1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.01 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-aprelda 2779-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
38/qq-son
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
6/qq-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
4-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son qaroriga ILOVA
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
Mazkur Nizom yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchi deb yuritiladi) “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
1. Quyidagi toifadagi bitiruvchilar mazkur Nizomda belgilangan tartibda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa (bundan buyon matnda nafaqa deb yuritiladi) olish uchun murojaat qilish huquqiga ega:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
yetim bolalar — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar — ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqi cheklangan, ular muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortgan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar.
Bunda bitiruvchi taʼlim tashkilotida oʻqish davrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmagan va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turgan boʻlishi lozim.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
2. Mazkur Nizom taʼlim tashkilotida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
3. Nafaqa bitta bitiruvchiga faqat bir marta, yaʼni taʼlim tashkilotini bitirib, ishga joylashganida beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda bitiruvchilarga nafaqa toʻlash uchun mablagʻlar ajratishni rejalashtiradi. Nafaqa toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori “Mahalla” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Nafaqa olish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
5. Bitiruvchi nafaqa olish uchun taʼlim tashkilotini bitirib, ishga joylashgandan keyin oʻzi tamomlagan taʼlim tashkiloti direktoriga nafaqa berilishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
vasiy yoki homiy tayinlash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining yoki bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi kelishuvning nusxasi;
yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli haqida maʼlumotnoma.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Bunda, bitiruvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), bitiruvchi yoki uning ota-onasida mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining maʼlumotnomalari, bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli — nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlgan taqdirda) taʼlim tashkiloti tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
6. Taʼlim tashkiloti direktori ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek taʼlim tashkiloti tomonidan soʻrab olingan mazkur Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarni bir ish kuni ichida kuzatuv xati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimiga (bundan buyon matnda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi deb yuritiladi) taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
7. Arizalarni koʻrib chiqish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi huzurida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvi raisi — komissiya raisi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmalari boshliqlari — komissiya aʼzosi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi — komissiya masʼul kotibi.
Komissiya ishiga zaruratga qarab taʼlim tashkiloti direktorlari, vasiylik va homiylik organlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman (shahar) boʻlinmasi boshqaruvi raislari ham ovoz berish huquqisiz jalb etilishi mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
8. Arizalar komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi. Komissiya majlislari komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Komissiya majlisida komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etishi shart.
9. Arizalarni koʻrib chiqishda komissiya taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagi masalalarni oʻrganadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlar (ota-onasi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat ishlash, oʻqish yoki boshqa maqsadlarda ketgan, ozodlikdan mahrum etilgan va h. k.);
bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli, turar joy bilan taʼminlanganlik darajasi;
bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
10. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish natijasida quyidagi omillar yoki ulardan biri aniqlangan taqdirda, bitiruvchi nafaqa olishga muhtoj deb topiladi:
a) bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlarda (otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqi cheklangan, ular muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortgan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganda);
b) bitiruvchi turar joy bilan taʼminlanmaganda;
d) bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlganda (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mavjud boʻlganda).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
11. Komissiya qarorlari komissiya aʼzolaridan kamida uchtasining ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori komissiya majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
12. Komissiya qaroriga koʻra nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati uch ish kuni ichida tasdiqlash uchun bitiruvchining yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
13. Nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati besh ish kuni ichida vasiylik va homiylik organlari tomonidan koʻrib chiqilib, tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga taqdim etiladi. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi ikki ish kuni ichida bitiruvchilarni roʻyxatga kiritilganligi haqida xabardor qiladi.
3-bob. Nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish
14. Nafaqa bitiruvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankda ochilgan omonat (depozit) hisobvaragʻiga yoki bank plastik kartasiga “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan oʻtkazib beriladi.
15. Pul mablagʻlari bitiruvchi “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga oʻzining bank maʼlumotlarini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
16. Nafaqa summasi pul mablagʻi oʻtkazib berilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Bitiruvchining soʻroviga koʻra “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan tegishli toʻlov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etiladi.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18. Taʼlim tashkiloti direktori Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun masʼul hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
19. Komissiya raisi va aʼzolari hujjatlarni koʻrib chiqishning xolis boʻlishi uchun masʼul hisoblanadi.
20. Vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimi nafaqa tayinlanadigan bitiruvchining taʼlim tashkilotida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlmaganligini, xususan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmaganligi va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turganligini tasdiqlash uchun masʼul hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
21. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi pul mablagʻlarining oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
22. Taʼlim tashkiloti direktori, komissiya, vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimining xatti-harakatlaridan (qarorlaridan) norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-apreldagi 18-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 18-martdagi 29-mh-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-martdagi 29-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-2, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son)
23. Mazkur Nizom “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelishilgan.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J. INOGʻOMOV
2016-yil 15-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 170-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 16.04.2026-y., 10/26/2779-2/0355-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)