʻllab-quvvatlash uchun Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim (PCT) yoki toʻgʻridan-toʻgʻri (konvension protsedura) patentlash yoʻli orqali talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablagʻlarida) miqdori koʻrsatilgan maʼlumotni (roʻyxatni) oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etilishiga masʼul hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 4-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 4-iyun
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. FAYZULLAYEV
2018-yil 4-iyun
Fanlar akademiyasi Prezidenti B. YULDASHEV
2018-yil 4-iyun
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori v.b. B. OXUNOV
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatga olish boʻyicha takliflar
(ilovaning belgisi va nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
T/r
Patent nomi, raqami va olingan sanasi
Patent egasi
Qaysi davlatda roʻyxatga olish taklif etilmoqda
Xorijiy davlatda patentlashdan maqsad
Xarajatlar
Jami
shundan:
Patentlash
Patentni amalda ushlab turish
shu jumladan:
1-yil
2-yil
3-yil
...yil
1.
2.
3.
4.
5.
..
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)