1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini barpo etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda qishloq aholisining daromadlarini koʻpaytirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, sugʻoriladigan yerlarning hozirgi meliorativ holati qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini yanada oʻstirishga va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini oshirishga toʻgʻanoq boʻlmoqda. Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuningdek ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirishda tizimli ravishda kompleks yondoshilmayotganligi, suv xoʻjaligi tuzilmalari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining sust ishlashi keyingi yillarda melioratsiya ishlari hajmlarining kamayishiga, sizot suvlarning darajasi koʻtarilishiga va minerallashuvi oshib ketishiga olib keldi.
Buning oqibatida hozirgi vaqtda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻprogʻini turli darajada shoʻr bosgan, ayni vaqtda fermer xoʻjaliklariga qarashli sugʻoriladigan yerlarning 16 foizidan ortigʻi qoniqarsiz holatdadir.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini koʻpaytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
1. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash 2008—2012-yillar davrida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilansin:
melioratsiya ishlarining buyurtmachilari va ijrochilari oʻrtasida vazifalarni qatʼiy taqsimlash hamda ularning javobgarligini oshirish asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishga yondoshuvlarni tubdan oʻzgartirish;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ishlarni moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini taʼminlash;
melioratsiya shohobchalarining samarali ishlashini, drenaj va oqava suvlarning kollektor-drenaj tarmogʻi orqali normativga muvofiq chiqarilishini taʼminlaydigan ushbu shoxobchalarni saqlash mexanizmini sifat jihatidan takomillashtirish;
lizing operatsiyalarini keng joriy etish yoʻli bilan suv xoʻjaligi tashkilotlari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, melioratsiya texnikasi saroyini yangilash.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 15-noyabrigacha boʻlgan muddatda 2008-yilda birinchi navbatda rekonstruksiya qilinadigan va quriladigan obyektlarni belgilab bergan holda 2008—2012-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008-yilning 1-yanvarigacha ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini melioratsiya texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2008 — 2022-yillar mobaynida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha pudrat va boshqa xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PF-5074-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 449-modda)
tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi oʻn yil muddatga — boʻshaydigan mablagʻlarni melioratsiya texnikasi yetkazib berilishini moliyalashtirish manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda umumdavlat va mahalliy soliqlar toʻlashdan, shuningdek sotib olinadigan melioratsiya texnikasi uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PF-4533-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 221-modda)
2013 — 2017-yillar mobaynida “Oʻzmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shuʼba korxonasi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan tovarlar, melioratsiya texnikasiga, mashina va mexanizmlarga texnik hamda servis xizmati koʻrsatish uchun xarid qilinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PF-4533-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 17-son, 221-modda)
LexUZ sharhi
7-bandning beshinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr,
PF-3932-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 440-modda; 2008-y., 6-7-son, 25-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2013-y., 17-son, 221-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 23-son, 449-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)