1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-yanvar,
PQ-1254-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ba’zi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-son qarorida:
1 va 2-ilovalardagi “Hakimov Sh.X. — Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovada:
“Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” so‘zlari “Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Asqarov M.A.– Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Rahimov B. – Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 4-ilovadagi “Abdualiyev A.X.– Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qaroriga 2- ilovadagi “Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandda:
“i” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“i) Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
kiritilayotgan Investitsiya dasturlari, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish, jumladan ularni amalga oshirishda kutilayotgan natijalarni kompleks baholash;
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflari bo‘yicha xulosalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishning samarali va o‘ta maqbul sxemalarini tanlash;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, ishchi organ-boshqaruvchi idora tomonidan belgilangan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya loyihalarini, shu jumladan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida tayyorlash va amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish;
Investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish”;
quyidagi mazmundagi “i1” kichik band qo‘shilsin:
“i1) Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni. amalga oshirishda ishtirok etish;
potensial investorlarni O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiyaviy muhit, jumladan investitsiyalash masalalarining asosiy tartibotlari, shuningdek taklif qilinayotgan investitsiya hajmi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzish va shartnomalarning shartlariga rioya qilish, o‘z vaqtida moliyalashtirishni ochish hamda xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda TIA (TIH), yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish;
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish”;
b) 18-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda kiritilgan hujjatlar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga mutasaddilik qiluvchi Bosh vazir o‘rinbosari tasdiqlaydigan qo‘shma xulosa tayyorlaydilar”;
v) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har oyda Vazirlar Mahkamasining har oyda Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarining amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot beradi.
Tasdiqlangan tarmoq jadvallaridan orqada qolinganda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi sabablarini va qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ko‘rsatgan holda axborot kiritadi. Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radilar”;
g) 32-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga belgilangan shakl bo‘yicha davlat tashqi qarzi va geografiyasi bo‘yicha axborot taqdim etadi”.
d) 33-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi har oyda monitoring natijalarini Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga taqdim etadi”;
e) 35-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga Investitsiya dasturining aniq qismini va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi muammoli masalalarni ko‘rsatgan holda umumlashtirilgan monitoring natijalarini, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar va zarur chora-tadbirlarni taqdim etadi”;
j) 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Har oyda tegishli qaror qabul qilish uchun tegishli axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumiga ko‘rib chiqish uchun xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb qilgan holda investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringining umumlashtirilgan natijalarini kiritadilar”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986- son qaroriga 2-ilovadagi “Boqiyev F.X. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot- tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining har yillik majlisini tayyorlash va o‘tkazish to‘g‘risida” 2009-yil 3-iyuldagi PQ-1149-son qaroriga 1-ilovadagi “Asqarov M.A.— Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarorining 5-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarorining 3-bandi, shuningdek qarorga ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 2-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)