1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT KONSERNINI “O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Novvoyxona, tegirmon-yorma va omixta yem sanoati korxonalari va birlashmalari ish samaradorligini oshirish, aholini non mahsulotlari bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash, tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish maqsadida:
1. “O‘zdonmahsulot” davlat konserni ta’sischilarining uni “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi:
yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik korporatsiyasidir hamda u don xarid qilishni un, yorma, omixta yem, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotishni ta’minlovchi turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va korporatsiya Ustavi asosida amalga oshiradi, “O‘zdonmahsulot” konserni ilgari tuzgan barcha shartnomalar va qabul qilgan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
3. Hududiy ishlab chiqarish birlashmalari negizida don mahsulotlari tayyorlovchilarning “Donmahsulot” aksionerlik uyushmalari tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Quyidagilar “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qilib belgilansin:
don, un, yorma, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, omixta yem ishlab chiqarish hamda respublika xalq xo‘jaligini va aholisini ular bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, unni qayta ishlash va non-bulka hamda boshqa mahsulotlar tayyorlash bilan band bo‘lgan korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qaytadan qurollantirish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
don, navli va duragay g‘alla urug‘lari, boshqa qishloq xo‘jalik mahsuloti xarid qilishni, ularni davlat ehtiyojlari uchun va boshqa iste’molchilarning buyurtmalari bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash;
g‘alla zaxiralarini, jumladan davlat va safarbarlik zaxiralarini markazlashtirilgan tarzda jamlash, hududiy jihatdan oqilona joylashtirish va saqlash;
respublikaning barcha mintaqalarini non va non mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun don, un, yorma, kepak va omixta yemni tizim ichkarisida joylashtirishni tashkil etish;
don mahsulotlari tizimida bozor munosabatlarini rivojlantirish, davlat korxonalari va tashkilotlarini aksionerlik, jamoa va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga oid ishlarni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni rivojlantirishga butun choralar bilan ko‘maklashish, qo‘shma korxonalar tashkil etish;
yagona ilmiy-texnik va texnologik siyosat o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlardagi shart-sharoitlarni o‘rganish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
6. “O‘zbekiston Respublikasi don mahsulotlari davlat konserni (“O‘zdonmahsulot”)ni tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 6-fevraldagi 334-son farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-aprel,
PF-840-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 6-son, 167-modda)