1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni koʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 56-bandiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-avgust,
PF-5528-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5528-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
“1. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish, almashtirish, undan foydalanish tartibini, shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi”.
2. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Fuqaroning doimiy roʻyxati mavjud boʻlmagan taqdirda pasport olish uchun u oldingi roʻyxatda turgan joyi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi mumkin.
Propiskaga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda fuqaro pasport olish uchun oʻzi turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi mumkin”.
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Harbiy xizmatchining doimiy roʻyxati mavjud boʻlmagan taqdirda pasport olish uchun u oldingi roʻyxatda turgan joyi yoki tugʻilgan joyi yoxud amalda yashab turgan joyi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi mumkin”;
8. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Pasport almashtirilganda fuqaroga ichki ishlar organi tomonidan yangi pasport unga ilgarigi pasportida mavjud va pasport berish vaqtida amalda boʻlgan barcha maʼlumotlarni koʻchirgan holda beriladi.
Pasportda fuqaroning nikohdan oʻtganligi haqidagi belgi va boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda ichki ishlar organi tomonidan fuqaroning nikohdan oʻtganligi holati shaxsning doimiy roʻyxatda turgan joyidagi yoki oxirgi yashagan joyidagi (agar manzilini oʻzgartirgan boʻlsa) FHDY boʻlimidan maʼlumotlarni olish yoʻli bilan tekshiriladi. Fuqaroning nikohi mavjudligi toʻgʻrisidagi FHDY boʻlimining maʼlumoti pasportga nikohdan oʻtganlik haqidagi shtampni qoʻyish uchun asos hisoblanadi”.
10. Quyidagi mazmundagi II1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
“II1. YOʻQOTILGAN PASPORT OʻRNIGA PASPORT BERISH
351. Fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shart.
Pasportini yoʻqotib qoʻygan fuqaro zudlik bilan doimiy roʻyxatda turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga xabar berishi lozim, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar oʻtkazilganidan keyin unga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yangi pasport beriladi.
Vaqtincha xorijda boʻlgan fuqarolar pasportini yoʻqotgan, pasporti yaroqsiz holga kelgan yoki uning amal qilish muddati tugagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etadilar, ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
352. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pasportini yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatini yoʻqotganliklari haqidagi arizalari boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan tegishincha mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakldagi maʼlumotnoma beriladi, maʼlumotnomaning orqa tomoniga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turganligi toʻgʻrisida shtamp qoʻyilishi mumkin. Maʼlumotnoma ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan beriladi.
353. Pasport yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi arizalar hisobga olish jurnalida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olinadi.
354. Respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash joyiga kelgan va yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingunga qadar pasportini yoʻqotib qoʻygan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning arizalariga koʻra ichki ishlar organlari tomonidan pasport yoʻqolgani haqidagi ish ochiladi. Pasportlar fuqaro doimiy yashash maqsadida kelgan joydagi ichki ishlar organlari tomonidan ularni roʻyxatga qoʻyish asoslari mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
Yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishga asoslar mavjud boʻlmagan hollarda pasport olish toʻgʻrisidagi ariza rad etiladi. Bunday hollarda pasport roʻyxatdan chiqishni bekor qilgan holda fuqaroning oldingi roʻyxatdan oʻtgan joyidagi yoki roʻyxatga qoʻyishga asoslar mavjud boʻlganda boshqa yangi roʻyxatdan oʻtish joyidagi ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
355. Agarda pasportlari yoʻqolgani haqida ariza bergan fuqarolar pasportlarini topib olsalar, pasport egalarining yozma arizalariga asosan pasport yoʻqolgani haqidagi ish yuritish tugatiladi. Agarda yoʻqolgan pasportlar yangi pasport berilganidan keyin topilgan taqdirda, fuqarolar topilgan pasportlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim.
356. Topilgan pasportlarda oldingi yashash joyidan roʻyxatdan chiqqanligi haqida shtamplar mavjud boʻlsa, bunday pasportlar ularni bergan ichki ishlar organlariga yoʻq qilinish uchun yuboriladi.
357. Pasportlar oʻgʻirlangan hollarda bu haqdagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga maʼlumotnomalar beriladi va ular maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan va tabiiy ofatlar (yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqalar) oqibatida pasportlari yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan va bu holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan shaxslar ham maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Fuqaro pasportini yoʻqotganda pasport yoʻqolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi. Zarur hollarda, bu muddat hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin. Istisno tariqasida, bunday arizalarni koʻrib chiqish muddati (boshqa ichki ishlar organlaridan javoblar kelmaganda, arizachining kasalligi, uning yashash joyida uzoq muddat boʻlmaganligi) olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Olti oydan ortiq muddatda javob kelmaganida, fuqaroning shaxsi tekshiriladi va undan keyin pasport beriladi.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlaridan ozod etilgan va pasportini yoʻqotgan shaxslarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotnoma beriladi. Bunday shaxslarga pasport berish masalalari ularni soʻnggi roʻyxatdan oʻtgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlsalar, koʻrib chiqiladi.
358. Xorijga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda chiqqan, ammo Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik roʻyxatida turmagan va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan paytida pasportini yoʻqotib qoʻygan fuqarolar soʻnggi doimiy roʻyxatda turgan joylaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat etadilar.
Agar arizachining turar joyi boʻlgan taqdirda, ichki ishlar organlari uni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadi, turgan joyi boʻyicha hisobga oladi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga unga pasport rasmiylashtiradi.
Agar arizachini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning turar joyi boʻlmagan taqdirda, ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda unga istisno tariqasida pasport rasmiylashtiradilar.
359. Agar fuqaro kelgan davlatida Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
3510. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan shaxs pasportini soʻnggi yashash joyidagi ichki ishlar organiga yoki turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart”;
11. III-boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“pasport tizimi qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yoʻl qoʻyganligi, shuning barobarida fuqarolarning oʻzlari egallab turgan turar joylarda pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmagan yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olinmagan shaxslarning yashashiga yoʻl qoʻyganligi;
fuqarolarning pasportlarini noqonuniy olib qoʻyish yoki pasportlarni garov sifatida qabul qilish”.
14. Quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hududiy ichki ishlar organining shtampi
20__y. “___” __________ _________________-son
MAʼLUMOTNOMA
Rasm uchun joy
Fuqaro_____________________________________________________________________ familiyasi, ismi, sharifi ____________________________________________________________________________ tugʻilgan yili va joyi ____________________________________________________________________________
pasportining yoʻqotilganligi haqida murojaat qildi.
Amal qilish muddati “_____” ____________________ 20____ y.
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hududiy ichki ishlar organining shtampi
20__y. “___” __________ _________________-son
MAʼLUMOTNOMA
Rasm uchun joy
Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ____________________________________________________________________________ (keraksizi oʻchirilsin) ____________________________________________________________________________ familiyasi, ismi, sharifi ____________________________________________________________________________ tugʻilgan yili va joyi ____________________________________________________________________________
milliy pasportni, xizmat pasportini, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni yoʻqotilganligi haqida murojaat qildi.