toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-yanvar,
PF-4416-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonining 7-bandidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmoni 3-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sohasining iqtisodiy nochor korxonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-sentabrdagi PQ-474-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 8-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “XXR Eksimbanki ishtirokida “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 2-maydagi PQ-855-son qarori 7-bandidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (YEDSF) imtiyozli krediti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 31-iyuldagi PQ-934-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorida:
9-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
29-ilovaning 5-bandidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarori 8-bandidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 10-avgustdagi PQ-1172-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘mon Sultonligi bilan investitsion hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-sentabrdagi PQ-1197-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qarorining 10-bandidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqalararo Damxo‘ja suv quvuriga Navoiy va Buxoro viloyatlarining tuman markazlarini ulagan holda uni modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-son qarori 11-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 3-maydagi PQ-1331-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5070-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 448-modda)
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 12-noyabrdagi PQ-1433-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida umumta’lim maktablarini qurish va jihozlash – II faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 12-noyabrdagi PQ-1434-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahrining kanalizatsiya tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-dekabrdagi PQ-1443-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tolimarjon IESda ochiq taqsimlash qurilmasi 500 kV bo‘lgan Tolimarjon IES – “So‘g‘diyona” PS oralig‘idagi 500 kV YUVL qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1609-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik – 3)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 7-sentabrdagi PQ-1614-son qarori 10-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-yilda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 22-sentabrdagi PQ-1620-son qarorida:
a) 1-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Ta’lim muassasalari” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2, 3 va 3a-ilovalarning sarlavhasidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 26-oktabrdagi PQ-1631-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zidan keyin “va tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarorining 4 va 5-bandlari, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-yilda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 22-sentabrdagi PQ-1620-son qarorining 1-ilovasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2017-y., 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)