toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini ularga soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish tartibi;
ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish tartibi va xususiyatlari;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-avgust,
543-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning
MA’MURIY REGLAMENTI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Reglament:
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish;
ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanishga ajratish tartibini belgilaydi.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Reglamentga muvofiq jamoat ehtiyojlari hisoblangan vazifalar ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilmagan yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi belgilangan hollarda yer uchastkasi faoliyat sohasidan kelib chiqib, tegishli davlat organi, muassasasi va korxonasiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, bunday tashkilotni aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi va keyinchalik ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo‘lmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu qoida yangi ko‘p kvartirali uy quriladigan yer uchastkasining maydonini qasddan kamaytirib ko‘rsatish uchun asos sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Agar ajratilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlar toifasiga kirsa, avval ushbu yerlarni O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa yer toifasiga o‘tkazish masalasi hal etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga quyidagi maqsadlarda beriladi:
mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yer uchastkalarini berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlari obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlar qurish bo‘yicha amalga oshirish uchun, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalarining, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’muriy binolarini barpo etish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib boruvchi avtomobil yo‘llari va piyoda yo‘laklarini qurish;
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda o‘tkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini qurish;
aholini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va yashil o‘simliklarni suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan ariqlar, kanallar, havzalar va boshqa suv arteriyalarini qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ta’lim va davolash muassasalari, kutubxonalar, internatlar, mehribonlik uylarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida qurish;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida berish;
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan maydonlar, shuningdek, dam olish bog‘lari, xiyobonlar, dam olish zonalari, ko‘llar, suv havzalari, qabristonlar va boshqa rekreatsion obyektlarni qurish yoxud monumental yodgorliklarni o‘rnatish uchun berish.
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/312/0390-son)
Yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON” AAT) orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun mazkur Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun faqat ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ulardan olib qo‘yilgandan (qayta sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 09/24/2/0002-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddaci.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkasini (keyingi o‘rinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi.
Agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini o‘zgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud bo‘lmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Diniy tashkilot uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta’sischilari) bu haqda tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qiladi.
Diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida vakolatli organ bilan kelishuvga muvofiq mazkur Reglamentda belgilangan tartib asosida ajratiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ajratilgan yer uchastkasini diniy tashkilotga bepul asosda ijaraga beradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkasini ajratish bilan bog‘liq barcha xarajatlar diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta’sischilari) tomonidan qoplanadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
2-bob. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali mazkur Reglamentning 23-bandida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
8. Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan davlat organi, muassasasi, korxonasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi — buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida uni tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi besh ish kuni mobaynida:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini, yer uchastkasining toifasini aniqlaydi;
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan va (yoki) qishloq (o‘rmon) xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy me’yorlariga muvofiq haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish bilan bog‘liq yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun to‘lov yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildiga (keyingi o‘rinlarda — hujjatlar yig‘majildi) quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
15. Ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yig‘majildini qayta tayyorlash uchun yuboradi. Bunda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ko‘rsatiladi.
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uni besh ish kuni davomida o‘rganadi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) tegishli ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Buyurtmachi bir ish kuni davomida Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun murojaat qiladi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan yigirma ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Bunda, boshqa yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallar umumiy tartibda tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladigan yer uchastkalari bundan mustasno.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
17. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan so‘ng uni hamda hujjatlar yig‘majildini ikki ish kuni davomida xulosa olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida yig‘majildni ko‘rib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va uni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Xulosada shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi hamda o‘z xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) kelishish uchun yuboradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Kengash navbatdagi majlisda hujjatlar yig‘majildini besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qo‘yish yo‘li bilan kelishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishilgan materiallar uch kundan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboriladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa, ko‘proq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga Kengash yig‘ilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va normativ-huquqiy hujjatning aniq normasini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini ko‘chirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash, shu jumladan, berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini o‘zgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni davomida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining salbiy xulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifini ko‘rib chiqadi hamda hujjatlar yig‘majildini qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining xulosasi yoki Kengash yig‘ilishining bayonnomasini ilova qilgan holda, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi o‘n ish kuni davomida yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi.
Bunda yangilangan yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash bo‘yicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yig‘majildini olgandan keyin bir ish kuni davomida uni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 19-20-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3-bob. Yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin bir ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yig‘majildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
a) xulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
Oldingi tahrirga qarang.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi;
(23-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
“O‘zsuvta’minot” AJ;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
“Hududgazta’minot” AJ;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
“O‘ztransgaz” AJ;
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
(23-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
b) kelishish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha;
(23-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — bo‘sh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga — bo‘sh yer uchastkalari avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga — diniy tashkilotlar qurish maqsadida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha.
(23-band “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga — turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha.
(23-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha;
(23-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalarini ajratish materiallari bo‘yicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hamda Davlat yong‘in nazorati organining xulosalarini olish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qo‘shimcha ravishda xulosa olinishi yoki ularga kelishish uchun yuborilishi mumkin.
(23-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
24. Vakolatli tashkilotlar yig‘majild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida yig‘majildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
25. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning ko‘chirilgan nusxasi tarzida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
26. Yer uchastkasini ajratish materiallari tegishli yer uchastkasi bo‘yicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan “YERELEKTRON” AAT orqali kelishiladi.
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilgan holatda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi xat yoki xatning ko‘chirilgan nusxasi normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatib yuboriladi.
27. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlab, ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega.
28. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda, uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Bunday holatlarda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi.
Bunda yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi.
29. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng va qayta ishlangan materiallar olingach, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, yer uchastkasini ajratish materiallarini ushbu Reglamentning 19 – 26-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasini ajratish materiallari ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi kerak.
4-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qaror qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi ikki kun davomida yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
obyektni qurish shartlari;
berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi.
(30-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yig‘majildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi bo‘yicha materiallarni hamda o‘z qarorini bir ish kuni davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni davomida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
5-bob. Yer uchastkasini berish
Oldingi tahrirga qarang.
31. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qarori asosida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “O‘zGASHKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Yer uchastkasi chegaralarini joyda (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi va to‘lov quyidagicha taqsimlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi summa — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hisobvarag‘iga;
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — “O‘zGASHKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
321. Foydalanishdagi yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
322. Davlat tashkilotlari foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
323. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
(323-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
324. Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari yer uchastkasi ajratilayotgan davlat tashkilotlari hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
325. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq haq undiriladi.
326. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:
buyurtmada belgilangan davlat tashkilotlarining foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda boshqa yuridik shaxslar nomiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi;
yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi.
Davlat tashkilotlarining foydalanishdagi yer uchastkasi hamda undagi bino va inshootlar jismoniy va boshqa yuridik shaxslar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan yoki topografik xaritasi amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkasining maydoni va chegaralariga mos bo‘lmaganda taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda davlat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnoma asosida yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
327. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi davlat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va hujjatlar yig‘majildi tayyorlangan kunning o‘zida uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(327-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
328. Hujjatlar yig‘majildiga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati;
yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma).
Bunda Davlat kadastrlari palatasi joyiga chiqqan holda yer uchastkalarining chegaralarini aniqlaydi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda davlat tashkilotlari vakili hamda qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
329. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi so‘rov tushgan kundan boshlab besh ish kun ichida “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
(329-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3210. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi ijobiy kelishuvidan keyin hujjatlar yig‘majildi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(3210-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3211. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch ish kun mobaynida hujjatlar yig‘majildini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibga asosan vakolatli organlar bilan kelishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3212. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va vakolatli organlar bilan kelishilgan hujjatlar yig‘majildini olgandan keyin ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
(3212-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlari;
suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z qarorini bir ish kuni mobaynida davlat tashkilotlari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat tashkilotlarining murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
52-bob. Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
3213. Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga (keyingi o‘rinlarda — mulkdorlar) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
3214. Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3215. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida buyurtmani tegishli hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(3215-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3216. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “O‘zGASHKLITI” MCHJga yuboradi.
(3216-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3217. “O‘zGASHKLITI” DUK mulkdorlar yoki uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — boshqaruvchilar) bilan shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni mobaynida elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(3217-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkalarining topografik xaritasini tayyorlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-qidiruv sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
(3217-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3218. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi besh ish kunida joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda yer uchastkasi chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishiladi.
(3218-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3219. Dalolatnoma mulkdorlar tomonidan imzolanadi.
Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga bo‘lgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi.
3220. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
foydalanishdagi yer uchastkasining maydoni (gektarda) haqida ma’lumot;
koordinatali nuqtalari bilan yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm).
Oldingi tahrirga qarang.
3221. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(3221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3222. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun materiallar tushgan kundan boshlab ikki ish kunida:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi bo‘sh bo‘lgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.
(3222-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3223. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kelishilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
(3223-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3224. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari va dalolatnomalari olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilinishining majburiy sharti hisoblanadi.
3225. Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), mulkdorlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xaritasi ilova qilinadi.
3226. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z qarorlarini bir ish kuni mobaynida mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
3227. Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda mulkdorlar nomiga yer uchastkasiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”;
(51 va 52-boblar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
34. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish
SXEMASI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
I. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi
(I bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.

5 ish kuni mobaynida

Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

20 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hujjatlar yig‘majildini o‘rganadi va Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Buyurtmachi

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun murojaat qiladi.

1 ish kuni mobaynida

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari

Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi va buyurtmachiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini taqdim etadi.

20 ish kuni mobaynida

Buyurtmachi

Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hujjatlar yig‘majildini o‘rganadi va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga xulosa olish uchun yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, hujjatlar yig‘majildini ko‘rib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tegishlicha uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘z xulosasini ilova qilgan holda hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga kelishish uchun yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi

Hujjatlar yig‘majildi materiallarini ko‘rib chiqadi, ularni kelishadi.

5 ish kuni mobaynida

Kelishilgan materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

O‘z xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildini mazkur xulosa (kengash bilan kelishuv)ni ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Vakolatli tashkilotlar

Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasini ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

Hujjatlar yig‘majildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi bo‘yicha materiallarni hamda o‘z qarorini Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “O‘zGASHKLITI” MCHJ loyiha-qidiruv tashkiloti filiali

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni mobaynida

13-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2 ish kuni mobaynida

II. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani tegishli Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada belgilangan yuridik shaxsning foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda yuridik shaxslar nomiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini o‘rganadi.

2. Yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligini aniqlaydi.

3. Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.

5 ish kuni mobaynida

Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralari va shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha kelishish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

Belgilangan muddatda

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

Hujjatlar yig‘majildni ko‘rib chiqadi, “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni mobaynida

Ijobiy kelishilgan hujjatlar yig‘majildini “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildini ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Vakolatli tashkilotlar

Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasini yuridik shaxslarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kun mobaynida

O‘z qarorini yuridik shaxslar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

yuridik shaxslarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.

Belgilangan muddatda

“Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2 ish kuni mobaynida

III. Ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani tegishli hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

Buyurtma bo‘yicha foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “O‘zGASHKLITI” MCHJga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

“O‘zGASHKLITI” MCHJ

Buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

Joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishadi.

Foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi bo‘sh bo‘lgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi.

Yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

Yer uchastkasining topografik xaritada belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

O‘z qarorlarini mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Mulkdorlar yoki ko‘p kvartirali uy-joylar boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.

“Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

2 ish kuni mobaynida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 42-banddagi “v” kichik band chiqarib tashlansin.
a) sakkizinchi xatboshidagi “maydoni avvalgisiga teng bo‘lgan boshqa yer uchastkasi” so‘zlari “olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘lab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) o‘n beshinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)” 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 268-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 70-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 04.01.2024-y., 09/24/2/0002-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son, 01.06.2024-y., 09/24/312/0390-son; 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)