toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining paxta xom ashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini eksport qilish yagona kompleksi tashkil etilishini hisobga olgan holda paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-noyabr,
PF-4854-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PF-4854-sonli Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 575-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmoni 2-bandidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoateksport” XK, “O‘zpaxtasanoat” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tashqi savdo kompaniyalari” so‘zlaridan keyin “va O‘zpaxtaeksport” AJ” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zpaxtasanoat” AJga qarashli paxtani qayta ishlash korxonalarining ularga biriktirilmagan paxta terminallari va yog‘ zavodlariga paxta tolasi va texnik chigitni tayyor mahsulot sifatida yetkazib berishi taqiqlansin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
“O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisiga “O‘zpaxtasanoat” AJning tegishli paxtani qayta ishlash korxonalarining paxta terminallariga paxta tolasini jo‘natishning viloyat ichki dislokatsiyasini tasdiqlash huquqi berilsin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 46-son, 527-modda; 2017-y., 26-son, 575-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)