1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“EL-YURT HURMATI” ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida” (yangi tahriri) Qonunining 8-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
1. Oʻzbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 17-avgust,
PF-2067-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 8-son, 146-modda)