1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002-YIL 21-IYUNDAGI PF–3093-SON FARMONIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etishni, uning respublika markaziy iqtisodiyot organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish darajasini oshirishni taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son Farmoni 2-bandi, 3-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur Farmonning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi S.B. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 200-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda; 14-son, 101-modda)