1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy oʻsish va investitsiyaviy faollikni ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish surʼatlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini koʻpaytirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
1. Quyidagilar 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentabrigacha boʻlgan davrda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin:
kichik tadbirkorlik subyektlari;
bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar.
Belgilansinki, 2020-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻini toʻlash muddati 2020-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrga koʻchiriladi va ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (boʻlib boʻlib toʻlash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalari;
2020-yil 15-may holatiga yer soligʻi va mol mulk soligʻi boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
3. Tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam boʻlmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga tovarlarni (isteʼmol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz soligʻini toʻlash muddatini 2020-yil 1-iyulgacha kechiktirishni qoʻllash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.02.00 (Кучини йукотган) Yagona ijtimoiy toʻlov / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
4. Belgilansinki, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha boʻlgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
5. Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentabrgacha toʻxtatilsin.
Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va oʻtkazish boʻyicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olsin.
Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha ijro etilmagan toʻlov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.03 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga nafaqalar. Bolalikdan 1 va 2 guruh nogironlariga nafaqa;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.06 Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar unga qaraganlik uchun onalarga beriladigan nafaqalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
7. 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1-iyundan boshlab qoʻshimcha 10 foizga oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
8. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investitsiyaviy kreditlar boʻyicha, Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;
2020-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun milliy valyutada 500 million soʻmgacha beriladigan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarining toʻliq va oʻz vaqtida qoʻllanilishi ustidan monitoring oʻrnatsin va qonun buzganlik uchun javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (zaruriyat boʻlganda) soliq imtiyozlari berilishi va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining oshishi natijasida olinmay qolinadigan daromadlar munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan subsidiyalar ajratsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV