toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini va imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, budjetni, qishloq xoʻjaligi, kommunal va energetika sohalaridagi korxonalarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Xalqaro moliya institutlari (keyingi oʻrinlarda — XMI) bilan umumiy qiymati 3 mlrd AQSH dollaridan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — Yoʻl xaritasi) 1-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarni taʼminlash Muvofiqlashtiruvchi guruhning eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Yoʻl xaritasidagi chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
XMI ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilish;
XMI mablagʻlari hisobidan tovarlar va xizmatlar, birinchi navbatda, tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
jalb qilingan XMI mablagʻlarining tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini tezlashtirish;
tashqi yordam hisobidan moliyaviy koʻmak oluvchi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan XMI qarzlari va grantlaridan foydalanishda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash.
4. Sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun XMI grant va qarz mablagʻlarini jalb qilishda quyidagilar ustuvor maqsadlar etib belgilansin:
respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini tubdan modernizatsiya qilish, tashkiliy tamoyillar, standartlar va javob qaytarish protokollarining epidemiologik vaziyat oʻzgarishlariga muvofiqligini taʼminlash, xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyotlarga muvofiq texnik jihozlash va mutaxassislarni tayyorlash;
respublikaning har bir hududida xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarini tashkil qilish;
sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha boʻgʻinlarida ishlashga malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish;
yuqumli kasalliklarni ilgʻor kompyuter texnologiyalari va teletibbiyot usullaridan foydalangan holda, eng avvalo, bolalar va onalarni davolash uchun zamonaviy klinikalar yaratish va jihozlash.
5. Quyidagilar masʼul ijro etuvchi agentliklar etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — respublika sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini mustahkamlash uchun jalb qilinayotgan XMIning qarz mablagʻlarini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining tegishincha energetika va kommunal sohalaridagi korxonalar aylanma mablagʻlarini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun XMI qarzlarini jadal jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi — meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun XMI tomonidan taqdim etilayotgan kredit liniyalarini oʻz vaqtida jalb qilish va jadal oʻzlashtirish yuzasidan.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Masʼul ijro etuvchi agentliklarga moliyalashtiruvchi XMI bilan kelishilgan holda tender savdolari va xaridlarni oʻtkazmasdan BMT tashkilotlarining global platformalari orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga ruxsat etilsin.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
uch kun muddatda Osiyo taraqqiyot bankiga respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish uchun 100 mln AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli kredit ajratish boʻyicha soʻrov yuborsin;
oʻn kun muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur loyiha konsepsiyasini OTB bilan kelishsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi farmatsevtika tarmogʻining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, shuningdek, yuqumli va boshqa kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun zamonaviy samarali preparatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasining moliyalashtirish manbalari yuzasidan 2020-yil 15-mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Muvofiqlashtiruvchi guruh (S. Umurzoqov):
investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida ijro etuvchi agentliklar, masʼul vazirliklar, idoralar va tijorat banklari vakillarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini haftada ikki marta eshitgan holda Yoʻl xaritasining samarali bajarilishini taʼminlasin;
har hafta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Yoʻl xaritasining ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni kiritib borsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun XMIning qarzlarini jalb qilish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun qarzlarni jalb qilish grafigini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga grafiklarning ijrosi toʻgʻrisida axborot taqdim etib borsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari A.A. Paygamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-aprel,
PQ-4691-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga
1-ILOVA
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash (277,5 mln dollar)

1.

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” va “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihalari boʻyicha ITBning tejalgan mablagʻlari hisobidan Zangiota tumanidagi 10 ming oʻrinli yangi klinikani jihozlash.

Qiymati — 17,16 mln dollar.

1. ITB bilan tibbiy uskunalar va jihozlarni yetkazib berish shartnomasiga qoʻshimcha bitimni kelishish.

2. Yetkazib beruvchi bilan shartnomaga qoʻshimcha bitimni imzolash.

3. ITBga shartnoma boʻyicha mablagʻlarni toʻlash toʻgʻrisida soʻrov yuborish.

4. ITB tomonidan toʻlovning toʻlanishi.

5. Uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 24-aprel


2020-yil 24-aprel


Shartnomaga muvofiq

2020-yil aprel-may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

2.

Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar klinikasi va Yuqorichirchiq tumanidagi karantin zonasining qurilish va jihozlash, shuningdek, Chilonzor tumanidagi bolalar shifoxonasi va perinatal markazini jihozlash ishlarini ITBning “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” va “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihalari boʻyicha tejalgan mablagʻlari hisobidan yakunlash.

Qiymati — 46 mln dollar.

1. ITB bilan qurilish ishlari hajmi va talab etiladigan jihozlarni kelishish.

2. ITB bilan klinikalar qurish hamda tibbiy uskunalar va jihozlar yetkazib berish shartnomalarini kelishish.

3. Pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarni ITB bilan kelishish.

4.Qarz bitimlariga oʻzgartirishlar kiritish.

5. ITBga shartnoma boʻyicha mablagʻlarni toʻlash toʻgʻrisida soʻrov yuborish.

6. ITB tomonidan toʻlovning toʻlanishi.

2020-yil 24-aprel


2020-yil 30-aprel



2020-yil 5-may



2020-yil 10-may


2020-yil 13-may


Shartnomaga muvofiq

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

3.

OTBning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha tejalgan mablagʻlari hisobidan 1800ta oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlari hamda tibbiy uskunalar va jihozlarni sotib olish.

Qiymati — 22,32 mln dollar.

1.Oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlari va tibbiy buyumlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish.

2. Uskunalarni yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil 24-aprel



2020-yil may — avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

4.

Jahon bankining “Shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish” loyihasi boʻyicha tejalgan mablagʻlari hisobidan 506 ta oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash, 40ta koʻchma rentgen apparatlari, testlar oʻtkazish uchun PSR-apparatlar va tibbiy buyumlar sotib olish.

Qiymati — 7,55 mln dollar.

Imzolangan shartnomaga muvofiq yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil may — avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

5.

Sogʻliqni saqlash tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan (OIIB) 100 mln dollargacha miqdorda mablagʻlar jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda soʻrovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

2. OIIBga rasmiy soʻrov yuborish.

3. Loyiha va qarz hujjatlarini kelishish.

4. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

5. Tender tartib-taomillarini eʼlon qilish.

6. Loyiha TIAsini ishlab chiqish va ekspertiza organlari bilan kelishish.

7. Loyihaning OIIB Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi.

8. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

9. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 28-aprel



2020-yil 30-aprel


2020-yil 17-iyul


2020-yil 17-avgust

2020-yil 20-avgust


2020-yil 31-avgust


Kelishuvga koʻra


2020-yil 15-sentabr


2020-yil 25-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

6.

Jahon bankining 95,0 mln dollar miqdoridagi yangi qarzini jalb qilish, ulardan:

34,5 mln dollar — sogʻliqni saqlash tizimi uchun;

60,5 mln dollar — Davlat budjetining ijtimoiy xarajatlarini moliyalashtirish uchun.

1. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

2. Jahon banki tomonidan maʼqullanishi.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 30-aprel


2020-yil 7-mayga qadar



2020-yil 20-mayga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Sharaxmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

7.

“Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 50 mln dollargacha mablagʻini sogʻliqni saqlash tizimi maqsadlariga jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda soʻrovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
ga taqdim etish.

2. YEIBga rasmiy soʻrov yuborish.

3. Loyihaning YEIB Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi.

4. YEIB va Moliya vazirligi oʻrtasidagi Loyiha boʻyicha hadli bitimga oʻzgartirishlar kiritish.

5. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

6. Tender tartib-taomillarining boshlanishi.

7. YEIB tomonidan ishlatilgan mablagʻlarning toʻldirilishi.

2020-yil 15-may



2020-yil 20-may


Kelishuvga koʻra


2020-yil 25-may



2020-yil 29-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), UJKXKV (Soliyev),

Adliya vazirligi (Davletov)

8.

Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish maqsadlariga OTBning 100 mln dollar miqdoridagi kreditini jalb qilish.

1. OTBga uzoq muddatli imtiyozli kredit taqdim qilish soʻrovini yuborish.

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va OTB bilan kelishish.

3. Loyiha hujjatlarini tayyorlash.

4. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

5. Loyihaning OTB Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi.

6. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

7. OTB bilan qarz bitimini imzolash.

8. Uskunalar sotib olishni tashkil qilish.

9. Moliyalashtirish va uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 25-aprel


2020-yil 30-aprel


2020-yil 30-may

2020-yil 15-iyun

Kelishuvga koʻra


2020-yil iyul-avgust




2020-yil iyul-avgust


2020-yil 1-iyul


2020-yil iyul — sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev)

II. Tadbirkorlik va bank tizimini qoʻllab-quvvatlash (700 mln dollar)

9.

Davlat kafolatisiz YETTBning 220 mln dollar miqdoridagi kredit liniyalari va savdo moliyalashtirishini Oʻzmilliybank (70mln), Asakabank (60mln), Oʻzsanoatqurilishbank (60mln)
va Ipotekabankka (30mln) jalb qilish.

1. YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi.

2. Tijorat banklari va YETTB oʻrtasida qarz bitimlarining imzolanishi.

3. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may


2020-yil 10-may


2020-yil 1-iyunga qadar

Oʻzmilliybank (Mirsoatov), Asakabank (Saydullayev), Oʻzsanoatqurilish bank (Annaklichev), Ipotekabank (Atabayev)

10.

Eksportyorlar, kichik va oʻrta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi kredit liniyasini jalb qilish.

1. Kredit shartlarini kelishish.

2. Qarz bitimlarini kelishish.

3. OIIB Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi.

4. Qarz bitimining imzolanishi.

5. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may

2020-yil 15-may

2020-yil 30-may


2020-yil 10-iyun


2020-yil 30-iyun

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),
Oʻzmilliybank (Mirsoatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

11.

Meva-sabzavot sektoridagi korxonalarni moliyalashtirish maqsadida JAYKAning 200,0 mln dollargacha miqdorda qoʻshimcha kredit liniyasini jalb qilish (Yaponiya hukumati tomonidan maʼqullanishi lozim).

1. JAYKAga rasmiy soʻrov yuborish.

2. Loyiha va yuridik hujjatlarni tayyorlash va kelishish.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan subqarz bitimlarini imzolash va kredit liniyasini oʻzlashtirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel

2020-yil 20-iyul


2020-yil 27-iyul



2020-yil 30-iyul


2020-yil 20-avgust

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Moliya vazirligi (Isakov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)

12.

Eksportyorlar hamda kichik va oʻrta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga kredit liniyalari uchun “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 80 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan YEIBga rasmiy soʻrov yuborish.

2. Loyihaning YEIB Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlanishi.

3. YEIB va Moliya vazirligi oʻrtasida Loyiha boʻyicha hadli bitimga oʻzgartirishlar kiritish.

4. YEIB bilan hadli bitimga kiritilgan oʻzgartirishlarni imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida qayta kreditlash boʻyicha bitim tuzish.

6. Ishlatilgan mablagʻlarning YEIB tomonidan toʻldirilishi.

2020-yil 28-aprel



Kelishuvga koʻra


2020-yil 20-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-iyun



2020-yil 25-dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov), Moliya vazirligi (Isakov), Mikrokreditbank (Butayev), Oʻzsanoatqurilish

bank (Annaklichev), Hamkorbank (Xasanov), Qishloq qurilish bank (Muratov)

III. Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash (1,7 mlrd dollar, 150 mln yevro),
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining resurs bazasini shakllantirish va Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash

13.

Islohotlarni qoʻllab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qoʻshimcha moliyalashtirish sifatida Jahon bankidan 200 mln dollar miqdorida qarz jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

2. Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi uchun loyihani kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish.

2020-yil 30-aprel

Kelishuvga koʻra

2020-yil 20-may

2020-yil 25-may


2020-yil 29-may

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov)

14.

Iqtisodiy islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun Jahon bankining (3-transh) (500 mln dollar) va JAYKAning (300 mln dollar, Yaponiya hukumati tomonidan tasdiqlanishi lozim) qarz mablagʻlarini jalb qilish.

1. Jahon banki va JAYKA bilan birgalikda iqtisodiy islohotlar matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Iqtisodiy islohotlar matritsasida koʻzda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani Jahon banki va JAYKA Direktorlar kengashiga maʼqullash uchun kiritish.

4. Qarz mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisida Prezident qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish.

2020-yil aprel — iyul



2020-yil may — oktabr


2020-yil iyul-avgust



2020-yil 20-avgust


2020-yil sentabr

2020-yil oktabr — dekabr

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), vazirlik va idoralar

15.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun OTBdan 500 mln dollar miqdorida budjetni qoʻllab-quvvatlash qarz mablagʻlarini jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

2. Loyihani OTB Direktorlar kengashiga maʼqullash uchun kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish.

2020-yil aprel-may

Kelishuvga koʻra


2020-yil iyun


2020-yil 20-iyul

2020-yil iyul-avgust

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun OTB (200 mln dollar) va Fransiya taraqqiyot agentligining (150 mln yevro) budjetni qoʻllab-quvvatlash qarz mablagʻlarini jalb qilish.

1. OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda energetika islohotlari matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Energetika islohotlari matritsasida koʻzda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi Direktorlar kengashiga kelishish uchun kiritish.

4. Qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish.

2020-yil aprel-may



2020-yil may — noyabr




Kelishuvga koʻra



2020-yil 20-avgust



2020-yil 25-sentabr

2020-yil noyabr-dekabr

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi(Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Kommunal va energetika korxonalarini bir maromda ishlashini taʼminlash (300 mln dollar)

17.

Respublika boʻylab infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun, shu jumladan EIZning kommunal va energetika tarmoqlariga ulanishini sifatli taʼminlash maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi mablagʻlarini jalb qilish.

1. Loyiha konsepsiyasini shakllantirish.

2. OIIBga rasmiy soʻrov yuborish.

3. Loyiha qarz hujjatlarini kelishish.

4.Tender tartib-taomillarini boshlash.

5. Loyiha boʻyicha OIIB Direktorlar kengashining roziligini olish.

6. Qarz mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

7. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 30-aprel


2020-yil 5-may

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul


2020-yil 3-avgust



2020-yil 10-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Kommunal va energetika korxonalarining aylanma mablagʻlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida YETTBning 100,0 mln dollargacha miqdordagi mablagʻlarini jalb qilish.

1. Hukumatning mablagʻlarni jalb qilish toʻgʻrisidagi rasmiy arizasini yoʻllash.

2. Qarz muzokaralarini oʻtkazish.

3. Qarz mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Moliyalashtirishni ochish
va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel


2020-yil may-iyun

2020-yil 22-iyun



2020-yil 10-iyul


2020-yil 21-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev)

V. Grantlar (30,6 mln dollar)

19.

Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatining 9,7 mln dollar miqdoridagi grant mablagʻlarini oʻzlashtirish.

Toshkent shahar Chilonzor tumanida bolalar klinikasini qurish loyihasi boʻyicha qurilish-montaj ishlarini yakunlash.

2020-yil 1-may

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

20.

Yevropa Ittifoqining 3,2 mln dollar miqdorida grant mablagʻlarini oʻzlashtirish.

1. Grant mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy uskunalar va buyumlar roʻyxatini kelishish.

2. Xarid tartib-taomillarni tashkil etish.

3. Grant mablagʻlarini boshqarishda ishtirok etadigan milliy jamoat tashkilotlarini aniqlash.

4. Grant mablagʻlarini boshqarish va ularni oʻzlashtirish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2020-yil 25-aprel



2020-yil 25-aprel



2020-yil 30-aprel



2020-yil may — sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Mahalla
va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Basitxanova)

21.

Koreya Hukumatining 250 ming dollar miqdoridagi grant mablagʻlarini oʻzlashtirish.

1. Grant mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy buyumlar roʻyxatini kelishish.

2. Xaridlarni tashkil etish.

2020-yil 30-aprel



2020-yil 10-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

22.

Xalqaro tashkilotlarning jami 17,2 mln dollar miqdoridagi qoʻshimcha grantlarini jalb qilish.

1. Donor tashkilotlar bilan grant shartnomalari va hujjatlarini imzolash.

2. Grant mablagʻlarini oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlash.

2020-yil 1-iyunga qadar


Oʻzlashtirilishiga qarab

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga
2-ILOVA
Grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi
guruh tarkibi

1.

S. Umurzoqov

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, guruh rahbari

2.

A. Shadmanov

sogʻliqni saqlash vaziri

3.

Sh. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

4.

O. Isakov

moliya vaziri oʻrinbosari

5.

Sh. Sharaxmetov

moliya vaziri oʻrinbosari

6.

B. Yusupaliyev

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori

7.

I. Norkulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

A. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi

9.

S. Annaklichev

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

10.

N. Saydullayev

“Asaka” ATB boshqaruv raisi

11.

Sh. Atabayev

“Ipoteka-bank” ATIB boshqaruv raisi

12.

Sh. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

13.

J. Turgʻunov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

* Izoh: guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 07/20/4691/0485-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)