toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002-YIL 21-IYUNDAGI PF-3093-SONLI FARMONIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA”
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etish, uning zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalar soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash, respublikaning markaziy iqtisodiy organlari bilan bahamjihat harakat darajasini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshi va mazkur Farmonning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-yanvar
PF-3536-son