toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilganligi munosabati bilan quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1) “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF-314-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshi;
2) “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 17-fevraldagi PF-564-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-may,
PF-3243-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 69-modda)