1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi savdo faoliyatini xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada shakllantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi takliflariga koʻra:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlashtirayotganligi munosabati bilan, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanmagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyxatini har yili tasdiqlab borsin;
iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan import qilinadigan tovarlarning avval tasdiqlangan roʻyxatlarini, ularda faqat respublikada ishlab chiqarilishi hali oʻzlashtirilmagan tovarlarnigina qoldirishni nazarda tutgan holda bir oy muddatda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
4. 2009-yilning 1-oktabridan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori 3-bandi va qarorning 1-ilovasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ–1024-sonli qarorining 12-2-ilovasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-avgust,
PQ-1169-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 359-modda, 40-son, 433-modda, 52-son, 560-modda; 2010-y., 14-15-son, 103-modda; 2012-y., 38-son, 434-modda; 2013-y., 30-son, 385-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 24-son, 284-modda, 28-son, 338-modda; 2015-y., 33-son, 440-modda, 52-son, 646-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)