toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINASOZLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalarini yanada rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, shu asosda qishloq xoʻjaligini zamonaviy yuqori sifatli tejamli serunum texnika bilan taʼminlash, shuningdek tarmoqning eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekin turlari, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmi, mavjud qishloq xoʻjalik texnikasi, shuningdek uning eskirib ishdan chiqishi va xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini hisobga olib, 2008 — 2010-yillarda qishloq xoʻjalik texnikasiga nisbatan aniq hisoblab chiqilgan talab-ehtiyoj asosida ishlab chiqilgan:
2008 — 2010-yillarda qishloq xoʻjalik texnikasining asosiy turlarini ishlab chiqarish va sotishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
2008 — 2010-yillarda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
2008 — 2010-yillarda “TTZ” OAJ, “Agregat zavodi” OAJ, “Texnolog” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJda ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq;
2008 — 2010-yillarda qishloq xoʻjalik texnikasini eksport qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qishloq xoʻjalik texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha maxsus komissiya tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashtirilishini, ekin maydonlari va mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmini hisobga olgan holda muayyan qishloq xoʻjalik texnikasiga boʻlgan yillik ehtiyojni aniqlash;
turli manbalar, jumladan lizing boʻyicha, banklar kreditlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining shaxsiy mablagʻlari hisobidan xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini inobatga olgan holda qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilishning zarur hajmlarini belgilash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, mahalliy qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish va uni yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy kampaniyani oʻtkazish ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
4. “TTZ” OAJ, “Chirchiqqishloqmash” OAJ ikki oy muddatda Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda toʻliq ishlamayotgan mavjud ishlab chiqarish quvvatlari negizida ehtiyot qismlarni chiqarish va osma qishloq xoʻjalik mashinalarini yirik blokli yigʻish boʻyicha shuʼba korxonalarini barpo etish takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda unga belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalari kiritilishini taʼminlasin.
6. 2013-yilning 1-yanvarigacha “TTZ” OAJ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat va hajmlarda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarish uchun import qiladigan butlovchi buyumlar hamda materiallar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari)ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagilarga maqsadli yoʻnaltirilsin:
banklarning kreditlarini toʻlash va ularga xizmat koʻrsatish, kreditorlar oldidagi qarzlarni toʻlash;
belgilanadigan tartibda tasdiqlangan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini bunyod etish uchun zamonaviy texnologik jihozlarni xarid qilish.
Belgilansinki, mazkur Qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan yoki import qilingan butlovchi buyumlar va materiallardan maqsadli foydalanilmagan hollarda bojxona toʻlovlarining tegishli summasi soliq organlarining taqdimnomasiga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan undirib olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi, shuningdek, qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarish uchun bojxona imtiyozlari qoʻllanilgan holda import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallardan foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda muqobil MTPlar va servis markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ularda koʻrsatiladigan xizmatlar sohasi kengaytirilishi, darajasi va sifati oshirilishini, investitsiya majburiyatlarini olish va faoliyat profilini saqlab qolish sharti bilan samarasiz muqobil MTPlarni belgilangan tartibda xususiy mulk etib sotishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan axborotlar Vazirlar Mahkamasining majlislarida har yili koʻrib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-aprel,
PQ-832-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-sonli qaroriga
5-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI

1.

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri, komissiya raisi

2.

A.D. Vaxabov

Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Komissiya aʼzolari:

3.

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

4.

lavozimi boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish Departamenti direktori

5.

N.S. Otajonov

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi

6.

S.S. Saydaminov

“Oʻzagrotexmash” AJ bosh direktori

7.

X.U. Imamov

“Oʻzagrolizing” AJ bosh direktori

8.

U.M. Tursunov

“Oʻzagroservis” AJ bosh direktori

9.

B.T. Yusupov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10.

F.F. Karimov

“Oʻzagrosugʻurta” AJ boshqaruvi raisi

11.

K. Ismoilov

Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

12.

Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hokimlar oʻrinbosarlari.

*
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 227-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)