Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasini yanada mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son
Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.