1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol gʻoyalarini targʻib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini eʼtirof qilgan holda, shuningdek jurnalistlar jamoalari, adiblar, olimlar va keng jamoatchilikning koʻplab takliflarini inobatga olib:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
1. Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27-iyun belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-iyun,
PF-613-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 276-modda)