1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ANDIJON VILOYATI DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
2006-yilning 13-oktabrida boʻlib oʻtgan Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qoʻyilgan vazifalarni soʻzsiz bajarish, shuningdek qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirishda shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish maqsadida.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
1. Xodimlar soni 48 kishidan iborat Andijon viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangi tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-oktabr,
PQ-492-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 10-son, 567-modda)