Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Tizimli va strategik fikrlash koʻnikmalariga ega malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish, davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari kadrlari salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasiga qabul tanlov asosida faqat davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshdan oshmagan, oliy maʼlumotga va ikki yildan kam boʻlmagan rahbarlik ishi tajribasiga ega shaxslar orasidan amalga oshiriladi.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, joylarda davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlariga boʻlgan ehtiyoji asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Akademiyaga 2017/2018 oʻquv yili uchun kvotalar shakllantirildi.
2017/2018 oʻquv yili uchun Akademiya magistraturasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash kvotasi
1-ilovaga muvofiq 60 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 24 nafar va toʻlov-kontrakt asosida 36 nafar kishi etib belgilansin;
shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Akademiya magistraturasiga davlat granti asosida faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari qabul qilinadi.
4. Akademiya rektoriga nomzodlarning reyting bahosini hisobga olgan holda magistraturaga belgilangan umumiy kvotalar chegarasida qabul parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Akademiya 2017/2018 oʻquv yilining boshlanishiga qadar magistratura mutaxassisligi boʻyicha belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2017/2018 oʻquv yili uchun belgilangan davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalarini hisobga olgan holda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U. Ismailov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R. Qosimov zimmasiga yuklansin.