toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“PUL MASSASI O‘SISHINI CHEKLASH VA MOLIYA INTIZOMIGA RIOYA ETISH MAS’ULIYATINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002-YIL 30-MARTDAGI PF-3047-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Bank faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq:
1. “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son Farmoni 7-bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-iyun,
PF-3092-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 108-modda)