1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-sentabr,
PQ-968-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-sentabrdagi PQ-968-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi xatboshidagi “D. Qurbonov” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari Axborot-tahlil departamentining” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimi bo‘yicha” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Axborot-tahlil departamentining” so‘zlariga almashtirilsin.