1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.04.00 Pensionerlarga imtiyozlar;
4.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KUCHAYTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 1999-YIL 17-MARTDAGI PF-2246-SON FARMONINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida berilgan ijtimoiy imtiyozlarni tartibga solish, fuqarolarning ayrim toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy madadning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmoni 2010-yilning 1-oktabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-sentabr,
PF-4245-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 344-modda)