1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.01 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-dekabr,
PF—4491-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-sonli Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2013-yilning 1-yanvaridan kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF–871-sonli Farmonida:
“14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar uchun — respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘lari”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-avgustdagi PF–938-sonli Farmoni 4-bandining uchinchi xatboshidagi “amaldagi” so‘zidan oldin “yil boshida belgilangan” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi PF–3017-sonli Farmonida:
a) 2-bandidagi “eng kam” so‘zlaridan oldin “yil boshida belgilangan” so‘zlari yozilsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 19-martdagi PF–3864-sonli Farmoni 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-sonli Farmoni 8-bandidagi “kichik korxonalar” so‘zlaridan keyin “(tabiiy gazni tranzit va eksport qiladigan korxonalar bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)