Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublika qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, gʻoʻza ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, meva-sabzavot va boshka qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishlok xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat koʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining:
2018-yilda hosili past yerlardagi gʻoʻza ekin maydonlarini 99,4 ming gektarga qisqartirish;
2018-yilda meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini 817,0 ming tonnaga koʻpaytirish;
2018-yilda 266,0 ming tonna meva-sabzavot va boshka qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qoʻshimcha ravishda eksportga yetkazib berilishini taʼminlash;
1 va 1.1-1.13-ilovalarga
* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari;
2 va 2.1-2.13-ilovalarga
* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari toʻgrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi, “Oʻzbekozikovkatxolding” XK bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga
* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qarorining
15-bandi, shuningdek,
qarorning 5 — 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga moslashtirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.