toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVCHI TUZILMASINI QISMAN OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalariga rahbarlik va ular faoliyatini muvofiqlashtirish darajasini oshirish, tahliliy materiallar va hukumat qarorlarining loyihalari har tomonlama, chuqur hamda sifatli tayyorlanishini taʼminlash, ijrochilik intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qabul qilgan qarorlar, Oʻzbekiston Respublikasining imzolangan xalqaro shartnomalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy shartnomalar hamda bitimlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi oʻz mavqeyi, moddiy taʼminoti; ijtimoiy-maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga tenglashtiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi zimmasiga quyidagi asosiy vakolat va vazifalar yuklatilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Vazirlar Mahkamasining apparati faoliyatini tashkil etadi va apparatga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun masʼul hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari ekspertizasi hamda sifatli tayyorlanishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda boʻladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, tahliliy materiallarni chuqur va sifatli tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va Hukumatda koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishida ijro etuvchi organlar tomonidan belgilangan reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijrochilik intizomini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining unga bevosita boʻysunuvchi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari apparatlari ishini muvofiqlashtiradi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Hukumat qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
3. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining eng muhim komplekslar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari boʻyicha Axborot-tahlil departamentlari oʻz faoliyatida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga boʻysunadi va ayni vaqtda ularning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254 qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, -modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar quyidagilarni:
ikki oy muddatda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomalari matnlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari davomida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga qilgan tashriflari davomida imzolangan investitsiya hamda tashqi savdo shartnomalarining matnlari taqdim etilishini;
xalqaro shartnomalar tuzilishiga qarab ularning matnlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashriflari davomida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolanadigan, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan investitsiya hamda tashqi savdo shartnomalarining matnlari Boshqarmaga yuborilishini;
Boshqarma soʻrovlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalarini bajarish masalalari boʻyicha zarur materiallar va hujjatlar taqdim etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
PQ-834-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 229-modda, 8-son, 464-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)