toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2992]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-fevral,
2-2018-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-fevral,
40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 2-2018 va 40-son qaroriga
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qoʻshimcha qabul qilgan tasarrufida akademik litsey boʻlgan idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalari rahbariyati oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqiga ega.
2-bob. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litsey uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratish
3. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab- quvvatlashning moliyaviy manbasi boʻlib, oliy taʼlim muassasasiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi (bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini chiqarib tashlagan holda) hisoblanadi.
Bunda, akademik litseyga mablagʻlar toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi hisobidan oliy taʼlim muassasasini saqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy ishlarni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarni malakasini oshirish va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining qarorlari asosida belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashdan ortgan qismidan ajratiladi.
Toshkent davlat yuridik universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari (faqat oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishdan tushadigan tushumlar) hisobidan universitet huzuridagi akademik litsey uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek litsey oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladi.
4. Oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mablagʻiga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha buyurtmalar akademik litsey rahbari tomonidan asoslangan hisob-kitoblar koʻrinishida kelgusi moliya yili boshlanishidan bir oy oldin biriktirilgan oliy taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
5. Tasarrufidagi akademik litsey tomonidan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratish masalasi boʻyicha taqdim etilgan buyurtma oliy taʼlim muassasaning Kengashi muhokamasiga qoʻyilib, oliy taʼlim muassasasining kutilayotgan tushumlari va xarajatlarini hisobga olgan holda akademik litseyga ajratish mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha qaror qabul qilinadi.
6. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan mablagʻ ajratish boʻyicha qaror qabul qilingandan keyin tasarrufidagi akademik litsey buyurtmasi asosida oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oliy taʼlim muassasasining oʻqitishni toʻlov kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladi.
7. Oliy taʼlim muassasasining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari daromadlar va xarajatlar smetasi roʻyxatdan oʻtkazish uchun idoraviy boʻysunuvi boʻyicha vazirlik yoki idoraga taqdim etilganda akademik litseylarning oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun buyurtmalari va oliy taʼlim muassasasining mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qarori hamda kutilayotgan daromadlar va xarajatlarning tahlili alohida ilova qilinadi.
8. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar akademik litseyning “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi” shaxsiy hisob varaqasiga (4001...) begʻaraz yordam sifatida oʻtkaziladi hamda oliy taʼlim muassasasining iqtisodiy tasnifi boʻyicha “Boshqa xarajatlar” xarajat moddasida (4821190) kassa va haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
9. Zarur hollarda oliy taʼlim muassasasi tomonidan oʻzining balansida boʻlgan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning ehtiyojidan ortiqcha qismini yuqori tashkilotning roziligi bilan tasarrufidagi akademik litseyga belgilangan tartibda begʻaraz berishi mumkin.
3-bob. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish
10. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseyga oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlar akademik litsey daromadiga kiritiladi hamda faqat buyurtmada keltirilgan maqsadlar boʻyicha ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda sarflanadi, bunda ularning boshqa maqsadlar uchun sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Akademik litseylar oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olishini belgilangan tartibda mustaqil ravishda tashkil etadi.
12. Akademik litseylar tomonidan sotib olingan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar akademik litsey balansiga belgilangan tartibda qabul qilinadi va tugatish munosabati bilan hisobdan chiqarilgunga qadar hisobda aks ettiriladi.
4-bob. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylarga oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish
13. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar akademik litsey daromadiga kiritiladi hamda faqat moddiy ragʻbatlantirish maqsadlari boʻyicha ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda sarflanadi, bunda ularning boshqa maqsadlar uchun sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan akademik litseylarning oʻqituvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish mezonlari va miqdorlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadi.
Bunda moddiy qoʻllab-quvvatlash pedagog xodimlariga bazaviy tarif stavkasining 50 foizigacha miqdoridagi ustama va oylik maoshining bir barobari miqdoridagi pul mukofoti hamda moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi.
Toshkent davlat yuridik universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan akademik litsey xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash uchun moddiy yordam koʻrsatiladi.
15. Akademik litseylar tomonidan pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish mezonlarini belgilashda ularning quyidagi erishgan natijalariga eʼtibor qaratiladi:
taʼlim sifatini oshirish uchun innovatsion va axborot texnologiyalarini joriy etganligi;
taʼlim berishning yangi uslub va shakllarini qoʻllashda faol ishtirok etganligi;
xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi tanlov, fan olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlaganligi;
fan va ijodiy toʻgaraklarni tashkil etgan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan tadbirlarni joriy etganligi;
oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratishda bevosita ishtirok etganligi;
oʻquvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini yuqori boʻlishiga aniq hissa qoʻshganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Akademik litseylarning xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar gʻoliblari (1, 2 va 3 oʻrin sohiblari), oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi va (yoki) umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro tan olingan kamida 2 ta sertifikatga ega yoxud aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan oʻquvchilari oliy taʼlim muassasasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Moddiy ragʻbatlantirish har oyda bir oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda oylik stipendiya, bir yilda bir oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining olti barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 25-maydagi 34-q/q-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 25-maydagi 368-sonli qarori (roʻyxat raqami 2992-1, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2992-1/0551-son)
17. Akademik litseylarning oʻquvchilarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi va miqdorlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
18. Akademik litseylar oliy taʼlim muassasasiga har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hisobot taqdim etadi, shuningdek akademik litsey direktori (direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs) oliy taʼlim muassasasi Kengashi yigʻilishida maʼlumot beradi.
19. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish boʻyicha javobgarlik shaxsan akademik litsey direktoriga (direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsga) yuklatiladi.
20. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar ajratishning asoslanganligi hamda toʻgʻriligi yuzasidan javobgarlik shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektoriga (rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsga) yuklatiladi.
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2018-yil 8-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2018-yil 9-fevral
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 12-fevral
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. SHERMATOV
2018-yil 9-fevral
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2018-yil 8-fevral
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2018-yil 8-fevral
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUVALIYEV
2018-yil 16-fevral
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2018-yil 15-fevral
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2018-yil 19-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/2992/1009-son; 03.06.2026-y., 10/26/2992-1/0551-son)