toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
1. “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb o‘zgartirilsin;
ilovaning 3-bandidagi “(ishlar, xizmatlar)” so‘zlari olib tashlansin, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” so‘zlari esa “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” deb o‘zgartirilsin;
ilovaning 4-bandidagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining” so‘zlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining” deb o‘zgartirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
7. “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-fevraldagi PF–1930-son Farmoni 1 va 3-bandlaridagi, 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb o‘zgartirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-yanvar,
PF-3194-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)