1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
DEVORBOP MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH VA SIFATINI YAXSHILASH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari kamayishini hamda tayyor mahsulot narxining arzonlashuvini taʼminlaydigan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va shu asosda ichki bozorni shunday materiallar bilan toʻldirish, uy-joylar, ayniqsa qishloq joylarda imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009—2011-yillarda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy quvvatlarni yaratish Dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish boʻyicha kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni tasdiqlasin, bu tadbirlar:
zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan, shu jumladan mini-texnologiyalar qoʻllaniladigan devorbop materiallar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
2010-yilning 1-yanvariga qadar muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarning maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirilishini;
devorbop materiallarning muqobil turlarini qoʻllanish, shu jumladan yigʻma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida obyektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
2009-yilning 1-iyulidan boshlab 2012-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
2010-yilning 1-yanvaridan boshlab nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek belgilangan solishtirma sarf normalaridan ortiqcha hajmda tabiiy gazdan foydalanayotgan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz amaldagi ulgurji narxda beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar muddatda energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilgan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga soddalashtirilgan tartib asosida xom ashyo bazasini yaratish va kengaytirish, gʻishtbop xom ashyoni tajriba-sanoat va sanoat koʻlamida qazib olish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun yer bagʻri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga litsenziya beriladi, bunda tegishli yer bagʻri uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlari belgilab qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2009-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
bir oy muddatda mashinasozlik korxonalarida devorbop materiallar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologik liniyalar va uskunalar tayyorlashni mahalliylashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2009-yilning 1-avgustiga qadar muddatda pishgan gʻisht ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi normalarini hisob-kitob qilish metodikasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda loyiha institutlari bilan birgalikda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qoʻllaniladigan turli quvvatdagi gʻisht zavodlarining bir xildagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirgan holda gʻisht korxonalarini modernizatsiya qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini tashkil qilsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga materiallarni taqdim etib tursin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun,
PQ-1134
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 231-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)