1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON SUV XO‘JALIGI QURILISHI DAVLAT KONSERNI (“O‘ZSUVQURILISH”)NI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1998 — 2000-yillarda qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturiga muvofiq, shuningdek kapital qurilishda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
1. “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tarkibida bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha maxsus komissiyaning O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”)ni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
3. “O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”)ni tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 18-noyabrdagi PF-497-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-iyun,
PF-2645-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 183-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)