1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Firma nomi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining3-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
4-modda. Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomida:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Firma nomida:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.
(4-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi O‘RQ-757-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1108-moddasi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” gi Qonunining 6-moddasi.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli “Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
5-modda. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Firma nomi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan e’tiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
6-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquq
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Yuridik shaxs o‘z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqga ega.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonunchiligida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.
(6-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1100-moddasining ikkinchi qismi.
7-modda. Firma nomidan foydalanish
Quyidagilar:
firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish;
firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish firma nomidan foydalanishdir.
Firma nomidan tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
8-modda. Firma nomidan foydalanish huquqini berish
Yuridik shaxs (litsenziar) o‘z firma nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonunchilikka muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin.
(8-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 862 — 874 va 1036-moddalari.
Litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
9-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishiga faqat yuridik shaxs qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs bo‘linganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilishni tugatish
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan yoki uning firma nomi o‘zgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
11-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqning buzilishi
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
Agar tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), domen nomiga bo‘lgan huquq firma nomiga bo‘lgan huquqdan ilgari olingan bo‘lsa, tovar belgisida (xizmat ko‘rsatish belgisida), domen nomida ushbu firmaning nomidan foydalanish firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etilmaydi.
12-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqni himoya qilish usullari
Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:
yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sud qarori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan olib tashlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo‘q qilib tashlash;
zararlarning qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lash;
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-959-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlarni firma nomiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-959-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi.
121-modda. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi
Firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.
Firma nomiga bo‘lgan huquq egasining arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organi deb yuritiladi) firma nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(121-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi O‘RQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida adliya organi tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha adliya organining va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
(121-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, adliya organining mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
(121-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida adliya organi huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(121-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror adliya organining rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
(121-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, adliya organi jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
(121-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
(121-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Huquqbuzar adliya organining jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(121-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
13-modda. Chet el yuridik shaxslarining huquqlari
Chet el yuridik shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan firma nomlariga bo‘lgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga binoan yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.
Firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(14-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(15-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi.
16-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(16-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
17-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2006-yil 19-sentabrdagi 184 (4083)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-sentabr,
O‘RQ-51-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 370-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)