Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son
qaroriga muvofiq, sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni elektrotexnika sanoatiga keng joriy etish hamda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlikning mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar
roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. 11-pozitsiyaning “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 51-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: