toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning — falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat namunalari 3 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, koʻrib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini berishni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi SP, 2012-yil, 12-son, 90-modda) 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-may,
304-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida
Nizom
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olishni tashkil etish va oʻqish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Al-Xorazmiy universitetiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydigan taʼlim turi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshirish tizimi;
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida taʼlim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik;
Oldingi tahrirga qarang.
Stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari huzurida fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish maqsadida ochiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqli.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya mutaxassisliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga fanning turdosh sohalari boʻyicha qabul qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Bakalavriat taʼlimi yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi taʼlimning turli sohalariga tegishli boʻlganda, OAK tomonidan belgilangan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirish sharti bilan, bakalavriat taʼlimining yoʻnalishiga tegishli boʻlgan taʼlim sohasiga muvofiq boʻlgan mutaxassislik boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasining belgilangan tartibda tayyorlanishiga va himoya qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlashni taʼminlash, shuningdek dissertatsiya tadqiqotlarni oʻtkazishda ularga ilmiy va oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar Kollegial organ qarori bilan ilmiy rahbarlarga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar esa — ilmiy konsultantlarga biriktiriladi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultantni tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Fan doktori bir vaqtning oʻzida toʻrttadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki taʼlim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning oʻzida ikkitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga taʼlim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan izlanuvchilarga oʻrnatilgan meʼyordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarini ochish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari oʻzlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga tayanch doktorantura yoki doktoranturani ochishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish boʻyicha muassasaning muvofiqlashtiruvchi-kollegial organining (keyingi oʻrinlarda Kollegial organ deb yuritiladi) (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnik kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va h.k.) tegishli qarori;
Nizomning ilovasiga muvofiq tegishli mutaxassisliklar boʻyicha tadqiqot olib boruvchi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktorlari toʻgʻrisidagi kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan maʼlumot;
shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim faoliyatini sifatli taʼminlashda moddiy-texnik baza mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki ochishni rad etish toʻgʻrisida kollegial organ qarorini qabul qiladilar. Kollegial organ majlisida ishtirok etayotgan Kollegial organ aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan talablar asosida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish yoki rad etish boʻyicha ovoz berilganda, tegishli qaror qabul qilingan hisoblanadi. Qabul qilingan qaror oʻn kun muddatda tegishli ilmiy va taʼlim tashkilotlariga yuboriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi axborot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga yuboriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oʻzlarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari ochilgan ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari ham mustaqil izlanuvchilik tartibida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy yoki nodavlat ilmiy yoxud taʼlim tashkilotlarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida belgilangan tartibda hamda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Bunda mazkur tashkilotlarga qabul kvotasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha ushbu Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq shakllantirilgan umumiy qabul kvotasi doirasida ajratiladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tayanch doktorantura va doktorantura shaklida tashkil etish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun qabul kvotasi (keyingi oʻrinlarda qabul kvotasi deb ataladi), qoida tariqasida, tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tizimida ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1-iyungacha boʻlgan muddatda Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar, amaldagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi, taʼlim olayotgan stajyor-tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan izlanuvchilar va stajyor tadqiqotchilar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan yoʻnalishlar boʻyicha stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar tegishli ilmiy va taʼlim tashkilotlari tomonidan qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni har yili 10-iyungacha Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga yuborilishini taʼminlaydi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni budjet parametrlari asosida koʻrib chiqib har yili 1-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga Yagona elektron tizim orqali yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan qatʼiy ravishda kelishgan holda har yili 20-avgustga qadar ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida akkredetatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan qabul kvotasini tasdiqlaydi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul kvotasi miqdorini ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda tegishli vazirlik yoki idora tizimidagi ilmiy va taʼlim tashkilotlari uchun qabul kvotasi miqdorini belgilash Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimining koʻrsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy va taʼlim tashkilotlari vazirlik va idora tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj boʻlgan yoʻnalishlariga izlanuvchining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha qabul kvotasini davlat akkreditatsiyasi shartlari asosida shakllantirishi mumkin. Toʻlov-kontrakt summasi ilmiy va taʼlim tashkilotlari tegishli boʻysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy va taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar har yili 5-dekabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga maʼlumot kiritadi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi har yili 10-dekabrga qadar ortib qolgan qabul kvotalarini ilmiy va taʼlim tashkilotlarining ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olib qaytadan taqsimlaydi.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy va taʼlim tashkilotlariga qayta taqsimlangan kvotalar kirish imtihonlarida qatnashib, kirish balidan past ball toʻplagan talabgorlarning ballari ketma-ketligida amalga oshiriladi va bu haqidagi maʼlumotlar har yili 15-dekabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etiladi.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalar har yili 1-sentabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar roʻyxatini va qabul kvotasi miqdorini koʻrsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi shaxslar magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun), yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997-yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lozim.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
16. Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarda rektor (direktor) raisligida qabul komissiyasi tuziladi. Qabul komissiyasi aʼzolari rektor (direktor) tomonidan tegishli ixtisoslik boʻyicha yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ixtisoslik boʻyicha imtihonlarni topshirishda qabul komissiyasi tarkibida kamida bitta fan doktori yoki professor boʻlishi zarur, komissiyaning qolgan aʼzolari fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (PhD) boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Talabgorlarning mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) oliy taʼlim muassasasi bakalavri va magistraturasi diplom maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
19. Doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Doktoranturada oʻqishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Talabgorlarning mehnat daftarchasining nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Kirish imtihonlari savollari ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada oʻqish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtadilar.
Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgor mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
23. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1 — 25-noyabr davrida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi va (yoki) Kollegial organ tomonidan 30-noyabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir necha talabgorlarning stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari boʻyicha ular tomonidan toʻplangan yakuniy ballari teng boʻlgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga:
(24-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
magistraturani aʼlo baholar bilan tamomlaganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega boʻlganlar;
jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar;
b) doktoranturaga:
5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega boʻlganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega boʻlganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi boʻyicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni boʻyicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) koʻp miqdorda ilmiy maqolaga ega boʻlganlar;
(24-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan koʻp qismini bajarganlar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 684-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qabul komissiyasi tayanch doktoranturada taʼlim oluvchilarning kirish imtihonlari natijalarini majlis protokoli bilan rasmiylashtiradi va besh kun muddatda Kollegial organga tasdiqlash uchun kiritadi. Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada taʼlim oluvchi talabgorlar boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalari ham Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Shu bilan birga, Kollegial organ qarorida tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul komissiyasi doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya) oʻtkazish choralarini koʻradi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi rahbari buyrugʻi bilan har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada taʼlim olish keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar (konsultant boʻlgan taqdirda) ham belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va (yoki) doktoranturada oʻqishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultantlar tayinlangan holatlarda) toʻgʻrisidagi maʼlumot:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi tomonidan — yuqori vazirlik, idora va tashkilotlarga har yili 10-dekabrgacha;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan — har yili 15-dekabrigacha Yagona elektron tizimga kiritiladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Stajyor-tadqiqotchi va doktorant ilmiy rahbar va konsultant (konsultant tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi. Yakka tartibdagi reja stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga oʻqishga qabul qilingandan keyin bir oyda Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi va Yagona elektron tizimga yuklanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
29. Ilmiy rahbar doktorant uchun ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqadi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktoranturaga oʻqishga qabul qilingandan boshlab bir oy muddat ichida Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik boʻyicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini oʻz ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan oʻqishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida oʻzlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻqishga qabul qilingan sanadan boshlab:
stajyor-tadqiqotchilikda — tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tasdiqlangan kvotalarini hisobga olgan holda tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda taʼlim muassasasi uchun — “Taʼlim” sohasi boʻyicha va ilmiy tashkilot uchun — “Fan” sohasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Oliy harbiy taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda “OHTM” deb yuritiladi) qabul qilingan tayanch doktorant va doktorantlarning moddiy taʼminoti harbiy xizmatchilar uchun qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasiga koʻra tegishli kasalliklar boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4 oy va undan ortiq vaqtda kasal boʻlish, homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlish davriga, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki taʼlim tashkilotidan boshqasiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan ilmiy va taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilar tugatilgan ilmiy va taʼlim tashkilotlarning huquqiy vorisi etib belgilangan ilmiy va taʼlim tashkilotlarga oʻqishni davom ettirishlari uchun oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq malakaviy imtihonlarni topshirganlaridan keyin himoya qilishga qoʻyiladilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Taʼlim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlar tomonidan doktorant bilan olib borilgan ish umumiy oʻquv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir stajyor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida har oyda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
OHTMda ilmiy rahbarlar va konsultantlarga ish haqi toʻlovi tizimida OHTM mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Ilmiy tashkilotda ilmiy rahbarlar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq toʻlash har oyda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan tartibida har bir stajyor-tadqiqotchi uchun 75 soat va doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Fan” sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan doktorantlarning ilmiy rahbarlari va konsultantlarning mehnatiga haq toʻlash oʻqitish uchun kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qoʻshiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
38. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
magistr yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi (ixtisoslik boʻyicha) diplomga ega boʻlganlar;
belgilangan ilmiy maqolalariga ega boʻlganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
39. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega boʻlgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan soʻng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Tibbiyot fanlari boʻyicha mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishda ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining Kollegial organi qarori bilan talabgordan klinik ordinaturani (magistraturani) tugatgandan soʻng yoki ilmiy darajani olganidan soʻng ilmiy, ilmiy-pedagogik yoki amaliy ish stajiga (ikki yildan toʻrt yilgacha boʻlgan muddatda) ega boʻlishi talab etilishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha boʻlgan muddatda ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan oʻtkazilgan suhbat natijalari Kollegial organ qarorlari bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Kollegial organ qarorida mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlanadi va ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant mehnatiga haq toʻlash shartlari belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Talabgorlar ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha eʼlon qilinadigan buyrugʻi bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant boʻlgan taqdirda) belgilanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq tegishli ilmiy tashkilot va taʼlim muassasa tomonidan buyruq qabul qilinganidan soʻng 5 kun davomida Yagona elektron tizimga kiritiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Mustaqil izlanuvchilar rasmiylashtirilganlaridan soʻng bir oy muddatda ilmiy rahbar yoki konsultant (konsultant boʻlgan taqdirda) bilan kelishgan holda yakka tartibdagi rejalarini Kollegial organda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi rejasi tegishli ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi tomonidan Yagona elektron tizimga yuklanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Amaldagi barcha talablarni bajargan va dissertatsiyasini OAK talablariga muvofiq ravishda rasmiylashtirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya himoyasiga qoʻyiladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan olib boradigan ishi uchun haq mehnatga soatbay haq toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda oʻquv mashgʻulotlari olib borilgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda toʻlanadi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim muassasasida ilmiy rahbar yoki konsultant muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobdan oylik maosh olayotgan boʻlsa, mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash uning umumiy oʻquv yuklamasi hajmiga kiritilishi mumkin.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ilmiy rahbarlar va konsultantlarning xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq toʻlash oʻqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Bir necha ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasida bir vaqtning oʻzida mustaqil izlanuvchilikka yoʻl qoʻyilmaydi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni toʻlov-kontrakt asosida tashkil etish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish va oʻqitish qonunchilik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul kvotalaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshirishda oʻqitish uchun, jumladan ilmiy rahbarlar va konsultantlar mehnatiga haq toʻlash, tadqiqotlar va eksperimentlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga oladigan haq miqdori, shuningdek uni toʻlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, tizimda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha har yili kamida 1-marta monitoring olib boradilar.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Joylarga chiqqan holda monitoringni olib borish uchun ishchi guruh tuziladi, uning tarkibi tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari tarkibidan shakllantiriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari mavjud boʻlgan ilmiy va taʼlim tashkilotlari har yili 2-marta (iyun va dekabr oylarida) izlanuvchilar faoliyatini ichki monitoring qiladi. Ichki monitoring mazkur Nizomning 53 — 55-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
53. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) oʻqishning birinchi yilida:
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
(53-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
ixtisoslik boʻyicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;
(53-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi boʻyicha maʼruza bilan ishtirok etganligi;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumotning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumot natijalari boʻyicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) maʼruza qilganligi;
(53-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
b) oʻqishning ikkinchi yilida:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;
(53-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan maʼruza tezisining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;
ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmasi (kafedra, laboratoriya, boʻlim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari boʻyicha (mustaqil) maʼruza bilan ishtirok etish;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi boʻyicha hisobot berish;
(53-band “b” kichik bandining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
v) oʻqishning uchinchi yilida:
Oldingi tahrirga qarang.
jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;
(53-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining koʻrib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.
(53-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
54. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) oʻqishning birinchi yilida:
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
(54-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tegishli jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;
(54-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiya mavzusi boʻyicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta maʼruza tezisi chop etilganligi;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha ilmiy konferensiya yoki seminarda maʼruza qilish;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy sharh;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy sharh natijalari boʻyicha seminarda soʻzga chiqish;
b) oʻqishning ikkinchi yilida:
dissertatsiyaning uchinchi va toʻrtinchi boblari tayyorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida toʻrtta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);
(54-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiya mavzusi boʻyicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta maʼruza tezisining mavjudligi;
dissertatsiya ishining dastlabki natijalari boʻyicha seminar oʻtkazish;
konferensiya yoki seminarda maʼruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot;
(54-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
v) oʻqishning uchinchi yilida:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi;
(54-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
dissertatsiya natijalari boʻyicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya yoki avtoreferatni ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmalarida koʻrib chiqilganligi va muhokama etilganligi.
(54-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Monitoring natijalari Kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Quyidagi asoslarga koʻra doktorantlar tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatilishi mumkin:
oʻz arizasiga muvofiq;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
yakka tartibdagi rejalarini bajarmaganda;
ilmiy yoki taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini tizimli (uch yoki undan ortiq) ravishda buzganda;
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganda;
hisobotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaganda;
dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish talabini buzganda.
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va oʻqishga qayta tiklanmaydi.
Doktoranturadan monitoring natijalari boʻyicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilmiy yoki taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzgani uchun oʻqishdan chetlatilgan shaxslar oʻqishga qayta tiklanmaydi.
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun toʻlanadigan haq toʻxtatiladi. Bunda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning rahbarlari hamda konsultantlari bir yil muddatga ilmiy rahbarlik qilishdan chetlashtiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
56. Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta va undan koʻp) izlanuvchilarning dissertatsiyalarini oʻz vaqtida himoya qilishni taʼminlamagan ilmiy rahbarlar va konsultantlar Kollegial organ qarori bilan uch yilgacha boʻlgan davrga ilmiy rahbarlik yoki konsultantlikdan chetlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Kollegial organ tavsiyasi boʻyicha izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar faoliyatining samaradorligini nazorat qilish Kollegial organ tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring natijalariga koʻra tegishli ixtisoslik boʻyicha dissertatsiyalarni belgilangan muddatlarda himoya qilmagan izlanuvchilar (ketma-ket uch nafar va undan ortiq) aniqlangan taqdirda, ushbu ixtisoslik boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutining faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaroriga muvofiq har yili mart oyida toʻxtatiladi.
Bunda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutining faoliyati uch yil oʻtgandan soʻng mazkur Nizomning 2-bobiga muvofiq qayta tiklanishi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Qonunchilikda nazarda tutilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim talablarini bajargan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga oʻrnatilgan tartibda davlat namunasidagi tegishli falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) diplomi beriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tegishli ixtisosliklar boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

F.I.O.

Tugʻilgan yili

Ixtisoslik shifri va nomi,

dissertatsiya mavzuyi

Ilmiy darajasi,

ilmiy unvoni

Ish joyi va lavozimi

Keyingi

5 yilda ixtisoslik boʻyicha asosiy ilmiy ishlari

(monografiya, maqolalar) roʻyxati







Rahbar

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Sana “____” ________ ____yil

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Falsafa doktori (PhD)
‎diplomining davlat namunasi
‎(tasviri)






‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri






‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

‎‎




‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission based on the decision of the scientific council at the‎‎Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi
‎‎……………………………......................................................
‎‎……………..……......................................................
‎‎ilmiy kengashining qaroriga asosan
‎‎hereby confers the scientific degree of
‎‎……………………...................................................................

‎‎DOCTOR OF PNILOSOPHY (PhD)

‎‎…………………………….…………........ fanlari boʻyicha
‎‎in ................................................................................

‎‎FALSAFA DOKTORI

‎‎to ................................................................................‎‎ilmiy darajasini berdi.
‎‎00 № 000000

Date:‎

,

‎‎, records

‎‎00 № 000000

Sana:‎

,

‎‎‎‎, -son bayonnoma

Chairman‎‎Chief Scientific
‎Secretary
Rais‎‎Bosh ilmiy
‎kotib
‎‎T a s h k e n t

‎‎Reg. №

‎‎T o s h k e n t‎‎Qaydnoma

‎‎Falsafa doktori diplomi

‎‎Falsafa doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

‎‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

‎‎Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
‎Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
‎1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
‎2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;
‎3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
‎4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;
‎5) maxsus qogʻozdan foydalanish;
‎6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
‎7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Fan doktori (DSc)
‎diplomining davlat namunasi
‎(tasviri)


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission based on the decision of the scientific council at the‎‎Oliy attestatsiya komissiyasi
‎‎……………………………......................................................
‎‎……………..……......................................................
‎‎huzuridagi ilmiy kengashining qaroriga asosan
‎‎hereby confers the scientific degree of
‎‎……………………...................................................................

DOCTOR OF SCIENCES (DSc)

‎‎…………………………….…………......................................
‎‎in ................................................................................

‎‎FANLARI DOKTORI

‎‎to ................................................................................‎‎ilmiy darajasini berdi.
‎‎00 № 000000

Date:‎

,

‎‎, records

‎‎00 № 000000

Sana:‎

,

‎‎‎‎, -son bayonnoma

Chairman‎‎Chief Scientific
‎Secretary
Rais‎‎Bosh ilmiy
‎kotib
‎‎T a s h k e n t

‎‎Reg. №

‎‎T o s h k e n t‎‎Qaydnoma

Fan doktori diplomi

‎‎Fan doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

‎‎Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
‎Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
‎1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
‎2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;
‎3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
‎4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;
‎5) maxsus qogʻozdan foydalanish;
‎6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
‎7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Dotsent attestatining
‎davlat namunasi
‎(tasviri)


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

‎‎The Supreme Attestation Commission upon the recommendation of the souncil of theOliy attestatsiya komissiyasi
……………..……......................................................‎‎……………………………......................................................
‎‎hereby awards the scientific title of‎‎ilmiy kengashining tavsiyasiga koʻra

‎‎DOCENT

of….....………………………………………………...................................................................................................‎‎
‎....................................................................................boʻyicha
to.................................................................................

‎‎DOTSENT

‎‎ilmiy unvonida tasdiqladi.
‎‎00 № 000000

Date:‎

,

‎‎, records

‎‎00 № 000000

Sana:‎

,

‎‎‎‎, -son bayonnoma

Chairman‎‎Chief Scientific
‎Secretary
Rais‎‎Bosh ilmiy
‎kotib
‎‎T a s h k e n t

‎‎Reg. №

‎‎T o s h k e n t‎‎Qaydnoma

Dotsent attestati

Dotsent attestati yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

‎‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
‎Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
‎1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
‎2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;
‎3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
‎4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;
‎5) maxsus qogʻozdan foydalanish;
‎6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
‎7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Katta ilmiy xodim attestatining
‎davlat namunasi
‎(tasviri)


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI


‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission upon the recommendation of the souncil of theOliy attestatsiya komissiyasi
‎‎……………………………......................................................
‎‎……………..……......................................................
‎hereby awards the scientific title of
ilmiy kengashining tavsiyasiga koʻra

SENIOR SCIENTIFIC RESEARCHER

‎...................................................................................................‎‎ ‎....................................................................................boʻyicha
of….....………………………………………………

KATTA ILMIY XODIM

to.................................................................................‎‎ilmiy unvonida tasdiqladi.
‎‎00 № 000000

Date:‎

,

‎‎, records

‎‎00 № 000000

Sana:‎

,

‎‎‎‎, -son bayonnoma

Chairman‎‎Chief Scientific
‎Secretary
Rais‎‎Bosh ilmiy
‎kotib
‎‎T a s h k e n t

‎‎Reg. №

‎‎T o s h k e n t‎‎Qaydnoma

Katta ilmiy xodim attestati

Katta ilmiy xodim attestati yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
‎Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
‎1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
‎2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;
‎3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
‎4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;
‎5) maxsus qogʻozdan foydalanish;
‎6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
‎7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Professor attestatining
‎davlat namunasi
‎(tasviri)


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



‎Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlig huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI



‎‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

The Supreme Attestation Commission upon the recommendation of the souncil of theOliy attestatsiya komissiyasi
‎‎……………………………......................................................
‎‎……………..……......................................................
‎hereby awards the scientific title of
ilmiy kengashining tavsiyasiga koʻra

PROFESSOR

‎...................................................................................................‎‎ ‎....................................................................................boʻyicha
of….....………………………………………………

PROFESSOR

to.................................................................................‎‎ilmiy unvonida tasdiqladi.
‎‎00 № 000000

Date:‎

,

‎‎, records

‎‎00 № 000000

Sana:‎

,

‎‎‎‎, -son bayonnoma

Chairman‎‎Chief Scientific
‎Secretary
Rais‎‎Bosh ilmiy
‎kotib
‎‎T a s h k e n t

‎‎Reg. №

‎‎T o s h k e n t‎‎Qaydnoma

Professor attestati

Professor attestati yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
‎OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

‎SUPREME ATTESTATION COMMISSION
‎at the Ministry of Higher education, science and innovations
‎of the Republic of Uzbekistan

Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
‎Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
‎Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
‎1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
‎2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;
‎3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
‎4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;
‎5) maxsus qogʻozdan foydalanish;
‎6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
‎7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
8-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISHLAR
1. 1-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari, shuningdek 1, 2 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
toʻrtinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi ishlariga hamda fan doktori ilmiy darajasi” soʻzlari “dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy, bundan buyon — PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, bundan buyon — DSc) ilmiy darajalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” soʻzlari “falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ilmiy tashkilotlari” soʻzlari “oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari monitoringini olib boradi, shuningdek ularni roʻyxatdan oʻtkazadi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi” soʻzlari “tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy unvonini” soʻzlari “ilmiy darajalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” soʻzlari “ilmiy darajalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalarining” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarning”” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi, oʻn birinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “fan doktori” soʻzlari “ilmiy daraja” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “fan doktori” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi” soʻzlari “dissertatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “fan doktori” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi, oltinchi, sakkizinchi, oʻn birinchi xatboshlardagi “fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha” soʻzlari “ilmiy darajalar beruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-bandda toʻrtinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” soʻzlari “ilmiy darajalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish boʻyicha ilmiy kengashlar” soʻzlari “ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” soʻzlari “ilmiy darajalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish boʻyicha” soʻzlari “ilmiy darajalar beruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalari” soʻzlari “dissertatsiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 16-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “doktorlik dissertatsiyalarining” soʻzlari “dissertatsiyalarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
j) 17-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha” soʻzlari “ilmiy darajalar beruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 26-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Taqdim etilgan dissertatsiyalarni, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ishini va attestatsiya oʻtkazishda talablarning yagonaligi taʼminlanishini nazorat qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqish, shuningdek OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlash uchun fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalaridagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspert kengashlari tashkil etiladi.”;
i) 28-banddagi “fan doktori ilmiy darajasi” soʻzlari “ilmiy darajalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” soʻzlari “ilmiy darajalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 30-banddagi “Fan doktori ilmiy darajasini” soʻzlari “ilmiy darajalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 396-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 22.07.2019-y., 09/19/606/3457-son, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son; 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)