|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
|
Amalga oshiriladigan tadbirlar | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar | Sarf-xarajatlar (mln soʻm) | Moliyalashtirish manbalari | Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija | |
I. Keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va eʼtiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya taʼminoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulugʻ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini shakllantirish | ||||||
1. | “Harbiy xizmatni oʻtagan, ichki ishlar, bojxona organlarida xizmat qilgan shaxslar va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunni loyihasini ishlab chiqish. | 2015-yil I chorak | Mudofaa vazirligi, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, MXX, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | — | — | Harbiy xizmatni oʻtagan, ichki ishlar, bojxona organlarida xizmat qilgan shaxslar pensiya taʼminotining asoslari va mexanizmlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Hozirgi vaqtda ushbu sohada 1990-yil 28-apreldagi “Harbiy xizmatchilarni pensiya bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun amal qiladi, uning koʻpgina normalari eskirgan hamda hozirgi zamon shart-sharoitlari va talablariga javob bermaydi. |
2. | Oʻzbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2015-yil II chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari | — | — | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning asosiy prinsip va mexanizmlari, shuningdek huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari; aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish turlari va shakllari; aholiga ijtimoiy xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa masʼul idora va xizmatlarning vakolatlari va majburiyatlari. |
3. | “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2015-yil | Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | — | — | Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 50-moddasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlishi mumkin emasligi belgilangan. Keksa avlodga nisbatan jinoyat qonunchiligi normalarini yanada liberallashtirish maqsadida Jinoyat kodeksining 50-moddasiga ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddatini 3/4 dan (75%) 2/3 gacha (67,7%) kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish taklif etilmoqda. |
4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 100 yoshga toʻlgan shaxslarning pensiyalariga eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida ustama belgilash haqidagi Farmoni loyihasini ishlab chiqish. | Ishlab chiqish — 2015-yil fevral amalga oshirish doimiy | Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Adliya vazirligi | 12 400,0 | Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 100 yoshga toʻlgan pensionerlarga yetarlicha eʼtibor koʻrsatishni kuchaytirish va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Farmoni loyihasi. |
5. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirishning 2015 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. | Ishlab chiqish — 2015-yil III chorak, amalga oshirish — 2015 — 2020-yillar mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar | — | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi samaradorligini kuchaytirish va aniqligini oshirish, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlarning turlarini kengaytirish va sifatini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi qarori loyihasi. |
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 75 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarni pensiya va nafaqa toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan qarzdorlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish. | Ishlab chiqish — 2015-yil fevral, amalga oshirish —yil mobaynida | Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Adliya vazirligi | Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining pensionerlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga, mehr-muruvvat koʻrsatishga qaratilgan qarori loyihasi. | |
7. | Vazirlar Mahkamasining “2015 — | Ishlab chiqish — 2015-yil III chorak, amalga oshirish — 2015 — | Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ, IIV, “Oʻzarxiv” agentligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar | Texnik topshiriqqa muvofiq | Budjet va bajaruvchilarning mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, unda quyidagilar nazarda tutiladi: keksalar uchun pensiya tayinlashning eng qulay tizimini joriy etish. Bunday tizim Pensiya jamgʻarmasining amaldagi axborot tizimi negizida pensiya tayinlash jarayonida ishtirok etuvchi davlat organlari oʻrtasida maʼlumotlarni elektron tarzida ayirboshlashning integratsiyalashgan tizimini yaratish yoʻli bilan turli xil maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarning qogʻoz shaklida olinishini istisno etadi. |
8. | Vazirlar Mahkamasining “Qariyalar uchun ijtimoiy xizmatlarni tayinlash va koʻrsatish hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatishning individual dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2015-yil | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” fondi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, BMTTD | 150,0 | BMTTD mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi qarori loyihasi: keksalarga va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalariga ijtimoiy xizmatlarni tayinlash va koʻrsatishning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yagona tartibini tasdiqlash; yolgʻiz keksalarga xonaki xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, ularning talab-ehtiyojlari, imkoniyatlari va xohish-istaklarini hisobga olgan holda individualdasturasosida ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish. |
II. Keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoʻshgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, birinchi navbatda yolgʻiz qariyalar va nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlash uchun mahallalar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash miqyosini oshirish | ||||||
9. | Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941 — 1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylarini esdalik yubiley medali bilan mukofotlashni tashkil qilish. | 2015-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | — | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligiga urush va mehnat fronti faxriylarini tantanali vaziyatda esdalik yubiley medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni |
10. | II Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligini mamlakatimizda keng bayram qilinishiga bagʻishlangan tadbirlar Dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2015-yil | Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, “Nuroniy” jamgʻarmasi | — | — | Vazirlar Mahkamasining qarori. Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligini mamlakatda keng koʻlamda bayram qilinishini tashkil etish hamda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sharaflash |
11. | 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish, ularda quyidagilar nazarda tutiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi arafasida 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish hamda ularni keng miqyosda moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash. | ||||
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga moʻljallab bir yoʻla mukofot puli toʻlash orqali ularni moddiy ragʻbatlantirish; 1941 — 1945-yillardagi urushning har bir qatnashchisini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan analogli va raqamli televideniye signallarini qabul qiladigan televizorlar bilan bepul taʼminlash; | 2015-yil aprel-may | Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, IIV, MXX, Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | 2 500,0 900,0 | Budjet mablagʻlari Kasaba uyushmalari mablagʻi | ||
2015-yil may yigacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Oʻzeltexsanoat” AK | 3 000,0 | Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻi | 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarining ijtimoiy maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning farovonligi va munosib turmushini taʼminlash, jamiyat hayotida va yosh avlodni tarbiyalashda bundan buyon ham keng koʻlamda ishtirok etishlarini qoʻllab-quvvatlash. | ||
1941 — 1945-yillardagi urushning har bir qatnashchisini Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mobil telefon apparati bilan bepul taʼminlash; | 2015-yil may oyigacha | “Oʻzeltexsanoat” AK, mahalliy mobil telefon ishlab chiqaruvchilar | 300,0 | Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻi | ||
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga oylik abonent toʻlovi undirmasdan har oyda 60 minut miqdorida chiquvchi mahalliy va shaharlararo qoʻngʻiroqlar uchun bepul limit berish; | 2015-yil mobaynida | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK “Oʻzmobayl”, mobil aloqa operatorlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 300,0 | Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻi | ||
1941 — 1945-yillardagi urush tamom boʻlganligining 70 yilligiga, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan oʻzbekistonliklarning qahramonligi va jonbozligiga bagʻishlangan pochta markalari va konvertlar chiqarish. | 2015-yil may | 120,0 | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ mablagʻi | |||
12. | 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga belgilangan har oylik kompensatsiya toʻlovlarini tegishli ravishda 50% va 25%gacha koʻpaytirish (amaldagi 45% va 18% oʻrniga). | Ishlab chiqish 2015-yil fevral, amalga oshirish yil mobaynida | Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi | 6 900,0 | Budjet mablagʻi | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti veteranlariga eng qulay turmush sharoitlarini yaratish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. |
13. | Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga bir yilda bir marta temir yoʻl transportida bepul yurish, shuningdek havo transporti yoʻlkirasi qiymatining 50%ni chegirish (borish va qaytish) huquqini berish | Doimiy ravishda | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Moliya vazirligi | 700,0 | Budjet mablagʻi | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va ularning sogʻligʻini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. |
14. | Quyidagilarni: eng zarur mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirgan, sanitariya-gigiyena jihatidan eng zarur tovarlarni roʻyxatga kiritgan holda eng zarur mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirishni; ajratiladigan budjet mablagʻlarini ikki barobar koʻpaytirishni nazarda tutgan holda beriladigan mahsulotlar toʻplamini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan yolgʻiz qariyalarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va eng zarur mahsulotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish. | Doimiy ravishda | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi | 7 000,0 | Budjet mablagʻi | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Yolgʻiz qariyalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni, shuningdek ularning fiziologik holati va sanitariya normalarini hisobga olgan holda yolgʻiz qariyalarga beriladigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining miqdor va sifat tarkibini tanqidiy oʻrganish, qayta koʻrib chiqish va yaxshilash. |
15. | 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, shuningdek yolgʻiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kishilarning 2015 — 2017-yillarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi, mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar, homiylar va sahovatpeshalarning faol ishtirokida har bir mahallada kamida bir nafar faxriyni (hammasi boʻlib bir yilda 10 ming kishiga yaqin) qamrab olgan holda 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarining, shuningdek yolgʻiz va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj keksalarning kvartiralari va uylarini respublika boʻyicha hashar yoʻli bilan joriy taʼmirlash, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlashni, shuningdek hovlilarni obodonlashtirishni nazarda tutgan holda ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash dasturini ishlab chiqish va | Ishlab chiqish — 2015-yil fevral, amalga oshirish — 2015 — 2017-yillar mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat tashkilotlar va homiylar | 60 000,0 ulardan | “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari | Vazirlar Mahkamasining majlisi protokoli va mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining qarorlari. 1941 — 1945-yillarda urush va mehnat faxriylarining uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilash, ular istiqomat qiladigan mahallalarda faxriylarning xohish-istaklariga nisbatan barchaning eʼtiborli va sezgir munosabatda boʻlish muhitini yaratish. |
16. | Quyidagilarni ishlab chiqish va joriy etish asosida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida (“my gov.uz” portali orqali ulanishni tashkil etgan holda) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng koʻlamda foydalanib, keksalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash: | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Elektron hukumat”ning Tizimni rivojlantirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Nogironlar jamiyati, manfaatdor vazirliklar va idoralar | Vazirlar Mahkamasining majlisi protokoli va bajaruvchilarning qarorlari. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish asosida keksalarning ijtimoiy xizmatlardan bahramand boʻlishini oshirish va sifatini yaxshilash. Keksalar va nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlari, sanatoriy-kurortlarda davolanishi va sogʻlomlashtirilishi, reabilitatsiyaning texnik vositalarini olishida shaffoflikni oshirish va ulardan bahramand boʻlish tartib-taomillarini jadallashtirish. | |||
yolgʻiz keksalar va nogironlarga xonadonlarida ijtimoiy xizmat koʻrsatishga elektron buyurtmanomalar berish boʻyicha interaktiv xizmatlar; | 2015-yil | Texnik topshiriqqa muvofiq | Bajaruvchilarning mablagʻi | |||
yolgʻiz keksalar va nogironlarni “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun arizalar berish hamda zarur hujjatlar roʻyxatini elektron tarzda olish boʻyicha interaktiv xizmatlar; | 2015-yil | Texnik topshiriqqa muvofiq | Bajaruvchilarning mablagʻi | |||
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortlarda sogʻlomlashtirishni elektron hisobga olish dasturiy kompleksi; | 2015-yil | 150,0 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | |||
nogiron shaxslarning protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlanganligini hisobga olish boʻyicha maxsus “Protez” dasturi. | 2015-yil | 150,0 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | |||
17. | Ijtimoiy himoya masalalarida keksalarning talab-ehtiyojlarini tezkorlik bilan eʼtiborga olish tizimini yaratish, bunga quyidagilarni joriy etish yoʻli bilan erishiladi: keksalarga ishonchli va toʻliq axborot berish, shuningdek zarur hollarda ijtimoiy xizmatlar olish masalalarida koʻmaklashish uchun ularga yagona telefon raqami (call-center) boʻyicha interaktiv autsorsing xizmati koʻrsatish; pensionerlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiya miqdorlari oshganligi toʻgʻrisida, shuningdek ular yuborgan individual soʻrovnomalarga muvofiq pensiyalarining miqdorlari haqida xabardor qiluvchi bepul SMS xabarlarini joʻnatish boʻyicha interaktiv xizmatlar; koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati toʻgʻrisida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nomiga SMS xabarlarini joʻnatish boʻyicha pensiya yoshidagi yoki nogiron abonentlar uchun bepul xizmatlar. | Yil mobaynida | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, mobil aloqa operatorlari | 40,0 660,0 Texnik topshiriqqa muvofiq | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Bajaruvchilarning tadbirlari rejasi. Ijtimoiy himoya sohasida keksalarning va aholi boshqa ijtimoiy zaif toifalarining talab va ehtiyojlariga eʼtiborni kuchaytirish hamda tezkorlik bilan chora koʻrish. |
18. | Fuqarolarning pensiyalarini rasmiylashtirish uchun pensiya taʼminoti organlarining talabnomalari boʻyicha arxiv maʼlumotnomalarini elektron shaklda yetkazib berishning axborot xizmatlarini joriy etish boʻyicha namunaviy loyihani amalga oshirish. | 2015-2016-yillar | “Oʻzarxiv” agentligi, Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 1 500,0 (2015-yilda 350,0) | “Oʻzarxiv” agentligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Mehnat stajini tasdiqlashning keksalar uchun eng qulay boʻlgan mexanizmi, yaʼni turli xil maʼlumotnoma va hujjatlarni qogʻoz shaklida olishni istisno etuvchi mexanizmini tatbiq qilish. |
19. | Urush va mehnat fronti faxriylarini, yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va ularga moddiy yordam berishning qoʻshimcha chora-tadbirlari: | 1 170, shu jumladan: | Kasaba uyushmasi organlarining qarorlari. Urush va mehnat fronti faxriylarini, yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish. | |||
kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan 23 ming nafar keksa kishilarga ijtimoiy yordam berish (oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyni taʼmirlash, kommunal xizmatlarga haq toʻlash va shu kabilar); | Yil mobaynida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ish beruvchi muassasa va tashkilotlar | 340,0 580,0 | Kasaba uyushmalari mablagʻi Ish beruvchilar mablagʻi | ||
urush va mehnat fronti faxriylariga, yolgʻiz keksalarga, pensionerlar va nogironlarga Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish yoʻli bilan urush va mehnat fronti faxriylarini, yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash | Yil mobaynida | Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 250,0 | Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati mablagʻi | ||
20. | 26 ta “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida yashovchi keksa kishilarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. Unda quyidagilarni nazarda tutish: | Yil mobaynida | “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | Bajaruvchilarning qarorlari. “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi homiylik qilinadigan aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga homiylarning xayriya yordamini jalb etish. | ||
7 ming nafargacha keksalarni yotoq choyshab toʻplamlari, shaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-kechak, shu jumladan qishki kiyim-kechak bilan taʼminlash; | 2 500,0 | Bajaruvchilarning mablagʻi | ||||
tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritgan holda ular uchun madaniy-koʻngilochar kechalarni tashkil qilish | 100,0 | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻi | ||||
21. | Quyidagilarga: keksa kishilarga, birinchi navbatda yolgʻiz va nogiron kishilarga ijtimoiy va maishiy xizmatlar koʻrsatishga, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamlarini kengaytirishga; keksa yoshdagi nogiron odamlarning uyushgan holda dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga davlat grantlari berish va davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish orqali belgilangan vazifalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faol ishtirok etishini tashkil qilish. | Yil mobaynida | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Ekologik harakat va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari | 2 000,0 | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻi | Grant tanlovlarini tashkil etish va ijtimoiy buyurtmani joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qarori. Katta avlod kishilariga gʻamxoʻrlik qilish va ularga eʼtibor berish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish vazifalarini hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish. |
III. Faxriylar va yoshi ulugʻ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini koʻpaytirish, koʻrish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taʼminlash, keksalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy-sogʻlomlashtirish va ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash | ||||||
22. | Keksalarda surunkali, shu jumladan yashirin kechuvchi va ilgari aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash yoʻli bilan kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida: | Sogʻliqni saqlash vazirligi va bajaruvchilarning qarori. Keksalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini, pensionerlarni, nogironlarni, yolgʻiz keksalarni, ayniqsa chekka va borish qiyin qishloq tumanlaridagi keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar bilan toʻliq qamrab olish va keyinchalik ularni ambulatoriya yoki statsionar sharoitida sogʻlomlashtirish. | ||||
7 — 9 nafar tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, oftalmolog va boshqalar) hamda QVP va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat guruhlar ishtirokida keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazish; | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Ajratilayotgan budjet mablagʻlari doirasida | Budjet mablagʻlari | ||
respublika qishloq tumanlarining uzoq va borishqiyinhududlaridajoylashgan QVPlarga biriktirilgan 150 ming nafar keksalarni respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar bilan qamrab olish; | 2015-yil fevral, avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1 200,0 | Budjet mablagʻlari | ||
surunkali kasallikka chalingan keksalarning davriy dispanser koʻrigini (kasallik kechishiga koʻra har yili 2 — 6-marta) amalga oshirish; | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Ajratilayotgan budjet mablagʻlari doirasida | Budjet mablagʻlari | ||
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti qatnashchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida ularning salomatlik koʻrsatkichlari boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar bazasini yaratish, sogʻlomlashtirish va sanatoriy-kurort sharoitida davolanishini tashkil etish. | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Ajratilayotgan budjet mablagʻlari doirasida | Budjet mablagʻlari | ||
23. | Keksalarni tibbiy koʻrikdan va tekshiruvlardan oʻtkazish natijalari asosida: | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, ixtisoslashtirilgan markazlar, OTM va ITI klinikalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Sogʻliqni saqlash vazirligi va bajaruvchilarning qarori. Keksalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga yangi zamonaviy davolash va diagnostika usullarini tatbiq etish. | ||
respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlarida, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv muassasalari klinikalarida 120 ta mahorat darslari oʻtkazgan holda 7 ming nafar keksaga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish; | 13 750,0 | Budjet mablagʻlari | ||||
mintaqaviy tibbiyot muassasalari amaliyotiga diagnostika va davolashning 70 dan ortiq yangi usullarini joriy etgan holda 400 ta koʻrgazmali murakkab jarrohlik operatsiyalari oʻtkazib 18 ming nafar keksaga viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish. | Ajratilayotgan budjet mablagʻlari doirasida | Budjet mablagʻlari | ||||
24. | Keksalar uchun yuqori texnologiyali diagnostika va davolash usullaridan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida: | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirining qarori Keksalarga respublikaning yetuk ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, klinikalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish. | |
yirik boʻgʻimlar kasalliklari bor | 1200,0 | |||||
Yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan 800 nafar bemorda yurak-qon arteriyalarini stentlash, 100 nafar bemorda aorto-koronar shuntlash operatsiyalarini amalga oshirish; | 3640,0 | |||||
keksalar kataraktasi kasalligiga chalingan 1000 nafar bemorga va glaukoma kasalligiga chalingan 500 nafar bemorga koʻzni saqlab qoluvchi operatsiyalar bajarish yoʻli bilan tibbiy yordam koʻrsatish; | 775,0 | |||||
peshob tosh kasalligi, prostata bezi adenomasi va saraton kasalligiga chalingan 750 nafar bemorda kam invaziv urologik operatsiyalarni amalga oshirish; | 300,0 | |||||
qandli diabetning asorati sifatida yuzaga kelgan qon tomirlari kasalliklari bor 200 nafar bemorda yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish; | 200,0 | |||||
300 nafar bemorlarda LOR tizimi kasalliklarini erta aniqlash maqsadida endoskopik va otomikroskopik tekshiruv usullarini amalga oshirish, sinusit kasalligiga chalingan 150 nafar bemorda kam invaziv endoskopik operatsiyalarni bajarish. | 165,0 | |||||
25. | Shaxslarning ayrim guruhlarini ambulatoriya sharoitida davolanish uchun dori vositalari bilan imtiyozli (bepul) taʼminlash tartibini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: | Vazirlar Mahkamasining majlisi protokoli. Keksalar, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilarining birlamchi zarur dori vositalari bilan taʼminlanganligini yaxshilash. | ||||
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilarini, shuningdek yolgʻiz pensionerlarni manzilli roʻyxatlar asosida QVPlar va oilaviy poliklinikalar tomonidan tarqatiladigan maxsus dori-darmon yigʻmalari (aptechkalar) (ogʻriqsizlantiruvchi vositalar, spazmolitiklar, gipotenziv preparatlar va boshqalar) bilan bepul taʼminlash; | 2015-yil may | “Dori-darmon” AK, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” fondi | 130,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | ||
yolgʻiz pensionerlar, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti qatnashchilari uchun bepul ajratiladigan dori-darmonlarning tasdiqlangan roʻyxatiga qoʻshimcha ravishda yurak-qon tomir, urologik, meʼda-ichak tizimi, koʻz kasalliklari va boshqalarni davolash uchun qoʻllaniladigan preparatlarni (ambroksol, spironolakton, glimeperid va shu kabilarni) kiritish. | 2015-yil may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | 960,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | ||
26. | Keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning yordamchi va reabilitatsiya texnika vositalari bilan taʼminlanganligini oshirish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar yoʻli bilan: | Bajaruvchilarning qarorlari. Nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalari bilan bepul taʼminlash yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash. Nogironlarni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini oshirish. | ||||
12 ming nafar ehtiyojmand nogironlarni protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash uchun ajratilayotgan mablagʻlar miqdorini ikki barobar oshirish (oyoq va qoʻl protezlari, korsetlar, ortopedik poyabzal va boshqalar) va 4,5 mingta reabilitatsiyaning texnik vositalari: qoʻltiqtayoqlar, hassalar, aravachalar, eshituv apparatlari; | Yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,homiylar | 2 400,0 | Budjet mablagʻlari | ||
respublikaning barcha mintaqalarida 420 nafar (har bir hududda 30 nafardan) keksalar va nogironlar uchun qoʻshimcha ravishda yordamchi va reabilitatsiya texnik vositalarini bepul berish; | 2015-yil III chorak | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | 300,0 | Kasaba uyushmalari mablagʻlari | ||
keksalar uchun qoʻshimcha ravishda | 2015-yil III chorak | “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi | 300,0 | “Amerikerz”xalqaro tashkilot mablagʻlari | ||
reabilitatsiya texnika vositalarini bepul ajratish uchun asos boʻlgan kasalliklar roʻyxatini kengaytirish (tayanch-harakat, asab, qon aylanish organlari, suyak-mushak tizimlari kasalliklari va boshqalar). | 2015-yil IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, PROON, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar | 50,0 | BMTTD mablagʻlari | ||
27. | Ayniqsa keksalar, nogironlar, ayollar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalariga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasalarini, shu jumladan: | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | 25 mln AQSH dollari, shu jumladan: | Bajaruvchilarning qarori. Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, shahar poliklinikalari, onkologiya muassasalari, viloyat koʻp ixtisosli tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | |
tuman va shahar tibbiyot birlashmalarini, shahar poliklinikalarini; | 15,9 mln AQSH dollari | Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining kredit mablagʻlari | ||||
onkologiya muassasalarini; | 6,6 mln AQSH dollari | Islom taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari | ||||
viloyat koʻp ixtisosli tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash. | 2,5 mln AQSH dollari | Germaniya taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari | ||||
28. | Quyidagilarni bepul sogʻlomlashtirishni tashkil etish: | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Urush va mehnat fronti faxriylarini bepul asosda har yili dispanserizatsiya koʻrigidan oʻtkazishni, davolash va sogʻlomlashtirishni tashkil etish. Yolgʻiz keksalar, nogironlar, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari, yadro poligonlarida xizmat qilgan shaxslar va boshqa pensionerlarning sogʻligʻini mustahkamlash. | ||||
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat frontining 21 mingga yaqin faxriylarini Mehnat va aholiniijtimoiymuhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining idoraviy mansub sanatoriya-sogʻlomlashtirish muassasalarida; | Yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 12 000,0 | Budjet mablagʻlari | ||
30 mingdan ortiq keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlarini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining sanatoriylarida; | Yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | 13 000,0 | Budjet mablagʻlari | ||
2 ming ishlovchi keksalarni (bepul), | Yil mobaynida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | 4 950,0 | Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻlari | Tuzilgan jamoa shartnomalariga muvofiq kasaba uyushmalari tashkilotlarining qarorlari va ish beruvchilarning qarorlari. Mehnat faxriylari va pensionerlarning sogʻligʻini mustahkamlash. | |
29. | Bepul emlash yoʻli bilan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan keksa kishilar orasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi: | Keksa kishilar va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlari orasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish. | ||||
keksa kishilar, birinchi navbatda “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari kontingenti orasida mavsumli grippga qarshi 15 ming kishini; | 2015-yil III-IV choraklar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 140,0 ming AQSH dollari | Homiylar mablagʻlari | ||
keksa yoshdagi 200 ming shaxsni “V” gepatitiga qarshi emlash. | yil mobaynida | 3,3 mln AQSH dollari | Homiylar mablagʻlari | |||
30. | Turli yosh guruhlarida (60 — 70 yosh, | Yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori. Tavsiyalarni ishlab chiqish. | |
Aholini, shu jumladan keksa yoshdagi shaxslarni boyitilgan un va yodlangan tuz bilan taʼminlash yoʻli bilan ovqatlanishni yaxshilash va mikronutriyent yetishmovchiligi profilaktikasi boʻyicha dasturni amalga oshirishni davom ettirish. | “Oʻzdonmahsulot” AK, isteʼmol tuzi ishlab chiqarish korxonalari | 1,3 mln AQSH dollari | Bajaruvchilar mablagʻlari | Mikronutriyentlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va darajasini pasaytirish, aholida, ayniqsa keksalarda sogʻlom ovqatlanish madaniyati va koʻnikmasini shakllantirish. | ||
31. | Respublikaning yirik shaharlarida keksalarning moslashuvchan jadval boʻyicha vaqtincha (bir haftada 5 sutkagacha yoxud faqat kunduz kuni) boʻlishini nazarda tutuvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tijorat asosida keksalar uchun yuqori qulaylikdagi xususiy pansionatlar va dam olish uylarini tashkil etish. | Yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari, xoʻjalik subyektlari | 10 000,0 | Xususiy investorlar va tijorat banklari mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasining keksalarning vaqtincha boʻlishi uchun nodavlat pansionatlar va dam olish uylari faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori. |
32. | Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi, viloyat markazlari va Nukus shahri shahar tibbiyot birlashmalari, shuningdek “Saxovat” internat uylari bazasida palliativ davolash (xospis)ning maxsus boʻlinmalarini tashkil etish yoʻli bilan keksa va qari bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni yaxshilash. | 2015 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida | Budjet mablagʻlari | Yuqumli boʻlmagan surunkali kasalliklarning terminal bosqichidagi va kasallik kechishining noxush prognozi qoʻyilgan keksalarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini takomillashtirish. |
33. | 2015-2016-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari va internat uylarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan: | 2015-2016-yillar | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 31 251,1 (2015-yil — 17 408,7) | Budjet mablagʻlari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar va internat uylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Katta avlodni sogʻlomlashtirish hamda keksalar va nogironlarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. |
Toshkent viloyatidagi “Tovoqsoy” sanatoriysida 90 oʻrinli yotoq korpusi qurish; | 2015-yil | 6 202,7 (2015-yil) | ||||
Samarqand viloyatidagi “Marvarid” sanatoriysida 100 oʻrinli yotoq korpusi, davolash korpusi qurish, oshxonani rekonstruksiya qilish; | 2015-2016-yillar | 190,0 (2015-yil — LSʼH ishlab chiqish uchun) | ||||
Sirdaryo viloyatidagi “Saxovat” internat uyi hududida 60 oʻrinli yotoq korpusining yangi binosini hamda hammom, kir yuvish xonasi qurish; | 2015-2016-yillar | 5 078,6 (2015-yil — 3 500,0) | ||||
Andijon, Fargʻona, Namangan, Yakkabogʻ, Samarqand “Saxovat” uylari, jismoniy tarbiya zallari, suzish hovuzlari, qiroatxonalar, mini-kinozallar qurgan va oshxona, kir yuvish uskunalari, mebel bilan jihozlagan holda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish; | 2015-2016-yillar | 900,0 (2015-yil — LSʼH ishlab chiqish uchun) | ||||
Toshkent shahrida “Nuroniy” sanatoriysi binosini rekonstruksiya qilish; | 2015-2016-yillar | 8 763,8 (2015-yilda — 2 500,0) 190,0 (2015-yilda — LSʼH ishlab chiqish uchun) | ||||
Fargʻona viloyatidagi “Oltiariq” sanatoriysida mavjud binolar, inshootlarni rekonstruksiya qilish va 100 oʻrinli yotoq korpusi qurish; | 2015-2016-yillar | |||||
Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi “Saxovat” internat uyining yotoq korpusi binosini rekonstruksiya qilish; | 2015-2016-yillar | 9 000,0 | ||||
“Kosonsoy”, “Taxiatosh”, “Marjonsuvi” sanatoriylari binolari va inshootlarini mukammal taʼmirlash; | 2015-yil | 587,0 | ||||
“Oltiariq”, “Taxiatosh”, “Marvarid” sanatoriylarini tibbiy uskunalar va inventar bilan jihozlash. | 2015-yil | 339,0 | ||||
34. | Quyidagilar yoʻli bilan oilalarning keksa aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun moddiy-maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash: | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 30 621,6 (2015-yilda — 20 549,0) | Kasaba uyushmalari mablagʻlari | Kasaba uyushmalari organlari qarorlari. Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash. Keksalar, urush va mehnat faxriylari, yolgʻiz keksalar va xizmat koʻrsatgan xodimlarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi sifatini oshirish. | |
Toshkent shahridagi “Turon” sanatoriysida 30 oʻrinli yotoq korpusi va 350 oʻrinli oshxona qurish; | 2015-2016-yillar | 11 674,4 (2015-yilda — 5 000,0) | ||||
Fargʻona viloyatidagi “Ahmad Al-Fargʻoniy” dam olish uyida oshxona binosi qurish; | 2015-2016 yillar | 3 627,1 (2015-yilda — 1137,9) | ||||
Jizzax viloyatida “Hovatogʻ” sanatoriysini qurish; | 2015-yil III chorak | 2 128,1 (2015-yil) | ||||
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish; | 2015-2016 yillar | LSʼH ishlab chiqilgandan soʻng xarajatlar summasi maʼlum boʻladi | ||||
Fargʻona viloyatidagi “Chimyon” sanatoriysida 5-yotoq korpusini rekonstruksiya qilish; | 2014-2015-yillar | 4 300,0 (2015-yilda — 3 391,0) | ||||
Namangan viloyati “Chodak” qishlogʻidagi dam olish uyini rekonstruksiya qilish; | 2015-2016-yillar | LSʼH ishlab chiqilgandan soʻng xarajatlar summasi maʼlum boʻladi | ||||
Buxoro viloyatidagi “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysi yotoq korpusini mukammal taʼmirlash; | 2015-yil | 4 900,0 (2015-yil) | ||||
Namangan viloyatidagi “Kosonsoy” sanatoriysi davolash korpusini mukammal taʼmirlash; | 2015-yil | 2 980,0 (2015-yil) | ||||
kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda tashkil etilgan “Urush va mehnat fronti qatnashchilari” boʻlinmalarini tibbiyot uskunalari, yumshoq va qattiq inventar bilan jihozlash. | 2015-yil | 1 012,0 (2015-yil) | ||||
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Koʻzi ojizlar jamiyatining Markaziy boshqaruvi huzuridagi yurak-qon tomir kasalliklari sanatoriysini mukammal taʼmirlash va jihozlash. | Yil mobaynida | Koʻzi ojizlar jamiyati Markaziy Boshqaruvi, “Asaka” DATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik kompaniyasi | 5 000,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Koʻzi ojiz nogironlarga sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. | |
IV. Mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoʻshgan, sogʻlom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib eʼtibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulugʻ insonlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusi ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshirish | ||||||
35. | Xalqaro keksalar kunida keksa kishilarni qutlash boʻyicha kompleks madaniy-maʼrifiy va xayriya tadbirlarini tashkil etish, shu jumladan: | 2015-yil 26-sentabr — 1-oktabr | “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, muassasalar, korxonalar, “Kamolot” YOIH va boshqalar | Vazirlar Mahkamasining qarori. Bajaruvchilarning keksa avlodning yaxshi madaniy dam olishini va dam olish joylarini obodonlashtirishni tashkil etish boʻyicha qarorlari. | ||
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalarida respublikaning keksa fuqarolarini qutlashga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazish; | Bajaruvchilar mablagʻlari | |||||
keksalarning kinoteatrlar, teatrlar, muzeylar, konsert tomoshalari, boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarga bepul borishini tashkil etish; | Bajaruvchilar, jamoat tashkilotlari va homiylarning mablagʻlari | |||||
2015-yil 26-sentabrda keksa kishilar dam oladigan guzarlar, istirohat bogʻlari va boshqa joylarni obodonlashtirish boʻyicha xayriya hashari oʻtkazish, bir kunlik ish haqi miqdoridagi tushgan mablagʻlarni, shuningdek “Navroʻz” va “Mustaqillik kuni” bayramlari arafasida har yili oʻtkaziladigan hasharlardan tushadigan mablagʻlarning 10 foizgachasini keyinchalik keksalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun foydalanish maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari hisob raqamiga oʻtkazish. | Bajaruvchilar mablagʻlari | |||||
36. | Ish beruvchilar bilan jamoa shartnomalari tuzish orqali quyidagilarni tashkil etish: 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yoʻla moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash; | Yil mobaynida | Ish beruvchilar va kasaba uyushmasi tashkilotlari | 13 000,0, shu jumladan: 5 500,0 | Ish beruvchilar mablagʻlari — Kasaba uyushmalari mablagʻlari (2 650,0) | Jamoa shartnomalari doirasida ish beruvchilarning qarorlari. Ish beruvchilarning keksa avlodga manzilli ijtimoiy yordam berishi va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlashini kengaytirish. |
yubiley sanalari munosabati bilan | 1 000,0 | |||||
55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish. | 6 500,0 | |||||
37. | Keksalarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashda ularga yordam berish, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti qatnashchilari va nogironlarining tugʻilgan kunlarini tantanali nishonlash uchun respublikaning barcha tumanlari va shaharlarida umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalarining kuchi bilan “Nuroniylar eʼzozimizda” patronaj yoshlar harakatini tashkil etish. | Yil mobaynida | “Kamolot” YOIH, “Mahalla” fondi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi | 250,0 | “Kamolot” YOIH va bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari. Oila va jamiyatda ulugʻ yoshdagi odamlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, yosh avlodda ota-onalarni va har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish tuygʻusini shakllantirish. Uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilashda keksa kishilarning ehtiyojlarini oʻz vaqtida aniqlash va qondirish. |
38. | Taʼlim muassasalarida “Keksalar — oila chirogʻi” mavzusiga bagʻishlangan oʻquv soatlari, seminarlar va fakultativ kurslarni tashkil etish uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va nashr etish. | Tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi | 20,0 | Xalqaro hamkorlik jamgʻarma kassalari fondining (Germaniya) mablagʻlari | Bajaruvchilarning qarori. Har bir keksa kishiga va ota-onalarga muruvvat koʻrsatish, ularni hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik qilish tuygʻusini shakllantirish. |
“Keksalarimizning bir kuni”, “Keksalarimiz oʻgitlari”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari”, “Keksalarning ijtimoiy muhofazasi” mavzularida bukletlarni nashr etish. | 2015-yil mart, iyun, sentabr | 0,5 | Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi mablagʻlari | |||
39. | Quyidagilar: “Keksasi bor xonadon — fayzli xonadon” va “Keksalar duosini olaylik” ikkita respublika tadbirini oʻtkazish; keksalarning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining loyihalari va dasturlarini tanlov asosida grant bilan qoʻllab-quvvatlash orqali katta avlodga mansub shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashda jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish. | Yil mobaynida | Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” fondi, “Kamolot” YOIH, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari | 500,0 | Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻlari | Ishchi guruh tashkil etish va tadbirlarning qoʻshma rejasini tayyorlash. “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish va faollashtirish, ushbu sohada davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻzaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish. Keksa avlod fuqarolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, keksalarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashga nodavlat, notijorat tashkilotlarni keng jalb etish. |
40. | Quyidagi jamoat tadbirlarini tashkil etish: | Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi, “Kamolot” YOIH, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Yosh avlodda ota-onalar va har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish tuygʻusini shakllantirish, oila va jamiyatda keksalarning oʻrni va obroʻsini oshirish. | |||
“Orasta qizlar davrasi” hududiy tanlovlari gʻoliblari orasida “Keksalarni eʼzozlash — ulugʻ qadriyat” shiori ostida “Mahallaning eng orasta qizlari” Respublika anjumanini; | 2015-yil | 210,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | |||
hurmatga sazovor keksalar, faxriylar, faol iqtidorli yoshlar ishtirokida “Keksalari eʼzozlangan yurt” shiori ostida Respublika anjumanini; | 2015-yil avgust | |||||
“yosh avlodni milliy qadriyatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, keksa avlodni hurmat qilish va eʼzozlash ruhida tarbiyalashda taʼlim tizimining oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani; | 2015-yil III chorak | |||||
umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari orasida “Keksalarni eʼzozlash yili”ga bagʻishlangan eng yaxshi inshoga tanlovni tashkil etish. | 2015-yil I chorak | |||||
41. | Oʻzbekistonda yashayotgan, oʻzlarining fidokorona mehnati va munosib hayot yoʻli bilan xalqning hurmati va ehtiromiga sazovor boʻlgan 100 yoshdan oshgan keksalar toʻgʻrisida “Mingta ibratli hayot yoʻli” toʻplamini nashr etish va barcha taʼlim muassasalarini bepul taʼminlash. | 2015-yil III chorak | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi | 100,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qarori. 100 yoshdan oshgan fidoyi va Vatanga sodiq keksa kishilarning hayot yoʻli va tajribasini yoshlar orasida keng targʻib qilish. |
Bolalar yozuvchilari va shoirlarining ota-onalarni hurmat qilish va keksalarni eʼzozlash mavzusidagi badiiy asarlarini, donishmandlarning oʻgitlarini nashr etish. | 2015-yil III chorak | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” YOIH, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi | 100,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | ||
“Keksalarni eʼzozlab duosini olaylik” metodik qoʻllanmasini nashr etish. | 2015-yil III chorak | “Tasviriy oyna” uyushmasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” YOIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Bajaruvchilar mablagʻlari | |||
42. | 100 yosh va undan katta yoshdagi kishilarni ulugʻlash boʻyicha “Asr bilan yuzma-yuz” tadbirini tashkil etish. Tadbir quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 100 yosh va undan katta yoshdagi har bir keksa kishini borib koʻrish hamda u bilan suhbat tashkil etish; 100 yoshdan oshgan shaxslarni mintaqalarda tashkil etiladigan turli tadbirlarga taklif etish. | Yil mobaynida | Xotin-qizlar qoʻmitasi,“Mahalla” fondi, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1000,0 | Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlar rejasi. 100 yosh va undan katta yoshdagi odamlarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamlarini kengaytirish va kuchaytirish. |
V. Har bir keksaga har tomonlama eʼtibor qaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boʻyicha klublar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarda yoshi ulugʻ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus koʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini koʻpaytirish | ||||||
43. | Keksalarning hayoti va dam olishini tashkil etishga yoʻnaltirilgan quyidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish: | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Polvonlar milliy ensiklopediyasi” tashkiloti, homiylar | Bajaruvchilarning chora-tadbirlari kompleksi. Keksalarning hayot faoliyatini va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish. | |||
29 ta yangi madaniyat va istirohat bogʻlari barpo etish, 18 ta bogʻni rekonstruksiya qilish, 6 tasini mukammal taʼmirlash va 3 tasini joriy taʼmirlash; | Yil mobaynida | 106 400,0 | Investorlar, korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari | |||
eng avvalo, qishloq joylarda aholining 170 ta madaniyat va dam olish markazlarini qurish-taʼmirlash, jihozlash va foydalanishga topshirish ishlarini amalga oshirish; | Yil mobaynida | 100 000,0 | Mahalliy budjetlarning mablagʻlari | |||
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Sakson ota posyolkasida keksalar, yoshlar va aholining boshqa toifalari uchun sport-sogʻlomlashtirish va koʻngil ochish “Orom” kompleksini qurish; | 2015-yil noyabr | 150,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | |||
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi har bir tumanda, shaharda aholining madaniyat va dam olish markazlari huzurida “Askiya” klublari faoliyatini tashkil etish. | 2015-yil II choragi | — | ||||
44. | Keksa yoshdagi kishilar uchun barcha 225 ta madaniyat va istirohat bogʻlarida hordiq maskanlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularda gazeta va jurnallarning (shu jumladan 3 ta respublika nashrlarining) yangi nusxalari bilan tanishtirish; stolusti oʻyinlari (3 tadan shaxmat, shashka va shu kabilar komplekti) taqdim etish, har oyda kamida 2-marta sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik, turli kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisida leksiyalar tashkil etish. | 2015-2016-yillar | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | — | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning chora-tadbirlari kompleksi. Har qaysi dam olish markazida keksalarning toʻlaqonli hordigʻini tashkil etish. Dam olish markazlarida artistlar va xonandalar ishtirokida madaniy tadbirlar, shuningdek keksalar va yoshlarning uchrashuvlarini oʻtkazish. |
45. | Asosan katta yoshdagi kishilardan iborat boʻlgan, shu jumladan, “Amu toʻlqini”, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “Qoʻqon yor-yori” (Fargʻona viloyati) va “Boysun” (Surxondaryo viloyati) folklor-etnografiya ansambllari va boshqa ijodiy jamoalarning faoliyatini, ularning gastrol-konsert safarlarini uyushtirish, musiqa asboblari, jihozlar, sahna kiyimlari xarid qilishini tashkil etish, repetitsiya va tadbirlar uchun xonalar bilan taʼminlash yoʻli bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish. | Yil mobaynida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 100,0 | Bajaruvchilar va budjet mablagʻlari | Bajaruvchilar qarorlari. Respublika mintaqalarida xalq folklorini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarni davlat tomonidan ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash. Keksalarning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
46. | Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun quyidagi yoʻllar bilan qulay shart-sharoitlar yaratish: mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida maxsus toʻgaraklar, shuningdek ular uchun ommabop filmlar namoyish qilish hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlgan qiziqishlar boʻyicha muloqot klublari tashkil etish; har bir mahalla fuqarolar yigʻinlari huzurida keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-fizkultura kabinetlari negizida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlari tashkil etish, imkoniyati mavjud boʻlganda guzarlarda va mahallalardagi maishiy xizmat koʻrsatish markazlarida maxsus sport xonalarini jihozlash. | Yil mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasining majlisi protokoli va bajaruvchilar qarorlari. Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. |
47. | Sportning piyoda yurish, shaxmat, shashka, voleybol, minifutbol, stol tennisi va boshqa turlari boʻyicha katta yoshdagi kishilar oʻrtasida (60 — 70 yoshdagilar, 70 yoshdagilar va undan katta yoshdagilar uchun alohida) “Keksalar zavqi” sport musobaqalarini tuman (shahar) va mintaqa darajalarida tashkil etish va har yili oʻtkazish, ularning gʻoliblarini qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlash hamda ushbu tadbirlarni televideniyeda va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | Doimo | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari. Keksalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish va ragʻbatlantirish. |
48. | Telekanallarda keksalar hayotiga bagʻishlangan quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus ruknlar, mavzuli koʻrsatuvlar tashkil etish: keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etishga, faol turmush tarzini yuritishga yoʻnaltirilgan dasturlarni (“Keksalar uchun gimnastika”, “Men keksaligimga qaramay harakatchan va sogʻlomman” tok-shousi va boshqalar) yaratish va translyatsiya qilish; “Oʻlmas navolar” ruknini tashkil etish, unda oʻzbek mumtoz musiqasi durdonalari- ni, maqomlarini, shuningdek oʻzbek kinematografiyasining oltin fondidagi ommabop musiqiy asarlarni eshittirish; “Ibrat maktabi”, “Xonadon fayzi”, “Keksalari eʼzozlangan yurt”, “Qarisi bor uy”, “Biri oy, biri quyosh”, “Donishmadlik fasli” teledasturlari va telekoʻrsatuvlari tashkil etish; | Doimo | MTRK, nodavlat teleradiokanallari | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | Budjet va MTRKning oʻz mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Bajaruvchining qarorlari. Keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga, sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb etishni kengaytirish. Keksalarning qiziqishlariga javob beradigan koʻrsatuv va eshittirishlar hajmini koʻpaytirish, yangi maxsus mavzuli koʻrsatuvlar va eshittirishlar, spektakllar va filmlar yaratish. Keksalarning sermazmun, foydali va maroqli hordigʻini tashkil etish. |
mahalliy teleradiokanallarda keksaligiga qaramay faol mehnat bilan shugʻullanayotganlar toʻgʻrisida hikoya qiluvchi “Gʻayratli keksalar” (“Tinib-tinchimas keksalar”) ruknida telekoʻrsatuvlar yaratish va namoyish qilish, ularning har oyda kamida 2-marta namoyish etilishini taʼminlash. | Yil mobaynida | 200,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | |||
49. | Mahalliy teleradiokanallarda quyidagi masalalarga bagʻishlangan 10 ta maxsus reklama roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish: keksalarga zarur darajada eʼtibor berish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oilada va jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish, yoshlarda keksalarni hurmat qilish va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish tuygʻularini tarbiyalash; keksalarni jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga hamda faol turmush tarzini yuritishga jalb etish. | Yil mobaynida | MTRK, nodavlat teleradiokanallari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari | 25,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilar qarori. Keksalarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oila va jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish. Keksalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanish va batartib ovqatlanishni tashkil etish yoʻli bilan sogʻlom turmush tarzi normalarini ommalashtirish. |
50. | Keksalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini kengaytirish, shu jumladan nodavlat bosma nashrlari va internet-OAV, MTRK telekanallari va boshqa nodavlat telekanallarida reportajlar, axborot syujetlari, ijtimoiy roliklar, telekoʻrsatuvlar va shu kabi materiallar tayyorlashni kengaytirish. | Yil mobaynida | Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat jamgʻarmasi, OʻzNNTMA huzuridagi NNTni qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi, “UzReport”, Uzbekistan Today, “Jamiyat” gazetalari va boshqa ommaviy axborot vositalari | 300,0 | Budjet, bajaruvchilar va homiylar, NNTni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining mablagʻlari | Bajaruvchilar qarori. Bolalar va yoshlarda ota-onalarini, har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik qilish tuygʻusini tarbiyalash. Jamiyatda qaror topgan tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini keng targʻib qilish. Jamiyatning keksalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida xabardorligi darajasini oshirish. |
51. | Har yili: | Doimo | “Oʻzbekkino” agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | Budjet mablagʻlari | Bajaruvchilar qarori. Mazmuni mashhur vatandoshlarimiz bilan faxrlanish tuygʻusini uygʻotadigan hamda keksalarni yangi hayotiy maqsadlarga erishish, yoshlarni esa hayotda toʻgʻri yoʻlni tanlash uchun ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan kino asarlari yaratish. | |
oʻzbek xalqining keksalarni eʼzozlash boʻyicha koʻp asrlik qadriyatlari va anʼanalarini aks ettiradigan bitta toʻliq metrajli badiiy film yaratish; | 1000,0 | |||||
oʻzbek xalq ertaklari motivlari boʻyicha “Qari bilganni pari bilmas” multiplikatsion filmlari turkumini yaratish; | 500,0 | |||||
har yili bosh qahramonlari keksalar boʻlgan bitta badiiy film va bitta teatr spektakli yaratish; | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | |||||
keksa yoshida fan, madaniyat va sanʼatda katta natijalarga erishgan, buyuk ilmiy, adabiy, musiqali asarlar va boshqa madaniy qadriyatlar yaratgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati haqidagi “Umrboqiy siymolar” hujjatli filmlari seriyalarini yaratish. | ||||||
52. | Keksalarning qiziqishlariga, intellektual va madaniy ehtiyojlariga mos keladigan, shu jumladan salomatligini saqlash va sogʻlom turmush tarzini yuritishga bagʻishlangan, shuningdek poeziyaga, tarixiy, madaniy va boshqa mavzular boʻyicha kitoblar nashr etish. | Yil mobaynida | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 100,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilar tadbirlari. Keksalarning qiziqarli kitoblarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ularning fan va madaniyat, shuningdek oʻz salomatligini saqlash va boshqa sohalardagi bilimlarini kengaytirish. |
53. | Keksalar uchun “Elektron hukumat” axborot tizimiga uygʻunlashtirilgan “Nuroniy.Net” ixtisoslashtirilgan internet-portalini quyidagilarni nazarda tutgan holda yaratish: ushbu portalning tegishli boʻlimlarida keksalar uchun mavjud boʻlgan imtiyozlar, pensiya toʻgʻrisidagi va boshqa qonunlar, yangiliklar, maslahatlar va boshqa foydali axborotlar toʻgʻrisidagi barcha muhim maʼlumotlar beriladi, ushbu axborotlar keksalar uchun ijtimoiy tarmoqni yaratish imkoniyati bilan muntazam ravishda yangilab boriladi. ushbu portalga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha hududiy boʻlimlari, “Saxovat” internat-uylari hamda keksalar uchun sanatoriylar, aholining madaniyat va dam olish markazlari, axborot-resurs markazlari ulanadi. | Doimo | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari, Pensiya jamgʻarmasi | 200,0 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari. Keksalarni mavjud ijtimoiy imtiyozlar, pensiya toʻgʻrisidagi va boshqa qonunlar, soʻnggi yangiliklar, boshqa foydali axborotlar toʻgʻrisida xabardor qilish. Keksalarning interaktiv xizmatlardan foydalanishini kengaytirish. |
54. | Quyidagi yoʻllar bilan keksalarning toʻlaqonli hordigʻini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish: | Yil mobaynida | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari. Keksalar hayot faoliyatini va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish. Yolgʻiz qariyalar uchun uylarda yashayotgan keksalarning dam olishini taʼminlash. | ||
bogʻlarda, aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida Oʻzbekiston yozuvchilari, shoirlari, artistlari va boshqa atoqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish; | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi | 50,0 | ||||
barcha “Saxovat” internat-uylarida, keksalarni sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan sanatoriylarda ijodiy uchrashuvlarni, spektakllar va kinofilmlar namoyishini tashkil etish; | 2015-yil IV chorakda, maxsus jadval boʻyicha | 80,0 | ||||
“Umrboqiy navolar” mavzuyida qadimiy cholgʻu asboblarida ijro etuvchilarning respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish; | Yil mobaynida | “Oʻzbekteatr” birlashmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | 50,0 | |||
rasmlar, milliy liboslar, sovgʻalar, oshpazlik va qandolatchilik mahsulotlari koʻrgazmalarini, fotokoʻrgazmalarni respublikada istiqomat qiladigan barcha millatlar keksalari ishtirokida tashkil etish. | Yil mobaynida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika milliy sanʼat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Tasviriy oyna” uyushmasi | 50,0 | |||
55. | “Keksalarni eʼzozlash yili” broshyurasini tayyorlash va nashr etish, unga: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirish — bosh maqsadimizdir” oʻzbek va rus tillaridagi maʼruzasini; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi” toʻgʻrisidagi qarorini kiritish. | 2015-yil I chorak | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Koʻrlar jamiyati | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | Budjet mablagʻlari | Bajaruvchilar qarorlari. “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturining mohiyati va ahamiyatini aholiga toʻliq yetkazish. |
56. | “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalarini aholining barcha qatlamlari oʻrtasida quyidagi yoʻllar bilan keng tushuntirish ishlarini tashkil etish: | Jadvalni tasdiqlash — 2015-yil I chorak | MTRK, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, OʻzA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik jamgʻarmasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari | Xarajatlar smetaga muvofiq amalga oshiriladi | Bajaruvchilar mablagʻlari | “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturining maqsadi, vazifalari, mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga yoʻnaltirilgan katta koʻlamli axborot-targʻibot ishlarini tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ommaviy axborot vositalarida jamiyatda keksalarni hurmat qilishni targʻib etish va shakllantirishga yoʻnaltirilgan maxsus ruknlar tashkil etish. Aholi oʻrtasida maʼnaviy qadriyatlarni, kamolga yetayotgan avlodda keksalarga hurmat va ehtirom tuygʻularini tarbiyalashni keng targʻib qilish. |
ommaviy axborot vositalarida | Amalga oshirish — yil mobaynida | |||||
“Keksalarni eʼzozlash yili”ga va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ramzlariga bagʻishlangan plakatlar, bannerlar seriyasini nashr etish; | 2015-yil II chorak | “Maʼnaviyat” nashriyoti, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura MTM, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina”, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, OʻzA, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi | ||||
OʻzA saytida “Keksalar izzatda” mavzusida fotogalereyalar tashkil etish”; “Keksasi bor uyning fayzi bor” mavzuyida fotokoʻrgazmalar tashkil etish. | Yil mobaynida | |||||
57. | Har bir katta yoshdagi kishiga zarur darajada eʼtibor koʻrsatish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish: “Eng yaxshi maqola”; “Eng yaxshi teledastur”; “Eng yaxshi eshittirish”; “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”; “Eng yaxshi internet-sayt”. | 2015-yil IV chorak | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, MTRK, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Bosma axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik jamgʻarmasi, OʻzA, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 50,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Milliy qadriyatlarni va anʼanalarni targʻib qilish ishlari samaradorligini, keksalarninng jamiyatdagi roli va ahamiyatini oshirish. Yoshlarda keksalarga muhabbat, hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish. |
58. | Qishloq oilalarini, shu jumladan keksalari bor oilalarni namunaviy loyihalar boʻyicha 12 000 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurish yoʻli bilan shinam uylar bilan taʼminlash, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish. Qishloq joylarda yashaydigan keksalarning va boshqa aholi toifalarining mazmunli dam olishi va vaqtini foydali oʻtkazishini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar massivlarida 169 ta ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlari (guzarlar, savdo, maishiy xizmat komplekslari va shu kabilar) qurish. | Yil davomida | “Qishloq qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish bank” ATB, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | 2 217699,0 ulardan: 932 800,0 100,0 mln AQSH dollari 100,0 mln AQSH dollari | Banklar kreditlari OTB mablagʻlari | Zamonaviy ijtimoiy va kommunal infratuzilma bilan taʼminlangan shinam uy-joylar qurish yoʻli bilan qishloq joylardagi keksalarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash. |
739 200 57 699,0 | ITB mablagʻlari Aholi mablagʻlari. Tadbirkorlik subyektlarining (ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurishga) mablagʻlari | |||||
VI. Mahallalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy eʼtibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat koʻrsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish | ||||||
59. | Har bir mahalla va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tuzilmasida keksalarga va nogironlarga doimiy eʼtibor berish masalalari boʻyicha komissiyalar, fuqarolar yigʻinlari raislari boshchiligida pensiya, ijtimoiy va tibbiy xizmat yuzasidan jamoatchilik nazorati masalalari boʻyicha komissiyalar tuzish, ularning faoliyatini quyidagilarga yoʻnaltirish: keksalarga va nogironlarga amaliy yordam koʻrsatish, ularga ijtimoiy, pensiya va tibbiy taʼminot xizmatlari koʻrsatish; keksalarga va nogironlarga, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari koʻrsatuvchi idoralar va xizmatlar faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun maslahatlar berish va boshqa yordamlar koʻrsatish (anketalar toʻldirish, maʼlumotnomalar yozish, murojaatlar tayyorlash va shu kabilar). | Yil mobaynida | “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Adliya, Sogʻliqni saqlash, Moliya vazirliklari, Pensiya jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Keksalar va nogironlarga doimiy eʼtibor berish, bunda idoralar va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlarini muvofiqlashtirish va zarur nazoratni oʻrnatishni nazarda tutish. | |
60. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashiga, shuningdek viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlariga, keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha masʼul idoralar va xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha vazifalar va vakolatlar berish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: davlat boshqaruvi, ijtimoiy, pensiya va tibbiy taʼminot organlariga va boshqa idoralarga tegishli soʻrovlar yuborish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar huquqlarini qonuniy mustahkamlash; muvofiqlashtiruvchi kengashlarning keksalarga va nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalarini amaliy hal etishdagi ishtirokini kuchaytirish mexanizmi va ishlarini takomillashtirish. | 2015-yil 1-iyungacha | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Adliya, Sogʻliqni saqlash, Moliya vazirliklari, Pensiya jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi qarori. Keksalar va nogironlarga, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari koʻrsatuvchi idoralar va xizmatlar faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish tizimini yaratish. | ||
61. | Mahallalardagi yolgʻiz keksalarga va aholining ijtimoiy zaif toifalariga budjetda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan moddiy yordam koʻrsatish, bunda koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlashning manzilliligini taʼminlashga, haqiqatda muhtoj boʻlgan keksalarni,yolgʻiz pensionerlarni aniqlashga alohida eʼtibor qaratish. | Yil mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” fondi | 91 000,0 | Budjet mablagʻlari | Mahallalarda yashaydigan yolgʻiz keksalarga va aholining ijtimoiy zaif toifalariga moddiy yordam koʻrsatish va ularni manzilli ijtimoiy himoya qilish. |
62. | Mahallalarda 10 ming nafar yolgʻiz va ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar uchun “Keksalar duosini olaylik” tadbirini oʻtkazish. Ushbu tadbirda quyidagilarni nazarda tutish: | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, boshqa nodavlat va xayriya tashkilotlari | Kasaba uyushmalari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari, boshqa nodavlat tashkilotlari va homiylar mablagʻlari, shuningdek, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari | Bajaruvchilarning hamkorlikdagi tadbirlari. Mahallalar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yolgʻiz keksalarni hamda nogironlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish. | ||
ularni zarur mebellar va uy-roʻzgʻor buyumlari (stollar, stullar, palos, koʻrpa-yostiqlar, zarur idish-tovoqlar), shuningdek, kiyim-kechaklar, birinchi navbatda, qishki kiyim-kechaklar bilan taʼminlash; | Yil mobaynida | 2 000,0 | ||||
kuz-qish mavsumida sabzavotlar gʻamlashga koʻmaklashish, shuningdek, ularni 25 kilogrammdan un va guruch, 10 kilogrammdan shakar va oʻsimlik yogʻi bilan taʼminlash. | Har yili oktabr oyiga qadar | 2 900,0 | ||||
63. | Eng avvalo, mahallalarning tadbirkorlari, har bir mahalla guzari hisobiga respublika va mahalliy davriy nashrlar, badiiy adabiyotlar, shuningdek shaxmat va shashka komplektlari bilan taʼminlash. | Yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi | 1000,0 500,0 | Homiylar mablagʻlari “Mahalla” fondi mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari. Mahalla guzarlarida keksa yoshdagi kishilarning madaniy hordiq chiqarishi uchun zarur qulay sharoitlar yaratish. |
64. | “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida tadbirlarni amalga oshirish, ularda quyidagilarni nazarda tutish: | Yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekturizm” MK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, MTRK, “Kamolot” YOIH, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, korxona va tashkilotlar | 2100,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilar qarorlari. Pensionerlar va nogironlarga katta eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning mazmunli hayotini tashkil etish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish. |
respublikaning har bir hududidan keksa yoshdagi 1000 kishini tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etish; urush va mehnat faxriylari ishtirokida oʻquvchilar uchun bepul ekskursiya poyezdi tashkil qilish; har bir tuman va shahardan yordamga muhtoj 500 nafar keksa, pensioner va nogironlarni uy-roʻzgʻor buyumlari bilan taʼminlash. | 120,0 | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari | ||||
65. | “Eng yaxshi mahalla guzari”, “Keksa avlod — oila tayanchi” hududiy koʻrik-tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish. | Yil davomida | “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1 500,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Keksa avlod vakillariga eʼtibor va hurmat koʻrsatishni kuchaytirish. Koʻrik-tanlovlar oʻtkazish orqali mahallalarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish. |
66. | Mahallalarda quyidagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish: 50 yildan ortiq birgalikda ahil-inoq yashab kelayotgan, oʻzining fidokorona mehnati bilan mustaqilligimizni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli ulush qoʻshgan va munosib farzandlarni tarbiyalagan ota-onalar oilalariga bagʻishlangan “Mehr-muhabbat va totuvlikda kechayotgan uzoq umr” mavzusidagi tadbirlar; “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar — xonadonlarimiz fayzi” mavzularida milliy maʼnaviy qadriyatlar va anʼanalarni targʻib etish maqsadida uch avlod vakillari uchrashuvlari. | Yil mobaynida | “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH | 200,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning tadbirlar rejasi. Oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida oila qadriyatlari, keksa avlodni hurmat qilish va eʼzozlash muhitini shakllantirishni targʻib etish. |
|
2015-yilda Dastur tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 2 246,5 mlrd soʻm va ekvivalentda 229,6 mln dollar. | ||
|
|
|
|
|
Ulardan: |
soʻmda |
dollarda |
|
Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari |
— 310,3 mlrd soʻm |
|
|
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari |
— 995,2 mlrd soʻm |
— 4,6 mln dollar |
|
Tijorat banklari kreditlari |
— 940,3 mlrd soʻm |
|
|
Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlar |
— 0,7 mlrd soʻm |
— 225 mln dollar |