1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KON-METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda kon-metallurgiya sanoatining ahamiyati muhimligini eʼtiborga olib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Oʻzmetkombinat” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzolmosoltin” uyushmasi, “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi boshqa korxonalar koʻp ming kishilik jamoalarining kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissalarini qayd etgan holda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
1. May oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga kiritilsin.
LexUZ sharhi
2001-yil 12-mayda “Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 10-may,
PF-2840-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 104-modda)