1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qarorining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qarorigailovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PQ-3097-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3097-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
17-bandning:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasidan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (respublika hududidagi) — koʻp kvartirali uylar obyektlarini “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish uchun “Oʻzshahar qurilish invest” IK va pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportlari hajmi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;
“Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari — koʻp kvartirali uylar obyektlarini qurish uchun xorijdan keltiriladigan, xomashyolar, buyumlar, uzellar, konstruksiyalar, qurilish materiallari, qurilish texnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar, avtotransport vositalari, yoʻl-qurilish texnikasi bilan birga belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha bojxona (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan;
import qiluvchi tashkilotlar — “Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlariga import mahsulotlarini yetkazib berishda import qilinadigan qurilish materiallari, xomashyolar, buyumlar, uzel va konstruksiyalar, shu jumladan, yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlar, asbob-uskuna va ehtiyot qismlar, passajir liftlari va yakka tartibdagi qozonxonalar bojxona (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan, shuningdek, qoʻshimcha qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;
ishlarni (xizmatlar) bajarayotgan tashkilotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — Dasturni amalga oshirish qismida qoʻshimcha qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;
““Oʻzshahar qurilish invest” IK — davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va barcha turdagi soliq toʻlovlaridan ozod etilsin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 581-modda)