toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar (keyingi oʻrinlarda tavsiyanomalar deb ataladi) berish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
tavsiyanomalar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlangʻich tashkilotlardagi yoʻnalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlarga beriladi;
tavsiyanomalarga ega boʻlgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi;
tavsiyanomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) yoshlariga taqdim etiladi;
tanlovlarni toʻgʻri va adolatli oʻtkazishga tegishli tuman (shahar), hududiy hamda respublika komissiyalari masʼuldir.
4. Respublika komissiyasi bir oy muddatda:
Respublika komissiya va uning hududiy hamda tuman (shahar) komissiyalarining reglamentini;
nomzodlarni baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-noyabr,
914-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
nomzod — Yoshlar ittifoqi tizimidagi sardor, boshlangʻich tashkilotlardagi yoʻnalish yetakchisi, ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlar;
tavsiyanomalar — respublika komissiyasi tomonidan tanlovda gʻolib nomzodlarni oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladigan hujjat;
tanlov — nomzodlar oʻrtasida ularning doimiy yashash joyidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar olish uchun tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida oʻtkaziladigan jarayon;
respublika komissiyasi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya;
hududiy komissiya — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirilgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya;
tuman (shahar) komissiyasi — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirilgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya.
3. Nomzodlar quyidagi toifalar boʻyicha tavsiyanomaga ega boʻlishi mumkin:
a) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
b) Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlaridagi yoʻnalish yetakchilari;
v) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlar.
4. Tavsiyanoma faqat taqdim etilgan yil uchun amal qiladi.
5. Tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
6. Respublika, hududiy va tuman (shahar) komissiyalarining ishchi organi Yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari hisoblanadi.
7. Nomzodlarga tavsiyanomalar berish boʻyicha tanlov ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan oʻtkaziladi.
8. Tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) va hududiy komissiyalar faoliyati respublika komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va tanlovlar oʻtkazish tartibi
9. Nomzodlar tavsiyanomaga ega boʻlish uchun quyidagi uch bosqichda saralab olinadi:
1-bosqich — Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida tuman (shahar) komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
3-bosqich — yakuniy bosqich boʻlib, respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Nomzod tanlovlarda ishtirok etish uchun oʻz hududidagi tuman (shahar) komissiyasiga ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tuman (shahar) komissiyasi raisi nomiga ariza;
b) umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat hamda baholar koʻrsatilgan ilovaning nusxalari;
v) taʼlim muassasasidan bitiruvchi oʻquvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (maʼlumotnomada oxirgi ikki yilda fanlardan olgan baholari koʻrsatiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
yo) mehnat daftarchasining nusxasi (ish staji mavjud boʻlsa);
j) Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqa hujjatlar) nusxalari.
Nomzodlardan mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
11. Hujjatlar har yili 1-martdan 25-martgacha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi.
Ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana qoʻyilgan tilxat topshiriladi.
Ariza murojaatlarni roʻyxatga olish jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Tuman (shahar) komissiyasi har yili 15-aprelgacha nomzodlar orasidan eng munosiblarini tanlash uchun respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan baholash tartibiga muvofiq tanlov oʻtkazadi.
Tuman (shahar) komissiyasi tanlov yakunlariga koʻra, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan har bir toifa boʻyicha bittadan — jami 3 nafar gʻolib nomzod hujjatlarini tanlov yakunlangandan soʻng ikki kun ichida hududiy komissiyaga yuboradi.
13. Hududiy komissiya har yili 30-aprelgacha tegishli tuman (shahar) komissiyalari tomonidan yuborilgan nomzodlar orasidan eng munosiblarini tanlash uchun respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan baholash tartibiga muvofiq tanlov oʻtkazadi.
Hududiy komissiya tanlov yakuni boʻyicha ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan har bir toifa boʻyicha bittadan — jami 3 nafar gʻolib nomzod hujjatlarini tanlov yakunlangandan soʻng ikki kun ichida respublika komissiyasiga yuboradi.
14. Respublika komissiyasi har yili 15-maygacha hududiy komissiya tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan eng munosiblarini aniqlash va tavsiyanoma berish uchun tanlov oʻtkazadi.
15. Tanlovda nomzodning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, uning tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
16. Respublika komissiyasi tanlov natijalariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) eng munosib yoshlar roʻyxatini tasdiqlaydi hamda 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
17. Nomzod komissiyalar qaroridan norozi boʻlgan taqdirda tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi komissiyaga tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida shikoyat qilish huquqiga ega.
Nomzod tomonidan berilgan shikoyat tegishli komissiya tomonidan bir kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi hududiy komissiyaning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Komissiya raisi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari, Komissiya raisi oʻrinbosari.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahri xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari.
10. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.
11. Tegishli hududdagi pedagogika yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasi rektori (1 nafar).
12. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislarining oʻrinbosarlari — “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari.
Izoh. Komissiya tarkibiga komissiya raisi tomonidan kelishuv asosida ikki nafargacha yoshlar siyosatini yaxshi tushunadigan mutaxassislar kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari.
3. Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi.
6. Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi.
7. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbari.
8. Tuman (shahar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengash raisining birinchi oʻrinbosari.
9. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlimi rahbari.
10. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi taʼlim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi.
Izoh. Komissiya tarkibiga komissiya raisi tomonidan kelishuv asosida ikki nafargacha yoshlar siyosatini yaxshi tushunadigan mutaxassislar kiritilishi mumkin.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Nomzodlarga tavsiyanoma berish boʻyicha tanlov oʻtkazish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolarini oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi respublika komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Q.Q. Quranbayev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika komissiyasi raisi

2.

D.H. Nabiyev

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

A.Z. Saʼdullayev

xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari

4.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

F.X. Rizayev

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

M. Quronov

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari

7.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

8.

A.X. Mirzajonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

9.

M.M. Zufarov

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining oʻrinbosari, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/914/0255-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)