toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonidagi Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjat loyihasini 2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami takdim etilishini yakunlasin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-noyabr,
PF-5872-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-noyabrdagi PF-5872-son Farmoniga
ILOVA
Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va ko‘shimchalar
“a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya rakami”;
26 va 27-xatboshilari chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishi kerak.
Shaxsning roziligi bilan yashash guvohnomasida sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi to‘g‘risidagi belgilar ko‘yiladi.
Yashash guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirilganligi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan takdirda, yashash guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasiga ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 06/20/5872/0995-son)