Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatimizda milliy kino sanʼati va sanoatini jadal rivojlantirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi islohotlarni roʻyobga chiqarishda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga
1-ilovaning “16. Madaniyat vazirligi” boʻlimi “shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.