|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
|
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Uzoq muddatli omonatlar hajmini koʻpaytirish va naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish (2009-yilda bank depozitlari hajmini kamida 50 foizga oshirish) | ||||
|
1. |
2009-yilda quyidagilar boʻyicha minimal foiz stavkalari darajasini oʻrnatish: yuridik shaxslarning 6 oydan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 75 foizdan kam boʻlmagan miqdorda; aholining 1 yildan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 150 foizdan kam boʻlmagan miqdorda ; jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablagʻlarga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda. |
Respublika bank kengashining qarori |
2009-yil 1-maygacha |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
2. |
Bank muassasalari tarmoqlarini yanada kengaytirish: 2009-yilda qoʻshimcha ravishda 340 ta yangi mini banklar va kassalar ochish, shu jumladan 250 ta — qishloq joylarda, ularning umumiy sonini 3900 taga yetkazgan holda, xususan, 2300 ta — qishloq joylarda; |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2009-yil davomida |
Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi |
|
2009 — 2015-yillar mobaynida aholisi soni 500 tadan koʻp boʻlgan barcha aholi punktlarida mini-banklar faoliyat koʻrsatishini taʼminlagan holda qishloq joylarda mini-banklar tizimini kengaytirish; |
Tijorat banklari kengashlari qarorlari |
Jadvalga muvofiq | ||
|
Mini-banklar va jamgʻarma kassalar zarur hollarda ishdan tashqari vaqtda (18:00 dan 21:00 gacha) va dam olish kunlari faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish |
2009-yil 1-iyungacha | ||
|
3. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun egasining nomi yozilgan uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) omonat jamgʻarmalarini joriy etish: ota-onalar tomonidan bolalar uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlarni qoʻshib hisoblagan holda egasining nomi yozilgan omonat jamgʻarmalarni ochish hamda bola 16 yoshga toʻlganda omonatni qaytarib olish sharti bilan ularni kapitallashtirish; bolalar uchun omonat jamgʻarmasini ochgan jismoniy shaxslar — ota-onalarga ular tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi miqdorda omonat jamgʻarilgan taqdirda imtiyozli taʼlim kreditini olishga ustunlik huquqini berish. |
Banklar kengashlarining qarori |
2009-yil 1-iyul |
Tijorat banklari |
|
4. |
Yangidan tashkil etilgan “Qishloq qurilish bank” ATBda quyidagilarni nazarda tutuvchi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatli) qurilish-uy-joy omonat jamgʻarmasini joriy qilish: jismoniy shaxs tomonidan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlarni qoʻshib hisoblagan holda uy-joy qurish uchun maqsadli omonat jamgʻarmalarini ochishni; maqsadli omonat jamgʻarmani ochgan jismoniy shaxsga omonatchi tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi jamgʻarilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditni olishga ustunlik huquqini berish. |
“Qishloq qurilish bank” ATB Kengashi qarori |
2009-yil 1-iyul |
“Qishloq qurilish bank” ATB |
|
5. |
Xalq banki tomonidan quyidagi shartlarda tarqatiladigan maqsadli pul-buyum yutuqli lotereyalarni chiqarish: yutuq fondi chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 70 foizi; yutuq sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning isteʼmol tovarlarini oʻynash; Xalq banki tomonidan taʼsis etish orqali aholi oʻrtasida tarqatish. |
Xalq banki Kengashi qarori |
2009-yil 1-iyulgacha |
Xalq banki, Moliya vazirligi |
|
6. |
Xalq banki huzurida jismoniy shaxslar uchun amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalarining tezkorligi, ishonchliligi va qulayligini taʼminlaydigan plastik kartalarda foydalangan holda “Uz-toʻ1ov” milliy toʻlov tizimini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2009-yil 1-iyulgacha |
Xalq banki |
|
7. |
Aholi uchun qoʻyish muddati yakuniga yetgandan soʻng qoʻshimcha bonus foizlari toʻlanadigan yutuqli omonatlarning yangi turlarini joriy qilish: milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha — yillik 20 foizgacha; chet el valyutasidagi depozitlar boʻyicha — yillik 10 foizgacha, shuningdek, “VIZA”, “Master-kard” xalqaro valyuta plastik kartalarini bepul taqdim qilish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
Doimiy |
Tijorat banklari |
|
8. |
Banklar tomonidan omonatchilarga ularning talabnomasiga koʻra bir chet el valyutasini boshqasiga naqd pulsiz almashtirib berish xizmatini taqdim qilgan holda turli valyutadagi (dollar, yevro, funt steriling) omonatlarni joriy qilish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
2009-yil 1-maygacha |
Tijorat banklari |
|
9. |
Tijorat bankining har bir filialida kamida bir shtat birligida plastik kartochkalar boʻyicha mutaxassis shtatini joriy etish va uning asosiy majburiyatlari etib quyidagilarni belgilash: savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida toʻlovlarni qabul qilish terminallarining uzluksiz ishlashini monitoring qilish; savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining plastik kartalar boʻyicha ularning hisob-raqamiga tushgan savdo tushumlarini oʻz vaqtida oʻtkazib berilishini nazorat qilish; mijozlarga plastik kartalarni ishlatish masalalari yuzasidan maslahatlar berish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etishni tashkil qilish; toʻlov terminallarini oʻrnatish yuzasidan savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarini topish va ular bilan muzokaralar oʻtkazish. |
Tijorat banklari boshqaruvlari qarori |
2009-yil 1-iyulgacha |
Tijorat banklari |
|
10. |
Hisob egalariga real vaqt rejimida mobil va elektron aloqa tizimlari (Internet va “SMS” — banking) orqali bank hisob-raqamlarini boshqarish va maʼlumot olish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish. |
Chora-tadbirlar |
Doimiy |
Tijorat banklari, OʻzAAA |
|
II. Plastik kartalar orqali toʻlovlarni qabul qilish terminallarini qoʻllashni yanada kengaytirish va chakana savdoning huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
11. |
Tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarning foiz stavkasi boʻyicha aylanma mablagʻini toʻldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va kelgusida ularni naqd pul tushumida qaytarish sharti bilan kreditlar berish. |
Tijorat banklari kengashlari qarori |
Doimiy |
Tijorat banklari |
|
12. |
2009-yilda savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida 12,5 mingta terminal oʻrnatish va ularning umumiy sonini 40 ming donaga yetkazish orqali plastik kartalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish terminallari tarmogʻini yanada kengaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2009-yil davomida |
Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Muomaladagi plastik kartalar miqdorini 5 mln donaga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2009-yil davomida |
Tijorat banklari |
|
14. |
Aholi zich joylashgan tumanlarga supermarketlar va univermaglarni joylashtirish orqali ularning tarmogʻini kengaytirish hamda ularda plastik kartalar orqali toʻlovlarni qabul qilish terminallarini qoʻllashni majburiy qilish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2009-yil 1-maygacha |
Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
15. |
Ishlab chiqarilishi faqat yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari va xizmatlari roʻyxatini tartibga solish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2009-yil 1-iyulgacha |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
III. Uzoq muddatli omonatlarni jalb qilishni ragʻbatlantirish va bank xizmatlarini kengaytirish boʻyicha reklama tadbirlari | ||||
|
16. |
Ommaviy axborot vositalarida banklarda omonatlarni joylashtirishning jozibador shartlari toʻgʻrisida keng yoritish, jumladan: depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlarning toʻliq qaytarilishi davlat tomonidan taʼminlanishi; tijorat banklaridagi omonatlardan olingan daromadlar hamda tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividendlar soliqqa tortishdan ozod qilinishi; depozit muddati yakunlangach omonatchining birinchi talabi bilan depozit summasi naqd pulda, shu jumladan xorijiy valyutada toʻlab berilishi. |
Reklama tadbirlari, maqolalar, koʻrsatuvlar |
Doimiy |
Tijorat banklari, OʻzMTRK, Matbuot va axborot agentligi |
|
17. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish boʻyicha respublika tijorat banklari oʻrtasida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-994-son qaroriga muvofiq tijorat banklarining aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha faoliyatini yanada ragʻbatlantirish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
18. |
Hamkorlikni kengaytirish, bank xizmatlarining yangi turlari va yoʻnalishlarini joriy qilish maqsadida aholi oʻrtasida doimiy ravishda soʻrovnomalar oʻtkazish, joylarda davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank |
|
19. |
Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, omonatlar turlari va foiz stavkalari, aholi va kichik biznes subyektlariga plastik kartalar va boshqa xizmatlar boʻyicha taqdim etilayotgan sharoitlar toʻgʻrisida har oyda axborotlar eʼlon qilib borish. |
Chora-tadbirlar |
Har yili |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank |
|
20. |
Respublikaning hududlarida “Biznes uchun omonatlar va kreditlar” mavzusida koʻrgazma-seminarlar oʻtkazish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga bepul maslahatlar va maʼlumotlar taqdim qilish. |
Seminarlar oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash |
2009-yil 1-maygacha |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Savdo va servis korxonalari, kommunal xoʻjaliklar, boshqa korxonalar va muassasalar rahbarlari ishtirokida tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda plastik kartalardan foydalanish hamda oylik maoshlarni unga oʻtkazishdagi mavjud imtiyozlar va afzalliklarni tushuntirish maqsadida turkum seminarlar oʻtkazish. |
Seminarlar oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash |
2009-yil II chorak |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |