

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;26.11.2025
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-173072" id="onLBC-173072">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6803"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC18934"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-173072" id="onLS-173072">[<b>TSZ:</b><div id="LS3716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-176165" id="-176165">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-176166" id="-176166">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-176167" id="-176167">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 9-APRELDAGI “XUSUSIY TADBIRKORLIK, KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI PF-1987-SON FARMONIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-176169" id="-176169"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7864201" id="-7864201">Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-7856625?ONDATE=26.11.2025 00#-7857609">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176170" id="-176170">Kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini toʻlaroq taʼminlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-176171" id="onLBC-176171">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6805"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;</span></div><div id="LBC6806"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176171" id="-176171">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining <a href="/mact/-276275?ONDATE=19.06.2001 00#-289224">1-bandi</a> quyidagi tahrirda berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176175" id="-176175">“1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi:<br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176174" id="-176174">yakka tartibdagi tadbirkorlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-403386" id="-403386">ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-403405" id="-403405">quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-403409" id="-403409">yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-403412" id="-403412">mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-403414" id="-403414">fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176181" id="-176181">2. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvardan:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-176183" id="onLBC-176183">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6806"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176183" id="-176183">mazkur Farmonning <a href="/mact/-173072?ONDATE=30.08.2003 00#-176171">1-bandida </a>koʻrsatib oʻtilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalari tatbiq etiladi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3151509" id="-3151509"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3151510" id="-3151510">mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek unitar korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olinadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3151511" id="-3151511">(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli <a href="/mact/-3143640?ONDATE=03.04.2017 00#-3143737">Farmoni </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 198-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176185" id="-176185">3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiruvchi roʻyxatga olingan korxonalarning aniq tasnifini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176186" id="-176186">4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176189" id="-176189">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandining <a href="/mact/-276275?ONDATE=19.06.2001 00#-289308">beshinchi xatboshi</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176190" id="-176190">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni ilovasining <a href="/mact/-183679?ONDATE=19.06.2001 00#-183739">2-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176191" id="-176191">5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon bandlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-176192" id="-176192">6. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-176193" id="-176193">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-176194" id="-176194">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-176195" id="-176195">2003-yil 30-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-176196" id="-176196">PF-3305-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-176168" id="-176168">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
