toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(1-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
(2-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40-moddasi birinchi qismi 3, 7-bandlari, 79-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi birinchi qismi, 16, 17-moddalari.
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 48-moddasining 1, 2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 48-moddasining 3, 4, 6, 8-bandlari, 79-moddasi.
qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i).
yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 16-moddasi.
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17 — 20, 24-moddalari.
yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i).
yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi ikkinchi qismi, 15-moddasi beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 23, 24-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi O‘RQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 14-moddasi uchinchi qismi, 15-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi, o‘ninchi qismlari, 25-moddasi uchinchi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 45-moddasi uchinchi qismi, 87-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, 28-moddasi to‘rtinchi qismi, 41-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, 11-moddasi ikkinchi qismi, 13 moddasi uchinchi qismi, 20-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi.
5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
(5-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, 33-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini, davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish;
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini, davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish;
(7-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
2-BOB. YER FONDI
8-modda. Yer fondi toifalari
O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq turlarga bo‘linadi;
(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi.
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 68-moddalari.
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71 — 74-moddalari.
(8-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismi, 75-moddasi.
(8-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
6) o‘rmon fondi yerlari — o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi.
7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi.
8) zaxira yerlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 78-moddasi.
9-modda. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish
Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga bo‘linadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash yo‘li bilan aniqlashtiriladi.
Yer uchastkalarining huquqiy rejimi ularning yer fondining muayyan toifasiga mansubligidan va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 7-moddalari, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish ushbu modda oltinchi qismining talablarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlarga o‘tkazish esa ushbu Kodeksning 441-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualarini va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalarini, savdo-ko‘ngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish bo‘yicha bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda yer toifasini boshqa toifaga o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17 martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Egalikda, foydalanishda yoki ijarada bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganidan keyin va ular takroran berilguniga (realizatsiya qilinguniga) qadar amalga oshiriladi, bundan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar qonunda belgilangan tartibda e’tirof etilgan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish hollari mustasno.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi hujjatlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlarda hamda davlat yer kadastri hujjatlarida, shuningdek Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirmalarda ko‘rsatiladi.
(9-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15, 33-moddalari.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasi.
10-modda. Yer uchastkasi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi, 62-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
21-bob. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari, ularni o‘zgartirish tartibi va ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qat’i nazar yer uchastkalaridan foydalanish
101-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari yer uchastkasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyatning yo‘l qo‘yiladigan turlaridir.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari bilan asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turi sifatida belgilanadi.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq ko‘rsatiladi.
102-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasi qaysi faoliyatni yuritish maqsadlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha faoliyatning asosiy turini aks ettiradi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan hisoblanadi.
103-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkasidagi faoliyat turi bo‘lib, uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish va shaharsozlik reglamentida belgilangan shartlarga rioya etish talab qilinadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan hisoblanadi.
104-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga yoki yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga nisbatan qo‘shimcha hisoblanadigan, mustaqil bo‘lishi mumkin bo‘lmagan va faqat ushbu turlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan yer uchastkasidagi faoliyat turidir.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan e’tiboran belgilangan hisoblanadi.
Ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlariga muvofiq foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni mazkur yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turiga muvofiq foydalaniladigan maydonidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy (shartli ruxsat etilgan) va yordamchi turlarining chegaraviy nisbati har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
105-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini o‘zgartirish tartibi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirish uning huquq egasining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirish uchun ariza davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turini o‘zgartirish uning huquq egasi tomonidan shaharsozlik reglamentida nazarda tutilgan yordamchi turlar orasidan faoliyat turlarini tanlash yo‘li bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
106-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartibi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uning huquq egasining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga doir ariza davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma jamoatchilik muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining qarorlariga asosan beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament, shu jumladan yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning ayrim turlariga ruxsatnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda to‘lov undirilishi mumkin.
107-modda. Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qat’i nazar yer uchastkalaridan foydalanish
Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qat’i nazar yer uchastkasidan:
geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini servitut shartlarida joylashtirish;
muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish;
binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruksiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish;
shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joylashtirish;
yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
3-BOB. YER TUZISH
11-modda. Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish
Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda bo‘linishidir.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo‘jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer tuzish istiqbolga mo‘ljallangan, loyihalash oldidan, xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish turlariga bo‘linadi.
Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;
3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.
(12-modda to‘rtinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) joyning o‘zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;
(12-modda beshinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
5) yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;
6) yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;
7) barcha yerlarni ro‘yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;
8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;
9) yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining ma’muriy chegaralari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli bo‘lgan hollarda, ularning chegaralarini o‘zgartirish masalalari ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilash tartibida hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi O‘RQ-635-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning o‘ziga) ko‘chirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olishni, qishloq xo‘jalik ekinlarini va ko‘p yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni), shuningdek sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi.
(12-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Ichki xo‘jalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo‘lgan mualliflik nazorati olib boriladi.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
13-modda. Yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo‘ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o‘zgartirishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi. Bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan qurilish obyektlarining turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer tuzishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi organlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
14-modda. Yer monitoringi
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizom”.
15-modda. Davlat yer kadastri
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Davlat yer kadastri O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi.
Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yishda, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 23-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yo‘nalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga olish bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(15-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
4-BOB. YERGA BO‘LGAN MULKCHILIK, YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING YER UCHASTKALARIGA BO‘LGAN HUQUQLARI
16-modda. O‘zbekiston Respublikasida yerga bo‘lgan mulkchilik
Oldingi tahrirga qarang.
Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, mazkur Kodeksning 18-moddasi, 90-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 170-moddasi, 214-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-sonli “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisi .
17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 487-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq:
(20-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shahar va posyolka quriladigan yerlarning ma’muriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar;
(20-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
o‘rmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan bo‘lishning imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu hol ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Uy-joyga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga o‘tayotganda uy-joy, ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Uy-joy, korxona, bino, inshoot, ko‘p yillik dov-daraxtlar yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi o‘tadi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasining bo‘linishi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan mazkur Kodeks 10, 21 va 62-moddalarining talablariga muvofiq amalga oshirilib, keyinchalik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinadi hamda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan tegishli elektron ko‘chirmalar beriladi. Ushbu masalalar bo‘yicha nizolar sud tartibida hal etiladi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;
(23-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ijaraga berish — elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.
(23-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 488-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli ““Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 1, 5-moddalari.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) elektron onlayn-auksion natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
(24-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra — davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda ikkinchi qismi 2-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘ ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak.
(24-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga ijara huquqining bozor qiymatiga nisbatan tegishli koeffitsiyentini belgilashda yer uchastkasining tuproq bonitirovkasi, ma’muriy-hududiy tuzilishi va infratuzilma obyektlari mavjudligi inobatga olinadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilangan miqdordagi mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi shart.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
(24-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar va xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno.
(24-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘z ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.
(24-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlar ushbu Kodeksning 245-moddasida belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.
Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i), O‘zbekiston Respublikasi “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasi birinchi, ikkinchi, beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 551, 552-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga o‘ttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
O‘rmon fondining foydalanilmayotgan (o‘rmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini saqlab qolish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(241-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qo‘llaniladi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(241-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
242-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(242-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi O‘RQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
(242-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
243-modda. Yer uchastkasini unga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish
Dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
244-modda. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini xabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar o‘ziga o‘tkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini yoki faqat zararning o‘zi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan e’tirozlar bo‘lmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma o‘sha shartlar asosida xuddi o‘sha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan eng ko‘p (oxirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak.
(244-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
245-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin, bundan ushbu Kodeks 24-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bunda:
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil o‘zi foydalangan bo‘lishi shart, mazkur muddat yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi;
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran besh yildan keyin yo‘l qo‘yiladi;
ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra ijara muddati bo‘yicha teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘ziga ijaraga berilgan ikki yoki undan ortiq yer uchastkalaridan biri yoki bir nechtasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda qayta ijaraga beriladigan va ijaraga oluvchining o‘zida qoladigan yer uchastkalari maydoni ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi, yer tuzish loyihasiga muvofiq konturlar yaxlitligi saqlab qolinishi kerak.
(245-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi O‘RQ-1120-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son)
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qayta ijaraga berish natijasida vujudga kelgan ijara huquqi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron tarzda yuboriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan o‘z huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(245-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
25-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda ommaviy servitut asosida amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan yoki ushbu ruxsatnomani bergan tashkilotning murojaatiga asosan viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘oriladigan haydov yerlarida, bog‘larda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi, zarur hollarda bu muddatni uzog‘i bilan yana bir yilga uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun o‘z hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, truboprovodlar, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
26-modda. Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 54 — 60-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3 — 5, 8, 24, 25-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12 — 14-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
28-modda. Yer uchun haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olganlik va yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Kodeksga muvofiq elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra yoki baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to‘laydi, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplaydi.
O‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yerlardan foydalanganlik uchun haq to‘laydi. Yerdan foydalanganlik uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer solig‘ining stavkalari, uni hisoblash va to‘lash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i).
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer solig‘i to‘lovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga to‘laydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va to‘lov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi o‘rtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer solig‘ini to‘lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
Oldingi tahrirga qarang.
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta’minlanishi mumkin:
(29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini sotish yoki o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash, bundan xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkalarining boshqa shaxsga o‘tkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining o‘n uchinchi qismida hamda 245-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(29-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirishni taqiqlash;
(29-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz ko‘chmas mol-mulkning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni o‘zlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o‘simliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini asrash.
(29-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tganida saqlab qolinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 81-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
o‘zganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
Servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut to‘g‘risidagi shartnoma uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 173-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. Servitut to‘g‘risidagi shartnoma
Yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak bo‘lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo‘lganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
(301-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
302-modda. Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan haqning o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;
(302-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud bo‘lganda) muntazam ravishda to‘lamagan taqdirda, shuningdek unda o‘z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs bilan birgalikda servitut to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi;
servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga to‘sqinlik qilmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qo‘riqlashi, ta’mirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat ko‘rsatishi shart.
(302-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan servitut to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;
servitut to‘g‘risidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan to‘sqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut to‘g‘risidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs:
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi;
servitutdan faqat servitut to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;
servitut uchun haqni o‘z vaqtida to‘lab borishi (haq belgilangan taqdirda);
o‘z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga ko‘ra o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni to‘xtatishi;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran yozma shaklda javob berishi shart.
303-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tkazilganda servitutning saqlanishi
Servitut yer uchastkasiga bo‘lgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti bo‘lishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan ko‘chmas mulkning huquq egalari bo‘lmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaxslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.
304-modda. Servitutni bekor qilish
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.
Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
305-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)
Jamoat ehtiyojlari uchun o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq o‘zganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
o‘zganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sug‘orish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish.
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki bo‘lmagan bino, inshoot va ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.
Ommaviy servitut belgilash to‘g‘risidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:
sug‘oriladigan yerlarda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan;
o‘rmon fondi yerlarida — o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda — tegishli sohalardagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan.
Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan barcha shartlar ko‘rsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga ko‘ra yoki ulardan birining talabiga ko‘ra sud tartibida o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy servitut belgilash to‘g‘risidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish huquqini bermaydi. Bunda ommaviy servitut maqsadlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish zarur.
(305-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.
306-modda. Servitut uchun haq to‘lash
Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs, agar qonunda yoki servitut to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut uchun haq to‘lashi shart.
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer solig‘i (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Servitut uchun haq to‘lash bir martalik yoki muntazam to‘lab boriladigan ko‘p martalik to‘lov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer solig‘i (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan to‘lanadi, bunda servitut uchun to‘lanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer solig‘i (ijara haqi) summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
tunnellarda avtomobil yo‘llari yoki temir yo‘llari qurish, shuningdek avtomobil yo‘llarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
muhandislik-texnik jihatdan ta’minlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda.
(301 — 306-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
31-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida belgilash
Yer uchastkasining plani — yer uchastkasining topografik plani bo‘lib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng so‘nggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq so‘nggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relyef ko‘rsatiladi.
Yer uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o‘zida uning chegaralarini belgilash ishlari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini o‘rnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasi oluvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(32-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 10-moddasining ikkinchi qismi.
33-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalarining yer uchastkasini bo‘lish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 84-moddasi ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
35-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
(35-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
1) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yer uchastkasining tavsifi (yerlarning toifasi, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
(35-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
3) yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
4) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari;
(35-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar.
(35-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi.
(35-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
36-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi
Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno;
(36-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
3) yuridik shaxs tugatilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnatga oid munosabatlar bekor bo‘lganda, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa;
(36-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanilganida;
(36-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda;
(36-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilangan muddatlarda yer solig‘i, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam to‘lanmay kelinganda;
(36-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
91) yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda — muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan e’tiboran olti oy ichida bartaraf etilmaganda;
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan 91-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
10) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda birini qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yilganda.
(36-modda birinchi qismining 10, 11 va 12-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuniga asosan 10, 11, 12 va 13-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son — 2019-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
5) ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish yo‘li bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(36-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga jo‘nab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan ko‘proq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonunchilik bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.
(36-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 10 va 11-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinganda, mazkur yer uchastkasi zaxira yerlar toifasiga o‘tkazilmaydi hamda tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinadi.
(36-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘n besh kunlik muddatda tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinishi hamda ushbu yerlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish (realizatsiya qilish) choralari ko‘rilishi kerak.
(36-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
(371-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qo‘yish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVCHI, IJARACHI VA YER UCHASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yer uchastkasida undan ruxsat etilgan foydalanishning turlariga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;
(39-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasi.
2) qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasi.
3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining (Yangi tahriri) 31 — 32-moddalari.
4) yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish;
5) qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning turlari va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
(39-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 79-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
7) yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish;
(39-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 20-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari, 24-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish;
(39-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish);
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan 10-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o‘zgartirish.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 1 — 26, 30, 32, 43-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 9-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi.
40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
(40-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini ta’minlash;
12) asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy ta’siri bo‘lmagan hollarda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin bo‘lgan maqbul ekinlar ekilishini ta’minlash;
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi O‘RQ-936-sonli Qonuniga asosan 11 va 12-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;
3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i), O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;
(40-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 25-moddasining to‘rtinchi qismi, 79-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi Qonuni.
7) foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
(40-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash;
(40-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11) yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘rish.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuniga asosan 10 va 11-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
41-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xo‘jalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84 va 85-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘la hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar xavfsizligini ko‘zlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 29, 30-moddalari, 72-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 73-moddasining birinchi qismi, 74-moddasining birinchi qismi, 75-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 48-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 25-moddasining to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi qismlari, 28-moddasining birinchi qismi, 32-moddasining birinchi qismi, 33-moddasining beshinchi qismi, 37-moddasi, 39-moddasining ikkinchi qismi, 41-moddasi, 43-moddasining birinchi qismi, 44-moddasining to‘rtinchi qismi, 46-moddasining birinchi qismi.
6-BOB. QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR
43-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-moddasining 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar:
foydalanish turiga ko‘ra — qishloq xo‘jaligi yerlariga va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlarga;
suv bilan ta’minlanish darajasiga ko‘ra — sug‘oriladigan yerlarga va sug‘orilmaydigan yerlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari haydaladigan yerlarga (sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlari), ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlar va boshqa ko‘p yillik dov-daraxtlar) egallagan yerlarga, tashlandiq yerlarga, pichanzorlarga va yaylovlarga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlar ihota daraxtzorlari, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan binolar va inshootlar egallagan yerlarga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur yerlar ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinadi.
Agar qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer fondining boshqa toifalariga taalluqli bo‘lgan yerlar tarkibidagi haydaladigan yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, tashlandiq yerlar, pichanzorlar va yaylovlar davlat yer kadastrida qishloq xo‘jaligi yerlari sifatida hisobga olinadi hamda maxsus muhofaza qilinadi.
(43-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 9-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 44-moddasining uchinchi qismi, 45-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Sug‘oriladigan yerlar
Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer fondining boshqa toifalariga taalluqli bo‘lgan sug‘oriladigan yerlar ham davlat yer kadastrida sug‘oriladigan yerlar sifatida hisobga olinadi. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur yerlarga nisbatan ushbu Kodeksda sug‘oriladigan yerlar uchun belgilangan barcha talablar va shartlar tatbiq etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashi shart.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘oriladigan yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘p yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.
(44-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
441-modda. Sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlarga o‘tkazish
Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Ushbu yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlarga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi darajasi, shuningdek suv resurslarining mavjudligi hamda ularga doir limitlar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining xulosalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xulosalarni olish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar taqdim etiladi:
1) yer uchastkasining joylashgan joyi, maydoni, kadastr raqami, konturlari soni va raqami, tuproq tipi, tarkibi, sifati va unumdorligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, yerga bo‘lgan huquq egasi;
2) yer uchastkasini bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi qarorning sanasi va raqami, bundan yer uchastkasidan qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlar sifatida foydalanish hollari mustasno;
3) yer uchastkasidan keyingi besh yil ichida foydalanish holati, bundan buyon undan sug‘oriladigan yerlar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, suv bilan ta’minlanish darajasidagi o‘zgarishlar, shuningdek ushbu vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan va ularni bartaraf etishga to‘sqinlik qiladigan holatlar;
4) qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori, ularning o‘rnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushgan mablag‘larni sarflash yo‘nalishlari;
5) tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
6) o‘sha hududning o‘zida yoki boshqa ma’muriy-hududiy birlikda joylashgan, sug‘oriladigan yerlar o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan miqdorda ikki yil ichida yangidan o‘zlashtiriladigan va sug‘oriladigan yerlarga o‘tkaziladigan yer uchastkalari to‘g‘risida ushbu qismning 1-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
7) yer uchastkasidan kelgusida foydalanish maqsadi. Bunda sug‘oriladigan yerlarni sanoat obyektlari, yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratishga ushbu maqsadlar uchun ilgari ajratilgan hududlarda bo‘sh turgan yer uchastkalari qolmagan taqdirda hamda renovatsiya va rekonstruksiya qilish orqali mavjud quvvatlarni oshirish choralari ko‘rilganidan keyin, shuningdek sanoat maqsadlarida ko‘p qavatli ishlab chiqarish maydonlarini ustuvor tartibda qurish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda har bir organ bildirilgan taklifni amalga oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqida bir oy ichida o‘z xulosasini taqdim etadi. Sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlarga o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida kamida ikkita organ tomonidan xulosalar taqdim etilgan hollarda mazkur masala ko‘rib chiqilmaydi.
Xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi va ko‘rib chiqish uchun yarim yilda bir marta farmoyish loyihasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
(441-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
45-modda. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
451-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga qaytarilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridir.
(451-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tuman, shahar hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berish faqat bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hamda zaxira fondi yerlari hisobidan amalga oshiriladi.
(451-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
46-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:
(46-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
(46-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;
(46-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(46-modda birinchi qismining 5 va 6-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
461-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o‘lchamlari
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 11-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
11) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;
(461-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-876-sonli Qonuniga asosan 1 va 11-bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)
2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
Oldingi tahrirga qarang.
g‘allachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
(461-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi O‘RQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
(461-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.
(461-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi O‘RQ-936-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
48-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
6) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;
7) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishlari shart.
(48-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining to‘rtinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
(49-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (xo‘jalik jamiyatlari hamda shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qo‘shimcha yer uchastkalari olishi mumkin.
(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo‘ladi hamda ulardan faqat ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalaniladi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga elektron onlayn-auksion orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi.
(49-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.
(49-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga yer uchastkalarini berish
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish hamda ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(491-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
51-modda. Yer uchastkalarini xo‘jalik ichida taqsimlash. Oila (jamoa) pudrati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zolarining va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila pudrati — qishloq xo‘jaligi kooperativi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda oila a’zolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni xo‘jalik ichida tashkil etish shaklidir.
(51-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xo‘jaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xo‘jaligi korxonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ, jamoa korxonasi bilan yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (ma’muriyati) bilan oila boshlig‘i (jamoaning vakolat berilgan vakili) o‘rtasida tuziladi.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan yeri va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq yerning hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish borasidagi majburiyatlari;
yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotining bahosi, unga haq to‘lash va uni realizatsiya qilish shartlari;
sug‘orish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini ta’minlash;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga ko‘ra boshqa shartlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qat’iy ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni o‘lchamlarining kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer uchastkasining o‘lchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq to‘lash yakuniy natijalarga ko‘ra — yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila a’zolari (pudratchilar) — pay egalari xo‘jalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga ko‘ra aniqlanadigan dividendlar oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi kooperativi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda to‘laydi.
(51-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa xarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
(51-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
52-modda. Xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xo‘jaligi korxonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (ma’muriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.
(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
53-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.
(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qo‘shimcha ijaraga olishi mumkin.
(53-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(53-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Kreditlar olish uchun fermer xo‘jaligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni 43-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish, shuningdek yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish
(55-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(55-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56-modda. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalari
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat berilishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(56-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish
(58-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
(58-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo‘jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (SHAHARLAR, POSYOLKALAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI
59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.
2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi.
3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi.
4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66-moddasi.
5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
(59-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlar.
60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining to‘rtinchi — oltinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining VII bobi (“Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri”).
Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo‘jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 72-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
(60-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish), olib qo‘yish va qayta sotib olish tartibi
(61-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qo‘yish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Fuqarolar egaligidagi, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari
Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
(62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, oqova suvlarni chiqarib yuborish, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(62-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Agar yer uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, og‘ilxona, omborxona, yerto‘la va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari qo‘llaniladi.
(62-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23, 27-moddalari.
63-modda. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.
(63-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va shu kabi yerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (o‘rmon-bog‘lar, skverlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
(64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita tasarrufida bo‘ladi.
(64-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil bo‘yi yerlari va qirg‘oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda faqat yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(64-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
(64-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki bo‘lgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar, shuningdek obodonlashtirish va muhandislik infratuzilmasi obyektlari mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek ushbu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanadi.
(64-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sug‘orish, zax qochirish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(65-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar
Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.
67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan imoratlar va inshootlar ro‘yxati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari
Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining chegarasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(68-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan to‘lanadi.
(68-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR
69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi 27-moddasi, 58-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 22-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o‘tgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi.
(69-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi O‘RQ-777-sonli “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(69-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISH, SOG‘LOMLASHTIRISH, REKREATSIYA MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYATGA MOLIK YERLAR
71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat bo‘ladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(71-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(72-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy bog‘larning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(72-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(72-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7, 12-moddalari, 18-moddasining birinchi qismi, 19-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 21-moddasining birinchi qismi, 22-moddasi, 23-moddasining birinchi qismi, 24 — 28, 30-moddalari, 31-moddasining beshinchi qismi, 32, 33-moddalari, 36-moddasining birinchi qismi, 37-moddasi, 38-moddasining birinchi qismi, 39 — 46-moddalari.
73-modda. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalariga ega bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 36, 37-moddalari.
74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(74-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 38, 39-moddalari.
75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Moddiy madaniy meros obyektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-moddasining birinchi, ikkinchi, yettinchi xatboshilari, 23-moddasining ikkinchi qismi, 26-moddasining uchinchi qismi, 29 — 33-moddalari.
(9-bob O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
10-BOB. O‘RMON FONDI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR
76-modda. O‘rmon fondi yerlari
O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o‘rmon fondi yerlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonunchilik bilan belgilanadi.
(76-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasi, 28-moddasi uchinchi qismi, 31-moddasi oltinchi qismi, 33-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi xatboshlari, 43-moddasi.
77-modda. Suv fondi yerlari
Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi.
(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi.
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oq bo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(77-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 14-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
78-modda. Zaxira yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.
(78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 23, 24, 27, 49, 52 — 58, 61, 70-moddalari.
11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH
79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2 — 4, 14, 15, 17, 41 — 45-moddalari.
(79-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.
Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo‘lishi hamda tuproqning saqlanishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.
Yerlarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
hududni oqilona tashkil etadilar;
tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;
yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
qishloq xo‘jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji bo‘lmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;
buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;
yerlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish chog‘ida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘radi.
(79-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(79-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
(80-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi.
Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.
Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan obyekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonuni.
Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo‘llash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.
(80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish ta’minlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga o‘tkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(81-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
(82-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;
(82-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i).
yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;
yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika budjetidan yoki mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
(82-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i)., O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasining birinchi — uchinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-BOB. YER UCHASTKALARINI AJRATISH, ULARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISH USTIDAN NAZORAT
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
831-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan beg‘araz asosda so‘rash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so‘ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.
(831-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati
(84-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli.
(84-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 18-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadilar.
(84-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolari bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishga haqli.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan normalardan ortiqcha tarzda g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof obyektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiiste’molliklar to‘g‘risida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati subyektlari rag‘batlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlarini rag‘batlantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish, mazkur masalalar bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar (yozma buyruqlar) berish;
Oldingi tahrirga qarang.
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha da’volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish;
(85-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va to‘xtatib qo‘yishga doir materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sudga taqdim etish;
(85-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan yerlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;
(85-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari;
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar berishlari shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda ko‘pi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘z faoliyatlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI-1 bobi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
13-BOB. YER EGALARI, YERDAN FOYDALANUVCHILAR, YER UCHASTKALARI IJARACHILARIGA VA MULKDORLARIGA YETKAZILGAN ZARAR HAMDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI NOBUDGARCHILIKLARINING O‘RNINI QOPLASH
86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak:
yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
(86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararlarning o‘rnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I, II bo‘limlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
87-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar o‘rnini qoplashdan tashqari qoplanadi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:
qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilayotgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega bo‘lmagan yerlar qatoriga o‘tkazgan holda obyektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari o‘rnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va o‘rmon fondi yerlarida ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan qurilish obyektlarini joylashtiradigan (quradigan) yuridik va jismoniy shaxslar.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi bo‘lingan hamda bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan (realizatsiya qilingan) taqdirda, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni bo‘lingan yer uchastkalarining maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi.
Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion vositasida realizatsiya qilinganda, shuningdek baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori alohida ko‘rsatilishi va to‘lanishi kerak.
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni quyidagi hollarda qoplanmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
(87-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qo‘yilganda;
yer uchastkalari suv xo‘jaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.
(87-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan barcha hollarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni to‘liq qoplanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun xarajatlar smetalarida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun mablag‘lar nazarda tutilishi kerak.
(87-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo‘lgan o‘rni miqdori va uni aniqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(87-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
88-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan quyidagi mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra foydalaniladi:
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
(88-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-BOB. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISH HAMDA YER TO‘FRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
(14-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
89-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(89-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(90-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) bundan mustasno), yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi.
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 65-moddasi birinchi qismi.
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2291-moddasi.
qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasi.
yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasi.
yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 65-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini qaytarish muddatini buzganlikda yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 67-moddasi.
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q qilganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 69-moddasi.
davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 68-moddasi.
o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 77-moddasi.
yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 107-moddasi.
yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 65-moddasining birinchi — uchinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 66-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
91-modda. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
911-modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
(911-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son; 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 11.06.2026-y., 03/26/1149/0581-son)