toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–2340-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ulushini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2340-sonli qarorining 1-ilovasi 1-bo‘limining 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
PQ-3064-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 527-modda)