toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-dekabr,
PF-4391-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-may, PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshi, 7-bandi birinchi xatboshi va 10-bandi birinchi xatboshilaridagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-son qarorida:
a) 2-ilovaning III boʻlimida:
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
172-pozitsiyada “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning III boʻlimidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son qarorining 3-ilovasidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. “2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 29-avgustdagi PQ-1590-son qarori 1-ilovasining III boʻlimida “Oʻzgoʻshtsutsanoati” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-apreldagi PF-588-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ-359-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-382-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 512-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)