toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, muzeylarga innovatsion texnologiyalarni samarali qoʻllash, shuningdek, muzeylarda oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey toʻplamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targʻib qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qoʻshimcha xizmatlarning manzilli rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022 — 2024-yillarda yangi tashkil etiladigan ekspozitsiyalarning manzilli rejasi 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil qilishning manzilli rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq;
Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish rejasi 5-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga koʻra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 188, 264-moddalari.
pulli xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi, qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi;
davlat muzeylariga ularda tashkil etiladigan xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniy meros agentligi) bilan kelishgan hamda bozor konyunkturasini hisobga olgan holda, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.
Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turkiya Respublikasining malakali kompaniyasini jalb etgan holda Toshkent shahri shahar budjeti mablagʻlari va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan 2022-yil 1-noyabrga qadar jahonning mashhur muzeylaridagi eng ilgʻor tajribalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi binolarini zamonaviy rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalarini yaratish hamda ularda xizmatlar koʻrsatish sohasini namuna sifatida tayyorlayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin, bunda, zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni chuqur ilmiy-tarixiy asoslanishiga eʼtibor qaratsin.
4. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika ishchi guruhining (A.A. Abduxakimov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
muzeylar faoliyatini takomillashtirish va ular faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bu borada belgilangan vazifalarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishini muvofiqlashtirish;
muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ular faoliyatini keng targʻib qilish va ommalashtirish, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirib borish;
muzeylarning zamonaviy yangi konsepsiyalari, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, sohaga xorijiy ilgʻor tajribalarni samarali qoʻllash, muzeylar faoliyatini raqamlashtirish;
zamonaviy ilgʻor arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzey faoliyatining yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlash;
foydalanilmayotgan, turistlar uchun ochiq boʻlmagan va turistik xizmatlar koʻrsatilmayotgan mos madaniy meros obyektlarini muzeylar, koʻrgazmalar, art-rezidensiyalar, boshqa madaniyat va turizm obyektlariga aylantirish choralarini koʻrish.
5. 2023 — 2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, ushbu qarorga 8-ilovaga muvofiq arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm obyektiga aylantirish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, bu boradagi xarajatlar madaniy meros sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti va tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, davlat tashkilotlari va muassasalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.
Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N. Sattarov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan oʻzlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlar namunalarining tegishli davlat muzeylariga bepul berilishini muvofiqlashtirsin.
7. Aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi 2022-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etilsin va doimiy ravishda oʻtkazib borilsin.
8. Belgilansinki, “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida:
davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini xarid qilish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamgʻarmasiga Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha 3 mlrd soʻmdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan 500 million soʻmdan mablagʻ ajratib boriladi, amaliy talabni inobatga olingan holda ushbu mablagʻ miqdori oshirilishi mumkin;
ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng koʻlamda targʻibot-tashviqot ishlari hamda joylarda ekspeditsiyalar tashkil etiladi;
madaniy boyliklarni aniqlash va davlat muzeylariga topshirishda faol ishtirok etgan aholi vakillarining namunali faoliyati keng targʻib etiladi hamda ular qoʻllab-quvvatlanadi;
har yili davlat muzeylariga aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar koʻrgazmasi tashkil etiladi hamda ular haqidagi maʼlumotlar Madaniy meros agentligi va tegishli davlat muzeyining rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtirib boriladi.
9. Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
har yili “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini yil davomida yuqori saviyada oʻtkazish va unda faol ishtirok etgan shaxslarni munosib ragʻbatlantirish;
2022-yil yakuniga qadar aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
10. Turizm va madaniy meros vazirligi (B.Z. Shaxriyorov), Xalq taʼlimi vazirligi (B.O. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov), vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etsin.
11. Belgilansinki, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida:
turizm infratuzilma subyektlariga (joylashtirish vositalariga) chegirma taqdim qilish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etiladi;
davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, taʼlim muassasalari oʻquvchilarining, nogironligi boʻlgan shaxslarning joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanishi mumkin;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari toʻliq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan qoplanadi;
davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili kamida bir marta budjetdan tashqari mablagʻlar, kasaba uyushmalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun muzeylarga kirish chiptalarini xarid qilish amaliyoti joriy etiladi.
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2022-yil uchun, shuningdek 2023-yildan har yili dekabr oyiga qadar “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
Bunda, moliyalashtirish miqdori va manbalari belgilangan holda, jumladan muzeylarga tashrifi tashkil etiladigan:
hududlar kesimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari va nogironligi boʻlgan shaxslar soni;
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari soni;
vazirlik va idoralar, yirik tarmoq va sohalar kesimida davlat tashkilotlarining xodimlari soni nazarda tutiladi.
13. Muzeylar faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
davlat muzeylarida oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va madaniy-maʼrifiy tadbirlarning har yilgi kalendar rejasini Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi, mazkur kalendar reja Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi va davlat muzeylarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi hamda turizm faoliyati subyektlariga yetkaziladi;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston tarixi” telekanali Madaniy meros agentligining bosh axborot hamkori etib belgilanadi. Bunda, Madaniy meros agentligi va “Oʻzbekiston tarixi” telekanali har yarim yillik uchun madaniy meros va muzeylar sohasini keng targʻib qilish boʻyicha media-rejani ishlab chiqib, amalga oshiradi;
Madaniy meros agentligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallarni “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida tomoshabinlar uchun qulay boʻlgan vaqtlarda bepul efirga uzatish yoʻlga qoʻyiladi;
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan har yili kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun moʻljallangan audiovizual targʻibot materiallari tayyorlanib, keng ommalashtirib boriladi. Bu boradagi xarajatlar mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
moddiy madaniy meros obyektining koʻchmas mulki hisoblanmagan davlat muzeylari hududlaridagi boʻsh yer maydonlariga belgilangan tartibda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatiladi, ushbu tadbirlar Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Madaniy meros agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrsin.
14. Muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yildan boshlab:
har ikki yilda bir marta may oyining ikkinchi oʻn kunligida “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yoʻli” tadqiqotlari” koʻp jildli katalog taqdimoti, koʻrik-tanlov, koʻrgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari oʻtkaziladi;
har yili muzeylarga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan muzeylar sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning kamida 10 nafarini chet elga malaka oshirish va tajriba almashish uchun yuborish majburiy yoʻlga qoʻyiladi;
har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan muzey hamda 100 nafar mutaxassisga Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) aʼzolik badalini toʻlab berish amaliyoti joriy etiladi.
Madaniy meros agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan choralarni koʻrsin.
15. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) Madaniy meros agentligi, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (Sh.Sh. Xasanov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda:
ikki oy muddatda har bir muzeydagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish manzilli rejasini tasdiqlasin;
ushbu manzilli rejaga muvofiq mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha muzeylardagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar komissiyalarini tuzgan holda toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa madaniy boyliklarni ishonchli muhofaza qilish choralarini kuchaytirsin.
16. Madaniy meros agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.H. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar:
davlat muzeylaridagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish hamda Milliy muzey fondi davlat elektron katalogini toʻliq shakllantirish va samarali yuritish choralarini koʻrsin;
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogida noyob muzey ashyolarining yuqori sifatdagi fotosuratlari va 3D koʻrinishlarini joylashtirib, ularni monetizatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogining madaniy boyliklarning xalqaro qidiruv tizimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektron xizmatlar maʼlumot bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
17. Madaniy meros agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Madaniy meros agentligi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari A.A. Joʻraboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-may,
PQ-261-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
1-ILOVA
2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qoʻshimcha xizmatlarning
MANZILLI REJASI

T/r

Muzey nomi

Davlat muzeylarida qoʻshimcha tashkil etiladigan xizmatlarning turlari, ularning boshlanish muddatlari va eng kam miqdorlari

“Muzeyda tun”, “Open Air Fest” kabi koʻngilochar dasturlar, konsert, tomoshalar

Usta-hunarmandlarning mahorat darslari

Sovgʻalar va suvenir doʻkoni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari

Onlayn doʻkonlar

Rassomlar, artistlar va folklor jamoalari, hunarmandlar uchun maxsus hududlar

Fotosessiya uchun maxsus hududlar

1.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2022-yil iyul

(10 ta)

2.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

(10 ta)

3.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil sentabr (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2022-yil iyul

(10 ta)

4.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2022-yil iyul

(5 ta)

5.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil avgust

2023-yil mart

(5 ta)

6.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil noyabr (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2023-yil mart

(3 ta)

7.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil iyul

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

8.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil iyul

2023-yil mart

2023-yil may

2022-yil avgust

9.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

10.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Har chorak

(2 ta)

Har chorak

(5 ta)

2022-yil iyul

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

11.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2023-yil mart

12.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

Har chorak

2023-yil yanvar

2023-yil mart

2023-yil mart

13.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

14.

Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2023-yil aprel

2023-yil dekabr

15.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

17.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil may

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

18.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

19.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil mart

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

20.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

21.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

22.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

23.

Termiz Arxeologiya muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

24.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil iyul

2023-yil mart

25.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil avgust

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

26.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil dekabr

2023-yil noyabr

2023-yil sentabr

2023-yil iyun

27.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil oktabr

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

Izoh: davlat muzeylarida ushbu manzilli rejada koʻrsatilmagan boshqa xizmatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi. Davlat muzeylari 2022-2023-yillar va kelgusi yillarda ushbu manzilli rejada belgilangan koʻrsatkichlardan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha xizmatlarni tashkil etib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022 — 2024-yillarda yangi tashkil etiladigan ekspozitsiyalarning
MANZILLI REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Muzey nomi

Ekspozitsiya nomi va unda alohida eʼtibor beriladigan jihatlar

Muddati

Masʼullar

1.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Oʻzbek xalqi tarixining asosiy bosqichlari

(eng qadimgi davrdan bugungacha)

2022-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya

Kishilik tarixidagi Birinchi Renessans

Aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar rivojidagi tarixiy yuksalishda yurtimiz olimlarining xizmatlari:

Muhammad al-Xorazmiy;

Ahmad Fargʻoniy;

Imom al-Buxoriy;

Muhammad at-Termiziy;

Abu Nasr Farobiy;

Abu Bakr Xorazmiy;

Abu Abdulla Xorazmiy;

Abu Rayhon Beruniy;

Ibn Sino;

Yusuf Xos Hojib;

Mahmud Qoshgʻariy;

Ahmad Yassaviy;

Ismoil Jurjoniy;

Mahmud az-Zamaxshariy;

Mahmud Chagʻminiy;

Burhoniddin al-Margʻinoniy;

Najmiddin Kubro.

2023-yil aprel

Kishilik tarixidagi Ikkinchi Renessans

Amir Temur va temuriylar davri;

Bahouddin Naqshband;

Saʼdiddin Taftazoniy;

Mir Sayyid Jurjoniy;

Xoja Muhammad Porso;

Mirzo Ulugʻbek;

Qozizoda Rumiy;

Nizomiddin Shomiy;

Sakkokiy;

Gʻiyosiddin al-Koshiy;

Yoqub Charxiy;

Sharafiddin Ali Yazdiy;

Hofizi Abru;

Lutfiy;

Ali Qushchi;

Xoja Ahror;

Abdurazzoq Samarqandiy;

Abdurahmon Jomiy;

Mirxond;

Davlatshoh Samarqandiy;

Alisher Navoiy;

Kamoliddin Behzod;

Xondamir;

Zahiriddin Muhammad Bobur.

2023-yil aprel

2.

Toshkent tarixi muzeyi

Qadimgi Toshkent

(Toshkent vohasi moddiy madaniyati)

Toshkent Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarida

Qaffol Shoshiy;

Zangiota;

Shayx Zayniddin bobo;

Shayx Xovandi Tohur

Hofiz Koʻhakiy;

Shoshiy taxallusi bilan mashhur allomalar.

2023-yil aprel

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya

3.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

Sharq allomalarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qoʻshgan hissasi

Muhammad al-Xorazmiy;

Ahm��d Fargʻoniy;

Abu Rayhon Beruniy;

Ibn Sino;

Mahmud Chagʻminiy;

Mirzo Ulugʻbek;

Ali Qushchi va boshqalar.

2022-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

4.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari sanʼati

Birinchi Renessans davri meʼmorchilik sanʼati;

Ikkinchi Renessans davri meʼmorchilik sanʼati;

Mirak Naqqosh;

Kamoliddin Behzod;

Mahmud Muzahhib;

Sulton Ali Mashhadiy;

Xattotlik sanʼati tarixi.

2023-yil mart

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qadimgi sivilizatsiya izlari

Qadimgi madaniyat;

Ayozqalʼa;

Katta Guldursunqalʼa;

Qirqqizqalʼa;

Tuproqqalʼa;

Chilpiqqalʼa;

Gaurqalʼa.

2023-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

6.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Boburiylar yurti

Mingtepa;

Andijon;

Zahiriddin Muhammad Bobur;

Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni.

2023-yil aprel

Andijon viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

7.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Islom yuksalgan yurt

Boykent;

Varaxsha;

Alp Er Toʻnga;

Hofiz Kabir Buxoriy;

Imom al-Buxoriy;

Bahouddin Naqshband;

Ibn Sino;

Oʻzbek davlati somoniylar, qoraxoniylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mangʻitlar davrlarida;

Jadidlar.

2023-yil noyabr

Buxoro viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

8.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Yurt darvozasi

Toshqoʻrgʻon;

Qaliyatepa;

Ustrushona;

Temir darvoza;

1916-yilgi Jizzax qoʻzgʻoloni.

2023-yil aprel

Jizzax viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

9.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Nasafiylar yurti

Yerqoʻrgʻon;

Uzunqir;

Sangirtepa;

Nasaf;

Nasafiylar.

2023-yil may

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

10.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Sohibqiron tugʻilgan yurt

Amir Temur;

Oqsaroy, Dor us-siyodat, Dor ut-tilovat, Koʻk gumbaz va boshqalar;

Hunarmandchilik;

Xisrav Dehlaviy;

Bedil;

Mirzo Gʻolib.

2023-yil iyun

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

11.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Toshlarga muhrlangan tarix

Qoyatosh suratlarida aks etgan ibtidoiy odamlar hayoti, ovchilik manzaralari, jang manzaralari.

2024-yil aprel

Navoiy viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

12.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Yer yuzining sayqali

Afrosiyob;

Amir Temur poytaxti;

Mirzo Ulugʻbek;

Qozizoda Rumiy;

Gʻiyosiddin al-Koshiy;

Ali Qushchi.

2023-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

13.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Hadis ilmi dargʻalari

Iso Termiziy;

Hakim Termiziy va boshqa hadisshunoslar.

2023-yil sentabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

14.

Termiz arxeologiya muzeyi

Ilk davlatchilik kurtaklari

Ilk shahar-davlatlar:

Sopollitepa;

Jarqoʻton;

Kushoniylar;

Termiziylar.

2023-yil oktabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

15.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Ustrushona

Ustrushona tarixi, savdo yoʻllari, karvon yoʻllari, tashqi aloqalari.

2023-yil noyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Tarixiy manzilgohlar

Obirahmat;

Xoʻjakent qoyatosh suratlari;

Turk hoqonligi;

Kavardon.

2024-yil avgust

Toshkent viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

17.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Sharq darvozasi

Koʻhna Fargʻona;

Oʻzbek davlati qoraxoniylar davrida;

Ahmad Fargʻoniy;

Mahmud Qoshgʻariy;

Yusuf Xos Hojib;

Birinchi Renessans davri.

2024-yil sentabr

Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

18.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Qoʻqon adabiy muhiti

Qoʻqon qogʻozchiligi;

Mashrab;

Gulxaniy;

Nodirabegim;

Uvaysiy;

Muqimiy;

Furqat.

2024-yil sentabr

Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

19.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Koʻhna Xorazm

Oʻzbek davlatchiligi tarixida xorazmshohlar;

Xorazm taqvimi;

Maʼmun akademiyasi;

xorazmlik olimlar, adiblar, soʻfiylar.

2024-yil sentabr

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

20.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Mashrab yurti

Axsikent;

Qadimgi Pop;

Mugʻtepa;

Qirqxujra;

Mashrab.

2024-yil may

Namangan viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

21.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

2024-yil Parij shahrida oʻtkaziladigan navbatdagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga bagʻishlangan ekspozitsiya.

2024-yil dekabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi

22.

Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi

Turon harbiy sanʼati

Harbiy sanʼat va usul;

Harbiy qurol-aslahalar;

Mudofaa tizimi (inshootlar);

Buyuk qoʻshinboshilar.

2024-yil oktabr

Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

Izoh.
Ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet, Madaniy meros jamgʻarmasi, muzeylar sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ekspozitsiyalar olimlar va mutaxassislar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida tashkil qilinadi.
Ekspozitsiya nomi va unda alohida eʼtibor beriladigan jihatlar, shu jumladan oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatining yoritilishi tasdiqlangan konsepsiyaga asosan oʻzgarishi mumkin.
Tashkil etiladigan ekspozitsiyalar uchun belgilangan tartibda boshqa muzey va idoralardan muzey ashyolari va kolleksiyalari olinishi mumkin.
Tegishli muzeylar ushbu rejada belgilangan ekspozitsiya mavzulari doirasida doimiy ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi va tarixiy manbalarni toʻplab boradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
3-ILOVA
2022 — 2024-yillarda davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil qilishning
MANZILLI REJASI

T/r

Restavratsiya laboratoriyasi tashkil etiladigan muzey nomi

Ixtisosligi

Amalga oshirish muddati

1.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Arxeologiya va etnografiya ashyolari

2022-yil

2.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

Tasviriy sanʼat

3.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

Tasviriy sanʼat

4.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Etnografiya va amaliy sanʼat

2023-yil

5.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Xalq amaliy sanʼati

6.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Meʼmorchilikka oid ashyolar

7.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Yogʻoch va metall buyumlar

8.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Meʼmorchilikka oid ashyolar

9.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Tasviriy sanʼat

2024-yil

10.

Termiz arxeologiya muzeyi

Arxeologiya ashyolari

11.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Xalq amaliy sanʼati

12.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qoyatosh suratlari

13.

Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi

Kino, foto va fono ashyolar

14.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Arxeologiya va etnografiya ashyolari

Izoh.
Ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har yili muzeylar sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan mazkur rejada koʻrsatilgan restavratsiya laboratoriyalarining ixtisosligi va ularni tashkil etish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
4-ILOVA
Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Muzey nomi

Replikatsiyalari tayyorlanadigan asarlar soni, ta

Masʼullar

Jami

Shundan yillar boʻyicha

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

210

20

40

50

50

50

Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

2.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

210

20

40

50

50

50

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

3.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

140

20

30

30

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

4.

Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi

65

10

10

15

15

15

“Milliy bank” AJ, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti

5.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

50

10

10

10

10

10

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya

6.

Sanʼatshunoslik instituti

150

10

30

30

40

40

Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Toshkent shahri hokimligi

7.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

160

20

30

30

40

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

8.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

85

10

15

20

20

20

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Andijon viloyati hokimligi

9.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi

150

20

30

30

30

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Buxoro viloyati hokimligi

10.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

25

5

5

5

5

5

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Jizzax viloyati hokimligi

11.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

50

10

10

10

10

10

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Qashqadaryo viloyati hokimligi

12.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

60

10

20

20

20

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Namangan viloyati hokimligi

13.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi

150

20

30

30

30

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Samarqand viloyati hokimligi

14.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

50

10

10

10

10

10

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Termiz arxeologiya muzeyi

100

10

10

20

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

100

10

10

20

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Fargʻona viloyati hokimligi

17.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi

140

15

20

30

35

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Fargʻona viloyati hokimligi

18.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi

150

20

20

30

40

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Sanʼatshunoslik instituti, Xorazm viloyati hokimligi

Izoh: replikatsiyalar ijrochilar, tashabbuskorlar, muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tayyorlanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
5-ILOVA
Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish
REJASI*

T/r

Davlat muzeylari nomi

Hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilayotgan xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar nomi

1.

Madaniy meros agentligi;

Oʻzbekiston muzeylar kengashi;

Respublika ahamiyatidagi davlat muzeylari.

1. Mustaqil muzeylar assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)

2. Amerika muzeylari ittifoqi (AQSH)

3. Britaniya muzey doʻstlari assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)

4. Irlandiya muzeylar assotsiatsiyasi (Irlandiya)

5. Muzeylar kompyuter tarmogʻi (AQSH)

6. Muzeylar kompyuter guruhi (Museums Computer Group) (Buyuk Britaniya)

7. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

8. Konservatsiyalash instituti (Italiya)

2.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi.

1. Koreya milliy etnografiya muzeyi

2. Nara milliy muzeyi (Yaponiya)

3. Xitoy milliy muzeyi

4. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

5. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

6. Islom sanʼati muzeyi (Turkiya)

3.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi.

1. Moskvadagi Tretyakov galereyasi

2. Qozogʻiston davlat milliy muzeyi

3. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

4.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi.

1. Dunyo xalqlari anʼanaviy sanʼati muzeyi (Rossiya)

2. Turk va islom sanʼati muzeyi (Turkiya)

3. Turkman gilamlari milliy muzeyi

4. A.L. Shtiglits nomidagi Sankt-Peterburg davlat badiiy-sanoat akademiyasining amaliy sanʼat muzeyi (Rossiya)

5.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi.

1. Tabiiy tarix muzeyi (Buyuk Britaniya)

2. Amerika tabiiy tarix muzeyi (AQSH)

3. Tabiat muzeyi (Qozogʻiston)

6.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi.

1. Davlat sport muzeyi (Rossiya)

2. Olimpiya muzeyi (Shveysariya)

3. Afina olimpiya muzeyi (Gretsiya)

4. Galatasaroy sport muzeyi (Turkiya)

5. Yaponiya olimpiya muzeyi

6. Gruziya sport tarixi muzeyi

7. Amerika sport muzeyi (AQSH)

7.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon adabiyoti milliy muzeyi

8.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi.

Malik milliy muzeyi (Eron)

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

1. Qozogʻiston davlat milliy muzeyi

2. Qozogʻiston davlat markaziy muzeyi

10.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi.

1. Rossiya davlat muzeyi

2. Milliy portret galereyasi (Buyuk Britaniya)

3. Milliy sanʼat markazi (Yaponiya)

4. G. Aytiyev nomidagi Qirgʻiziston tasviriy sanʼat milliy muzeyi

11.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

Qirgʻiziston tarixi davlat muzeyi

12.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. Saritsino muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

2. Gatchina muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

3. Yevropa va Oʻrta yer dengizi sivilizatsiyalari muzeyi (Fransiya)

13.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

“Sulaymon-Too” tarixiy-arxeologik kompleksi (Qirgʻiziston)

14.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. “Sulaymon-Too” tarixiy-arxeologik kompleksi (Qirgʻiziston)

2. “Ejulgi Taraz yeskert-kishteri” tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi (Qozogʻiston)

15.

Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi.

1. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Koreya Milliy muzeyi

16.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. Gatchina muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

2. Saritsino muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

17.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Saritsino muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

3. Kolomenskiy muzey-qoʻriqxonasi (Rossiya)

18.

Termiz arxeologiya muzeyi.

1. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

2. Istanbul arxeologiya muzeyi (Turkiya)

19.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi.

1. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Qozogʻiston davlat milliy muzeyi

3. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

20.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. Shotlandiya milliy muzeyi (Shotlandiya)

2. Issiq-koʻl davlat tarix-madaniyat muzey-qoʻriqxonasi (Qirgʻiziston)

21.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi.

1. Toʻpqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Geydar Aliyev madaniyat markazi (Ozarbayjon)

3. Turkmaniston davlat muzeyi

Izoh:
Davlat muzeylari ushbu rejada belgilangan xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni Madaniy meros agentligi, tegishli davlat muzeyining yuqori turuvchi organi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Madaniy meros agentligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda davlat muzeylariga tegishli xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilish, koʻrgazmalar tashkil etish kabi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Madaniy meros agentligi va davlat muzeylarining xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlari Madaniy meros jamgʻarmasi, davlat muzeylarining budjetdan tashqari mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu rejada keltirilmagan boshqa muzeylar ham Madaniy meros agentligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda muzeylar sohasida xalqaro hamkorlik, shu jumladan xorijiy muzeylar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishi mumkin.
*Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan, zarurat boʻlganda, mazkur rejaga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
6-ILOVA
2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼullar

I. Muzeylarda xizmatlar sifatini oshirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Muzeylarda ilgʻor xorijiy namunalar asosida marketing va xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida ushbu yoʻnalishda katta amaliy tajribaga ega boʻlgan konsalting xizmati kompaniyalarini jalb qilish.

1. Muzeylarda marketing va xizmatlar sohasi boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2022-yil iyul

Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi

2. Konsalting xizmati kompaniyalarini shartnoma asosida jalb qilish.

2022-yil avgust

3. Konsalting xizmati kompaniyalari tomonidan tegishli har bir muzey uchun marketing va xizmatlar sohasini tashkil qilish hamda rivojlantirish konsepsiyasi va rejasini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

4. Ushbu konsepsiya va rejalar asosida muzeylarda marketing va yangi xizmatlarni joriy etish.

Reja asosida

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qoʻshimcha xizmatlarning manzilli rejasida belgilangan xizmatlarni tashkil etishni moliyalashtirish.

Reja asosida

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniy meros agentligi

2.

Muzeylarda rassomlar, artistlar va milliy folklor jamoalari, hunarmandlar, bolalar uchun moʻljallangan maxsus hududlar tashkil etish va ularni keng jalb qilish, ushbu yoʻnalishda turli savdo koʻrgazmalari, festivallar tashkil etib borish.

1. Muzeylarda turli yoʻnalishlarda savdo koʻrgazmalari, festivallarni muntazam tashkil etish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Tashkil etiladigan tadbirlarga erkin rassomlar, artistlar va milliy folklor jamoalari, hunarmandlarni keng jalb qilish.

2022-yil iyuldan reja asosida

Muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari va ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida pulli xizmatlar sohasini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha marketing va xizmat turlarini tashkil etish.

1. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida pulli xizmatlar koʻrsatish turlari va tartibini tasdiqlash.

2022-yil iyul

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida qoʻshimcha marketing va xizmat turlarini tashkil etish.

Reja asosida

4.

2023 — 2026-yillarda muzeylar sohasini tubdan takomillashtirish va yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish:

muzey xodimlarining ish haqini oshirish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, muzeylarni va ularning xodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda milliy reyting tizimini joriy etish;

davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash hamda ekspozitsiya va fond sharoitlarini tubdan yaxshilash;

Toshkent shahridagi tegishli muzeylarda yaratilgan namunaviy ekspozitsiyalar asosida boshqa davlat muzeylarining zamonaviy yangi ekspozitsiyalarini yaratish;

yangi muzeylar, xususan, nodavlat muzeylarni tashkil qilish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, “Sanʼatsevar millat” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida sanʼat galereyalarini tashkil etish, muzeylarning koʻchma koʻrgazmalarini tashkil qilish;

har yili davlat muzeylari va ilmiy-tadqiqot institutlariga arxeologik va etnografik tadqiqotlar uchun davlat buyurtmasi tizimini joriy qilish.

2022-yil noyabr

Madaniy meros agentligi, Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika ishchi guruhi

5.

Muzeylarda sovgʻalar (suvenir) doʻkoni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalarisuvenir mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

1. Muzeylarda sovgʻalar (suvenir) doʻkoni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari tashkil etish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil avgust

Muzeylarning budjetdan tashqari mablagʻlari va ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari — suvenir mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

2022-yildan reja asosida

6.

Davlat muzeylarining davlat budjetidan moliyalashtirgan holda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻriqlanishini taʼminlash.

1. Qoʻriqlanadigan davlat muzeylari roʻyxatini tasdiqlash.

2022-yil avgust

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Moliya vazirligi (Ishmetov), Milliy gvardiya (Djurayev)

2. Tasdiqlangan roʻyxatga asosan obyektlarda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻriqlashni tashkil etish.

2023-yil yanvardan doimiy

7.

15 ta yirik davlat muzeyida tegishli yoʻnalishlarga ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Restavratsiya laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan zamonaviy jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallari roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil sentabr

Muzeylar sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, muzeylarning budjetdan tashqari, xalqaro grant mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taqdim etilgan zarur jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallarini roʻyxatga muvofiq xarid qilish.

3. Restavratsiya laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Reja asosida

8.

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov uy-muzeyini tashkil etish.

1. Abdulla Oripov oila-aʼzolari, mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish.

2022-yil iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Madaniy meros agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (Norov)

2. Muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, ekspozitsiyada namoyish etish uchun ashyolarni toʻplash.

2022-yil iyul

3. Muzey tashkil etiladigan bino boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil avgust

4. Muzey faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

9.

Muzeylar va ularning hududlarida bosqichma-bosqich “Muzey-restoran” yoki “Muzey-kafe”lar tashkil etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish. Bunda ilgʻor xorijiy muzeylarda tashkil etilgan “Muzey-restoran” va “Muzey-kafe”larni oʻrganish, ularni amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va tashkil etish.

2022-yil noyabrdan reja asosida

Muzeylarning budjetdan tashqari va ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Muzeylarda “Muzey-restoran” yoki “Muzey-kafe”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023-yildan doimiy

10.

Muzeylarning onlayn doʻkonlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish. Bunda ilgʻor xorijiy muzeylarning onlayn doʻkonlarini oʻrganish, ularni amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Muzeylarning budjetdan tashqari va ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Bozorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika muzeylarining onlayn doʻkonlari tizimini tashkil qilish, zarur hollarda davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga qoʻyish.

2023-yil yanvardan reja asosida

11.

“Muzey vagon” nomli koʻchma koʻrgazmalar tashkil qilish.

1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan:

koʻchma koʻrgazmalarni amalga oshirish uchun maxsus vagon ajratish;

Madaniy meros agentligi bilan birgalikda maxsus vagonni zarur jihozlar va inventarlar bilan jihozlash.

2023-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Madaniy meros agentligi tomonidan:

maxsus vagonda tashkil qilinadigan muzeyning konsepsiyasini ishlab chiqish;

ekspozitsiyada namoyish etish uchun ashyolarni saralash va ekspozitsiyani tashkil qilish;

koʻchma koʻrgazmalar kalendar rejasini tasdiqlash va tashkil qilish.

2023-yil sentabr, kelgusida muntazam

II. Muzeylar sohasini targʻib qilish va ommalashtirish

12.

Davlat muzeylarida davlatchilik tarixi hamda buyuk allomalarning hayoti va faoliyati boʻyicha yangi ekspozitsiyalar tashkil etish.

1. Yangi ekspozitsiyalarni yaratish boʻyicha olimlar va mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzish.

2022-yil iyul

Mahalliy budjet, Madaniy meros jamgʻarmasi, muzeylar sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ekspozitsiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlash.

Reja asosida

3. Tasdiqlangan konsepsiya asosida ekspozitsiyalarni yaratish.

13.

Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar xodimlari va ularning oila aʼzolarini, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi hamda talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarning muzeylar va tarixiy manzilgohlarga tashrifini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etish.

1. “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlab borish.

2022-yil uchun 1-iyul, 2023 va kelgusi yillar uchun har yili dekabr oyiga qadar

Taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, tashrif buyuruvchilar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Muzeylarning noyob ashyolari va kolleksiyalari kataloglarini tayyorlash, nashr qilish hamda kitob doʻkonlarida ularning sotuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Yilda kamida bir donadan har bir muzeyning noyob ashyolari va kolleksiyalari kataloglarini yaratish.

2. Kataloglarni nashr qilish va kitob doʻkonlarida ularning sotuvini yoʻlga qoʻyish.

2022-yildan doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Mamlakatdagi muzeylar faoliyati va muzey ashyolari tarixiga bagʻishlangan koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularning respublika telekanallarida namoyishini taʼminlash.

1. Mamlakatdagi muzeylar faoliyati va muzey ashyolari tarixiga bagʻishlangan koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash boʻyicha media reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Reja asosida respublikadagi barcha telekanallarda begʻaraz namoyishlarni tashkil etish.

2022-yil iyuldan,

media reja boʻyicha

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja)

16.

Oʻzining xayriya mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi va muzeylar uchun boshqa manfaatli xizmatlari bilan amaliy yordam koʻrsatib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni ragʻbatlantirib borish tizimini joriy qilish hamda ular ishtirokida aksiya tadbirlari oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

1. “Muzey doʻstlari” maqomiga ega boʻlish va unga ega boʻlgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash (tavsiya xarakterida).

2022-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Muzeylarda “Muzey doʻstlari” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar burchagini tashkil qilish.

2022-yil yakuniga qadar

3. “Muzey doʻstlari” respublika va mahalliy darajadagi aksiya tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yildan har yili 18-mayda

17.

Muzeylar hamda madaniy meros obyektlarida tariximiz va madaniyatimiz toʻgʻrisida tarixiy sahna koʻrinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni oʻtkazish.

1. Tarixiy sahna koʻrinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Namoyishlarni reja asosida tashkil etish.

2022-yil sentabrdan, reja boʻyicha

18.

Muzeylar va madaniy meros sohasini ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Madaniy meros agentligi va “Oʻzbekiston tarixi” telekanali tomonidan sohani keng targʻib qilish boʻyicha media reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

Har yil yarim yillikda

Davlat budjeti va ijrochilar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Madaniy meros agentligi, Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja)

2. “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan har yili kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi targʻibot materiallarini tayyorlash va keng namoyish qilish.

Har yili

19.

Oʻquvchi va talabalarning muzeylar va galereyalarga tashrif buyurish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Tashrif jadvalini ishlab chiqish hamda kelishgan holda tasdiqlash.

2. Reja-jadvalga asosan har bir taʼlim muassasasi kesimida muzeylar va galereyalarga tashriflarni tashkil etish.

Har yili sentabr oyida joriy oʻquv yili uchun

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xalq taʼlim vazirligi (Saidov), Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Davlat muzeylarida oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va madaniy-maʼrifiy tadbirlarning har yili Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kalendar reja asosida oʻtkazilishini joriy etish.

1. Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Madaniy meros agentligi

2. Tasdiqlangan kalendar rejalarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish va turizm faoliyati subyektlariga yetkazib borish.

Har yili yanvar

3. Kalendar rejada belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja asosida

21.

Davlat muzeylarida zamonaviy NFT (qoʻzgʻalmas tokenlar), golografiya va 3D kabi texnologiyalarni keng qoʻllash orqali muzeylarning ommaviyligini oshirish va marketing sohasini rivojlantirish.

1. Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, eksperiment tarzida:

Oʻzbekiston Davlat muzeylaridagi ashyolar va madaniy meros obyektlarining NFT formatini yaratish, ularni xalqaro auksionlarda sotuvga chiqarish maqsadida xavfsiz va yuqori tezlikka ega Blokcheyn platformalarida ommalashtirish va monetizatsiya qilinishini yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyida toʻlqinlar interferensiyasini qoʻllagan holda, buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usulidan foydalanib, gologrammali shoularni yaratish.

2023-yil avgust

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (Umerova), Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. NFT — sanʼat asarlarini yaratish, ommalashtirish va monetizatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash hamda kengaytirish, shuningdek, golografiya va 3D texnologiyalarini tegishli muzeylar va madaniy meros obyektlarida joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil noyabr

III. Muzeylar sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish hamda muzeylarning ilmiy salohiyati va xodimlar malakasini oshirish

22.

Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash.

1. Idoralararo ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil iyun

Turizm va madaniy meros vazirligi (Abduxakimov), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash reja-jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

3. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash.

2022-yil iyul — oktabr

4. Lavozimiga noloyiq boʻlgan davlat muzeylari rahbar va xodimlari oʻrniga bilimli, tajribali, masʼuliyati va tadbirkorlik koʻnikmalariga ega yuqori malakali, ayniqsa yosh mutaxassislarni lavozimlarga tayinlash.

2022-yil noyabr

23.

Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, quyidagi qonunchilik hujjatlarining normalarini umumlashtirib, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi, tizimlashgan yagona va yaxlit hujjat shakliga keltirish:

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun;

“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun;

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonun;

“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonun;

Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi konvensiya (1954-yil 14-may, Gaaga);

Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga boʻlgan egalik huquqini oʻzgaga berishni man etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (1970-yil 17-noyabr, Parij);

Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (1972-yil 23-noyabr, Parij);

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiya (2003-yil 17-oktabr, Parij);

sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro shartnomalar.

1. Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tuzish hamda uning tarkibini Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlash.

2022-yil iyun

Madaniy meros agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (Norov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish.

2022-yil iyul

Madaniy meros jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

3. Xorijiy ilgʻor tajribalar va amaliyotdagi muammolarni atroflicha oʻrganish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmonining 15-bandi, 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga 4-ilovaning 6, 15 va 18-bandlaridagi vazifalarni uygʻunlashtirish.

2022-yil iyul — oktabr

4. Kodeks loyihasini ishlab chiqish boʻyicha grant va boshqa manbalardan mablagʻlar jalb etish.

2022-yil iyul — oktabr

5. Kodeks loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr — 2023-yil yanvar

6. Kodeks loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

24.

Muzeylar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda har yili grant loyihalari tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish:

muzeylarda zamonaviy marketing va menejmentni yoʻlga qoʻyish;

muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish;

muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya va konservatsiya qilish;

sohaga zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, 7D gologrammai shoularni faol tatbiq etish;

muzey tarixi, ashyolar va kolleksiyalarini targʻib qilish;

muzeylarga oid eng sara kitob, katalog va boshqa nashrlarni chop etish.

1. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha grant ajratish va grant loyihalarini eʼlon qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil avgust

Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi

2. Keyingi yil uchun grant loyihalarini eʼlon qilish.

2022-yil oktabr

3. Grant gʻoliblarini aniqlash.

2022-yil noyabr

4. Grant loyihalarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash va nazorat qilib borish.

2023-yildan har yili

25.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 178-bandiga muvofiq yurtimizdagi 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha davlat dasturi qabul qilish.

Bunda:

foydalanilmayotgan, turistlar uchun ochiq boʻlmagan va turistik xizmatlar koʻrsatilmayotgan mos madaniy meros obyektlarini muzeylar, koʻrgazmalar, art-rezidensiyalar, boshqa madaniyat va turizm obyektlariga aylantirishni;

ilmiy-tadqiqot guruhlarining takliflari asosida hududlar kesimida moddiy madaniy meros obyektlarida amalga oshiriladigan koʻchmas mulkni asrashga oid ishlarning manzilli rejasini tasdiqlash, shu jumladan, Xorazm viloyatida 100 ta, Buxoro viloyatida 800 ta, Fargʻona viloyatidagi 10 tadan ortiq va boshqa hududlardagi madaniy meros obyektlarini birma-bir restavratsiya qilish;

arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish, konservatsiyalash, obodonlashtirish, 3D panjaralar oʻrnatish va uni rivojlantirishni, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vertikal nazorat tizimini oʻrnatish, mobil guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish, arxeologiya mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutish.

1. Sohadagi mavjud muammo, kamchiliklardan kelib chiqib, madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Obyektlarni shaffof ijaraga berish tizimini tashkil qilish.

3. Sohadagi holat va oʻrganish natijalariga koʻra madaniy meros obyektlarini ishonchli muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Madaniy meros agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilish yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy pedagoglarni shartnoma asosida jalb qilish.

1. Rossiya, Yevropa va AQSH kabi davlatlarning restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha yetuk pedagoglari roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil sentabr

Respublika budjeti va xalqaro grant mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (Norov)

2. Rossiya, Yevropa va AQSH kabi davlatlarning restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha yetuk pedagoglarini shartnoma asosida jalb qilish.

2023-yil sentabrdan

27.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilish yoʻnalishlari boʻyicha restavratsiya ustaxonalarini tashkil etish.

1. Muzey ashyolari va kolleksiyalarining restavratsiya ustaxonalari uchun zarur jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallari roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil oktabr

Respublika budjeti va xalqaro grant mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

2. Tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq jihoz, uskunalar va xom ashyolarni xarid qilish ishlarini tashkil etish.

2023-yil iyul

3. Restavratsiya ustaxonalarini ishga tushirish.

2023-yil sentabr

28.

Qarshi davlat universiteti huzurida Imom Nasafiy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

2023 — 2025-yillarda Abu Muin Nasafiy va nasaflik allomalar ilmiy merosini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

Imom Nasafiy ilmiy-tadqiqot markazini joylashtirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish, tuzilmasi, moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash.

2022-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Toshboyev), Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov)

29.

Buyuk ajdodlarimizning kitobat sanʼati sohasidagi boy anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish, yosh avlodning kitobat ilmiga, shu jumladan xattotlik, muqovasozlik, naqqoshlik, miniatura sanʼatiga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida Kitobat ilmi maktabini tashkil etish.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 174-bandida belgilangan vazifalar inobatga olinadi.

1. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Kitobat ilmi maktabiga mos bino ajratish yoki, zarur hollarda, yangi bino qurish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2022-yil oktabr

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (Minovarov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Toshboyev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Kadastr agentligi (Pulatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Madaniy meros agentligi

2. Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Kitobat ilmi maktabini joylashtirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash kabi boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi asoslangan va kelishilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

30.

Muzeylarni malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash.

1. Muzeylarning malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganligi holatini tahlil qilish.

2. Tahlil natijalariga asosan muzeylarning istiqboldagi talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

“Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi hamda unin? doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yoʻli” tadqiqotlari” koʻp jildli katalogi taqdimoti, koʻrik-tanlov, koʻrgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlarini oʻtkazib borish.

1. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etishga qaratilgan tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil fevral

Davlat budjeti va ijrochilar mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tadbirlarni belgilangan reja asosida yuqori saviyada oʻtkazib borish.

2023-yildan har ikki yilda bir marta may oyida

32.

Muzeyshunos va arxeologlarning ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganishi va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishini tashkil etish maqsadida har yili muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan kamida 10 nafar xodimning chet elda malaka oshirishi va tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish.

1. Chet elda malaka oshiradigan muzey xodimlari roʻyxatini shakllantirish.

Har yili yanvar

Muzeylarga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, davlat muzeylarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ularning yil davomida chet elda kamida bir hafta malaka oshirishini taʼminlash.

Har yili reja asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
7-ILOVA
Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika ishchi guruhi
TARKIBI

1.

A. Abduxakimov

Bosh vazirning oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari*

3.

Lavozimi boʻyicha

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

4.

Sh. Aminov

Bosh prokuror oʻrinbosari

5.

O. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

7.

J. Abruyev

moliya vazirining oʻrinbosari

8.

B. Shaxriyorov

turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari

9.

Gʻ. Rejabov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

10.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

11.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

12.

B. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

13.

S. Aliyev

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

14.

T. Qoʻziyev

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

15.

Sh. Pidayev

Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti direktori

16.

R. Suleymanov

Oʻzbekiston Milliy universiteti arxeologiya kafedrasi professori, arxeolog, tarix fanlari doktori, fan arbobi

17.

J. Ismoilova

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori

18.

V. Fayziyeva

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi direktori

19.

Sh. Hasanov

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshligʻi, Respublika ishchi guruhi kotibi

Izoh:
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlari tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
8-ILOVA
2023 — 2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining
MANZILLI REJASI

T/r

Arxeologiya yodgorliklari nomi

Manzili

Yakunlash muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Dalvarzintepa

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani

2023-yil oktabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Mingtepa

Andijon viloyati, Marhamat tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi

3.

Chilonzor Oqtepasi

Toshkent shahri, Chilonzor tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi

4.

Sherozqalʼa

Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi

5.

Qoʻyqirilgan qalʼa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

Nur qalʼasi

Navoiy viloyati, Nurota tumani

2024-yil oktabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati hokimligi

7.

Qadimgi Pop (Munchoqtepa)

Namangan viloyati, Pop tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Namangan viloyati hokimligi

8.

Qaliyatepa

Jizzax viloyati, Jizzax shahri

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Jizzax viloyati hokimligi

9.

Qoratepa

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Quva shahristoni

Fargʻona viloyati, Quva tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Fargʻona viloyati hokimligi

11.

Aqchaxan qalʼa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani

2025-yil sentabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Poykent

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro viloyati hokimligi

13.

Yunusobod Oqtepasi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi

14.

Qanqa

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati hokimligi

15.

Afrosiyob

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

2026-yil sentabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi

16.

Tuproqqalʼa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Yerqoʻrgʻon

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

18.

Qoratosh tepa (Xumbuz)

Xorazm viloyati, Hazorasp tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

Izoh: ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har yili madaniy meros sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 07/22/261/0456-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)